Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentning Shayxontohur tumanidagi yangi qurilayotgan binoda | Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot

Toshkentning Shayxontohur tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 26-aprel kuni soat 13:58 da yangi qurilayotgan 25 qavatli binoning 1-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:10 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

@TEZLIVE