Get Mystery Box with random crypto!

Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari

Telegram kanalining logotibi texnoman — Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari T
Telegram kanalining logotibi texnoman — Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari
Kanal manzili: @texnoman
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.14K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal Texnoman.uz saytining rasmiy kanali! Texnoman.uz - o'qib, o'rganib, o'rgatib, O'zbekistonda buyuk kelajak uchun Axborot Texnologiyalarini yanada rivojlantirish!

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-01-28 15:31:43 Rebranding

Sahifamda biroz o'zgarishlar qilishga qaror qildim. Avval boshidan o'zimga qiziq bo'lgan maqolalarni ulashib borishni maqsad qilganman. Qiziqishlarim juda ko'p. Aytaylik:
— Testing (Sinovdan o'tkazish)
— to'g'ri ovqatlanish;
— sport bilan shug'ullanish;
— kitoblar;
— Ilmiy mavzular;
... va yana bir qancha mavzular. Shu mavzularda maqolalar yozishga harakat qilaman. Bundan tashqari testing bo'yicha, stajirovka bo'yicha bir ikki takliflar bor sizlarga foydali bo'ladi degan umiddaman.

TesterMind — nega aynan bu nom?
Sahifamni bu nom bilan nomlash orqali ko'proq testing ya'ni sinovdan o'tkazish, sifat nazorati kabi maqolalarga e'tibor qaratmoqchiman. Shu bilan birga tester o'zi qanday fikrlaydi, IT loyihalarni qanday qilib yanada sifatini oshirish mumkin shu va shunga o'xshash bir qancha mavzularda fikrlarim bilan bo'lishmoqchiman.

