Get Mystery Box with random crypto!

Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari

Telegram kanalining logotibi texnoman — Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari T
Telegram kanalining logotibi texnoman — Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari
Kanal manzili: @texnoman
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.14K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal Texnoman.uz saytining rasmiy kanali! Texnoman.uz - o'qib, o'rganib, o'rgatib, O'zbekistonda buyuk kelajak uchun Axborot Texnologiyalarini yanada rivojlantirish!

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-22 11:29:40
662 views08:29
Ochish/sharhlash
2022-07-21 19:36:20 https://is-php-dead.lol/ shunaqa sayt borakan. Na kulishni bilasan na yig'lashni.
655 views16:36
Ochish/sharhlash
2022-07-20 07:53:49
JavaScript Meetupning 1-uchrashuvini sabrsizlik bilan kutganlar uchun xushxabar!

UzJSCommunity va INNO Technopark hamkorlikda ilk "Javascript Meetup"ini tashkillashtirayapti. Barchani ushbu tadbirimizda kutib qolamiz.

Manzil:
INNO Innovative Training and Production Technopark
Xaritada: goo.gl/maps/XGswoE584Z7DCUrq8

Sana: 23-iyul
Boshlanish vaqti: 10:00

UzJSCommunity
bilan birgalikda rivojlaning

Ro'yhatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/LMsn1gtyaZcSWGG77

@jsmeetupuz
505 views04:53
Ochish/sharhlash
2022-07-19 21:22:35 Assalomu alaykum, oramizda PHP o'rganmoqchi yoki o'rganayotganlar bor bo'lsa, o'zimning do'stim va sinfdoshim PHP Object Oriented bo'yicha video qo'llanma tayyorlabdi. Foydali bo'ladi degan umiddaman.

Video qo'llanma:



Hayirli qilsin agar post foydali bo'lgan bo'lsa blogimga obuna bo'ling:
https://t.me/farrukhme
Rahmat.
440 views18:22
Ochish/sharhlash
2022-07-16 15:13:19 https://www.texnoman.uz/post/yurakdagi-gaplar-turkumidan.html
595 views12:13
Ochish/sharhlash
2022-07-13 08:00:13
Assalom alaykum!!!

23-iyul shanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks July2022 Meetup" bo'lib o'tadi.
Bu galgi meetupimiz yangicha formatda tashkil etilmoqda.

Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1. “Api Platform orqali API yaratish” - Akmal Kadirov (dasturchi, biznesmen);

2. "Laravel freymvorkida RabbiqMQ'dan foydalanib mikroservis qilish" - Sanjarbek Sobirjonov (dasturchi, UzCard);

3. “Yii frameworkda ma'lumotlarni keshlash” - Jafarbek Abdumajidov (dasturchi, Agrobank).

Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
Tadbir Facebookda: facebook
535 views05:00
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:24:47 Assalomu alaykum

Bugungi postim EPAM Systems, Exadel, iTechArt kompaniyalarida interviewsi jaroyini va unga qaysi mavzular bo'yicha tayyorlanish kerakligi haqida bo'ladi. Agar ushu kompaniyalarda ishlash niyatingiz bo'lsa ushu post foydali bo'ladi degan umiddaman.
Interview uchun Backend(Node.js) dasturchi uchun talablarni aytib o'taman. EPAM Systems kompaniyasida Senior Software Engineer va Resouce Manager lavozimida ishlaganman va sizlar bilan o'z tajribabni ulashgim keldi.

1. CV topshiring yoki sizni referal(ushbu kompaniyda ishlaydigan hodim sizni tavsiya) qilishlarini so'rang. CVgiz to'liq va qaysi kompaniyada nima ish qilganingiz va qanday mas'uliyatga ega bo'lganingizni yozing va LInkedin orqali topshiring recruiter javobini kuting. Recruiter sizni CVizga qarab hulosa chiqaradi va keyingi bosqichga o'tishingizni hal qiladi.

