Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentdagi maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi Toshkentni | Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot

Toshkentdagi maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Toshkentning Mirobod tumanidagi 110-maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

10-aprel kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilk qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 110-sonli maktabda 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola S.M. soat 17:30 larda vafot etgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga tuman hokimi, tuman prokuraturasi, tuman IIO FMB rahbariyati, tezkor navbatchilik guruhi borgan.

Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmagani aniqlangan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 11-apreldagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, Shayxontohur tumanida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan bolaning o‘limiga “oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki aʼzolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi” sabab bo‘lgan.

Hozirda tegrovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

@TEZLIVE