Get Mystery Box with random crypto!

Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot

Telegram kanalining logotibi tezlive — Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot T
Telegram kanalining logotibi tezlive — Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot
Kanal manzili: @tezlive
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.28K
Kanalning ta’rifi

⚡️Oʻzbekiston va Jahonda yuz berayotgan eng soʻngi Yangiliklarni tezkorlikda yoritib boramiz!
📍Biz bilan bogʻlanish – @QDUZB

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-02-13 18:24:30
Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento‘p oʻzbek koʻngillilarini eʼtirof etdi

“Oʻzbekistondan kelgan qardoshlarimiz tayyorlayotgan oʻzbek palovi bilan ham fuqarolarimizni, ham qidiruv-qutqaruv guruhlarini qoʻllab-quvvatlamoqda. Bunday ogʻir kunlarda qardosh mamlakat — Oʻzbekistonning koʻmagini koʻrish biz uchun juda qadrlidir”, — deb yozdi u Twitterʻdagi sahifasida.


@TEZLIVE
278 views15:24
Ochish/sharhlash
2023-02-13 18:15:55
Oʻzbekiston barcha gaz va neft zaxiralarini 35-yilga Rossiya oligarxlariga topshirganmi?

Qisqa javob: Yoʻq, Oʻzbekiston energotizimini hech qaysi davlatga topshirib qoʻymagan.

Rossiya bilan birgalikdagi qoʻshma korxonaga berilgan 35 yillik eksklyuziv huquq faqat “М25” koniga oid ekani, tomonlar daromadni 50/50 nisbatda boʻlishishi ma’lum qilindi.

@TEZLIVE
285 views15:15
Ochish/sharhlash
2023-02-13 16:41:14
Turkiyada vayronalar ostida  7 sutka qolib ketgan ayol va qizi qutqarildi, ular yordam kelishini kutib suhbatlashib, zerikmay yotgan. Alloh ularni ochlik va chanqoq bilan qiynamadi

11 yoshli Lena va uning onasi zilziladan 160 soat (deyarli 7 kun) oʻtib vayronalar ostidan olib chiqildi.

@TEZLIVE
309 views13:41
Ochish/sharhlash
2023-02-13 14:39:09
O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab “spravka”, “089 forma” kabi tibbiy ma‘lumotlar butunlay elektron ko‘rinishga o‘tadi

Prezident farmoniga ko‘ra, muassasalarning ushbu ma‘lumotlarni qog‘oz shaklda talab qilishi taqiqlanadi.

@TEZLIVE
343 views11:39
Ochish/sharhlash
2023-02-13 11:40:14
Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida sel va suv toshqinlar xavfi bor

Oʻzgidromet xabariga koʻra, 14-fevraldan 18-fevralgacha respublika boʻylab kuchli yomgʻir va shamol kutilmoqda. Shuningdek, joylarda tuman boʻlishi va qor yogʻishi mumkin

@TEZLIVE
128 views08:40
Ochish/sharhlash
2023-02-13 08:10:12
Toshkentda qizlar ommaviy ravishda yoʻqolayotgani haqidagi xabar rad etildi

Qayd etilishicha, kimlardir turli vaqtlarda yoʻqolgan qizlar haqidagi xabarlarni turli joylardan olib umumlashtirgan va voqyelikka vahimali tus berishga, bu orqali aholi orasida sarosima tarqatishga uringan.


@TEZLIVE
244 views05:10
Ochish/sharhlash
2023-02-13 07:09:01
Suriya shimolida zilziladan jabr koʻrganlarga arab davlatlaridan yuborilgan insonparvarlik yordamlari mamlakat poytaxti Damashq koʻchalarida sotilmoqda

@TEZLIVE
247 views04:09
Ochish/sharhlash
2023-02-13 06:43:58
O'zbekistonda Telegram messenjeri faoliyatida muammolar kuzatilmoqda. Xususan, media fayllarni ochishda uzilishlar bo'lmoqda.

Maʼlum boʻlishicha faqat Telegram Premium obunachilarida bunday uzilishlar kuzatilmayapti.

@TEZLIVE
233 viewsedited  03:43
Ochish/sharhlash
2023-02-13 06:22:42
Oʻzbekistonlik qutqaruvchilar yana ikki nafar shaxsni vayronalar orasidan tirik olib chiqdi.

Ayni damda Turkiyaning Hatay va Antakiya hududlarida oʻzbek qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Quvonarlisi, qutqaruvchilarimizning faolligi, tajribasi evaziga insonlar joni omon qolmoqda.

Oʻzbekiston FVV xodimlari xizmat itlari yordamida 62 yoshli Samet Genco va 60 yoshli Seval Genconi qutqarib qoldi.

Ularni vayronalar orasidan chiqarib olish Meksika va Turkiya qutqaruvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

@TEZLIVE
228 views03:22
Ochish/sharhlash
2023-02-13 06:19:23 Afgʻonistonda Toshkent vaqti bilan 07:59 da yana 4 ballik zilzila kuzatildi.

@TEZLIVE
218 views03:19
Ochish/sharhlash