2. Technical Interview - Har bir kompaniyada Technical interview bo'lib o'tishi hech kimga sir emas, interview ingliz tilida bo'ladi. Technical Interviewga qanday tayyorlanish kerak ? O'zimni shaxshiy tajribamga asoslanib shularni tavsiya qila olaman:
* O'zingizni tashtiruvchi nutqni tayyorlagan. Gaplar o'zingiz maqtaydigan uzun bo'lishi kerak emas, qisqachada qanday tajribaga egasiz, qaysi biznes domenda ishlagansiz, qaysi stekda ishlaysiz, qanday loyihalarda ishlagansiz, qanday vazifalarni bajargansiz ? Interviewerni savollari sizni nima deyishingizga va CVda nima yozganingizga bog'liq bo'ladi.
* Jamoa bilan ishlash haqida savollarga tayyorlaning, Agile nima, Scrum nima, Estimation qanday qilinadi.
* Git bilan qanday ishlash bo'yicha savollar bo'ladi. Gitflow haqida o'qib chiqishni tavsiya beraman.
* CodeReview haqida tushunchangiz bo'lsa buni ayting, loyihangizda CodeReview qilgan bo'lsangiz yaxshi.
* CI/CD haqida umumiy tushunchaga ega bo'ling.
* JavaScript dasturlash tili asoslarini yaxshilab o'rganing, interview davomida til bo'yicha kichik savollar bo'lishi mumkin.
* Sizdan sodda masalani yechishni so'rab qolishi mumkin, agar siz leetcode yoki codewars masalalarini yechib yurgan bo'lsangiz bu sizga muammo bo'lmaydi.
* Keyin esa Node.js bo'yicha savollar boshlanadi. Eng ko'p so'raladigan mavzular bu: Event Loop, Event Emitter, Stream, Error Handling, HTTP module haqida tayyorlaning.
* Docker haqida asosiy tushunchalarga ega bo'ling.
* Ma'lumotlar ombori bo'yicha kichik savollar tayyorlaning, masalan Indexlar haqida.
* SQL vs NoSQL ma'lumotlar ombori solishtirishni o'rganing. Qaysi loyiha uchun qanday ma'lumotlarni omborini ishlatsa bo'ladi
* Cloud Providerlar haqida o'rganing masalan AWS, Azure.
* Node.js dasturlarni Performance optimization bo'yicha savollar bo'lishi mumkin. Masalan Caching, Debuging, Log, Grafana, Sentry
* OWASP Top 10 haqida o'qib chiqing (https://owasp.org/www-project-top-ten/)
Shu mavzular bo'yicha tayyorlanib bemalol technical interviewga bo'ravering. Technical interviewdan so'ng recruiter sizga feedback beradi. Feedback bo'yicha keyingi bosqichga borish bormasligingiz aniqlashadi.

3. Manager(yoki offer) Interview - Bu interviewda sizning bo'lajak Manageringiz bilan suhbat ko'rasiz, umumiy tajriba bo'yicha va technical savollar bo'lishi mumkin. Shundan so'ng Manager bilan EPAMga ishga kirishni kelishib olasiz. Yani oylik, sharoitlar, lavozim. Managerdan siz o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin. Siz managerga bo'lajak proektingiz bo'yicha qandaydir ta'qiqlaringiz bo'lsa aytishingiz kerak. Masalan kimdir kreditga bog'liq proektlarda ishlashni hohlamaydi. Hammasini kelishib olsangiz manager oxirida ishga olish yoki olmaslik qarorini chiqaradi. Agar hammasi yaxshi o'tsa pochtangizga Job Offer keladi.

Tabriklaymiz siz ishga qabul qilindingiz

Agar post foydali bo'lgan bo'lsa blogimga obuna bo'ling:
https://t.me/farrukhme
Rahmat.
498 views16:24
Ochish/sharhlash
2022-07-06 19:02:34 Interview #2 | PHP backend dasturchi bilan savol-javob

Suhbatni boshlayapmiz



453 views16:02
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:06:34
Bir tanishim ta'lim loyihalari bilan shug'ullanadigan jamoaga mutaxassislarni qidirib yurgan ekanlar. Quyida to'liq text

Jamoamizga qo‘shiling!

Hammaga salom, bir necha hafta oldin jamoamiz Beeline kompaniyasi bilan ta’lim sohasida bir qator yangi keng ko‘lamli tashabbuslarni boshladi. Ish juda ko'p va biz stajorlar, bir nechta koordinatorlar, shuningdek, loyiha menejerlarini (junior-middle) qidirmoqdamiz.
Ish va bizning kutilmalarimiz haqida batafsil ma'lumotni bu erda o'qishingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeD3kVKllHRO0bgssdjx3ViE8Qy6_z7sL4mH1iDXEqfQ3UHWQ/viewform

Arizalarni to‘ldiring, do'stlaringizga taklif qiling, vakansiya bilan ulashing!
637 views07:06
Ochish/sharhlash
2021-01-30 17:48:50
Assalom alaykum, Hurmatli obunachilar. Sizlarga Python Dasturlash tili bo'yicha qisqa qo'llanmamizni taqdim etamiz. Qo'llanmada Python dasturlash tiliga oid muhim tushunchalar qisqa satrlarda berilgan.

Qo'llanma pdf va rasm ko'rinishida mavjud:
PDF faylni yuklab olish (6.3MB)
JPG rasmlarni yuklab olish (1.5MB)

Barcha fayllar (kodlar, rasmlar, yuqori sifatli pdf hujjatlar) GitHub sahifamizga yuklangan

Umid qilamizki, qo'llanmamiz Python dasturlash tiliga oid bilimlaringizni xotirada yangilab turishga hizmat qiladi.

@sariqdev
257 views14:48
Ochish/sharhlash