@testermind
434 views12:31
Ochish/sharhlash
2021-01-24 04:44:52 https://www.texnoman.uz/post/smartfon-ekranini-kompyuterda-korish-va-boshqarish-android.html
772 views01:44
Ochish/sharhlash
2021-01-22 14:02:45 5. Online savdo. Xitoyning bu jihati har qanday davlat uchun namuna bo‘la oladi. Internet orqali istagan narsangizni sotib olishingiz mumkin, yetkazib berish xizmatlari ham soatdek ishlaydi. Uydan chiqmasdan turib ham bemalol xaridlar qilishingiz, mahsulot haqida sotuvchi bilan gaplashishingiz mumkin va bu mutlaqo qulay va osonlashtirilgan. Agar biror mahsulot yoki xizmatdan ko‘nglingiz to‘lmasa pulingizning qaytarilishi kafolatlanadi. Sababi har bir mahsulot yoki xizmat haqida mijozlar fikr bildirib baho qo‘yadigan joy mavjud va uni sotuvchilar nazorat qila olmaydi. Agar mahsulot haqida bir-ikki xaridor salbiy fikr bildirsa, tamom, o‘sha mahsulot sotuvi keskin tushib ketadi. Shu bois online savdoda ham sotuvchilar mahsulot va xizmat sifatiga qattiq e'tibor beradilar. Online savdoning yana bir qulayligi bozorga chiqib savdo qilishdan ko‘ra arzon va chegirmalarning ko‘pligidir. Masalan, bitta mahsulotni do‘kondan 10 yuanga oladigan bo‘lsangiz aynan shu narsaning o‘zini online savdo orqali bemalol 6-7 yuanga ham sotib olaverasiz.
6. Transport. Bu jihat bo‘yicha ham Xitoyga yetadigan davlat yo‘q bo‘lsa kerak. Bu mavzuda keyinroq batafsil aytib beraman, hozircha qisqacha shuni aytishim mumkinki, Xitoyda shaharlararo transport shu darajada rivojlanganki, bir shaharda yashab bemalol boshqa shaharda ishlashingiz mumkin. Bir necha o‘nlab aviakompaniyalar bor, poyezdlar, avtobuslar ham xuddi shunday. Internet orqali chiptalarni bemalol bir harakat bilan xarid qila olasiz, monopoliya yo‘qligi bois kompaniyalar mijozlarga turli-tuman chegirmalar taklif etadi, ayniqsa bayramlarda biznikidan farqli ravishda narxlar tushadi. Shahar ichidagi metro tizimi ham alohida mavzu. Men yashaydigan Chongqing shahrida metro qurilishi 2005 yilda boshlanganiga qaramay mana so‘nggi 15 yilda shaharning juda katta qismini qoplab ulgurdi. 10 dan ortiq liniyalar bor, har bir liniyaning uzunligi 50-60 km dan kam emas. Uyingiz oldidagi metro bekatidan chiqib shaharning istalgan qismiga bora olasiz.
7. Mehnatkashlik. Kim nima desa desinu, men haligacha xitoyliklardan ko‘ra mehnatkashroq xalqni ko‘rmadim. Mendan ba'zi tanishlarim Xitoyda ish yo‘qmi deb so‘rab qolishadi. Hazillashib "sizning bir kunlik ishingizni bitta xitoy bitta qo‘lida qiladi" deb aytaman. Tinimsiz, to‘xtovsiz, kamiga sifatli ishlashadi. Birgina misol, biz har kuni ertalab soat 8-9 da laboratoriyaga boramiz. U yerda asosan aqliy mehnat, shunday bo‘lsada men kechki paytga borib xuddi bir gektar yer chopgandek charchayman, miyam ishlamay qoladi, musiqa eshitib yoki kino ko‘rib 2-3 soat dam olaman. Xitoyliklar esa kechqurun 10-11 gacha ham to‘xtamasdan ilmiy tadqiqot bilan ishlayveradi. Bayram, dam olish kuni demasdan ishlashadi. Xitoyni Xitoy qilgan aslida mana shu Xitoyning mehnatkash xalqi desam adashmayman.
Hozircha shular, agar men yuqorida tilga olmagan jihatlarini bilsangiz izohlarda yozishingiz mumkin.
P.S. Rasmda men yashaydigan Chongqing shahri, kechagina shu ko‘prik oldida turib shaharni tomosha qilib kelgandim))
(c) Bakhtiyor Sheraliev
711 views11:02
Ochish/sharhlash
2021-01-22 14:02:27 Oramizda Xitoyni yoqtirmaydiganlar anchagina topilsa kerak, albatta bu ularning shaxsiy ishi, lekin mana shu Xitoydan ham o‘rganishimiz, olishimiz mumkin bo‘lgan juda-juda ko‘p jihatlar bor. Aslida hozir siz biladigan dunyoning ikkinchi raqamli davlati bo‘lgan Xitoy atigi 30-35 yil avval ancha nochorlikda yashagan. 1950-yillarda esa ochlikdan bir necha o‘n mln xitoylik qirilib ketgani haqida avval ham yozgandim. Demoqchi bo‘lganim Xitoy avvaldan boy va farovon davlat emas edi. Hozir esa Xitoy o‘z mintaqasidagi deyarli barcha davlatni ortda qoldirib bo‘ldi. Hozir mana shu Xitoyliklardan o‘rganishimiz mumkin bo‘lgan ayrim jihatlarni sanab o‘tmoqchiman:
1) O‘z tiliga nisbatan juda katta hurmat. Xitoyliklar xitoy tilini haqiqatda sevadi. Ko‘chalardagi yozuvlarning 99%i xitoy tilida yozilgan, mahsulotlar yorlig‘ining barchasi xitoycha, hatto chet eldan keladigan import mahsulotlar idishiga xitoy tilida yozilgan alohida yorliq yopishtirilishi shart. Istalgan davlat saytiga kirsangiz avval xitoycha sahifa ochiladi. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlar xitoy tilida yuritadi. Hamma hujjatlar xitoy tilida. Telefon sotib olsangiz ichi xitoycha, kompyuter, muzlatkich, xullas, hamma-hammasi xitoycha. Xitoyda shunday holatki, xitoy tilini bilmaydigan odamga bu yerda yashash juda qiyin. Xitoy tilini o‘rganish uchun esa, aynan chet elliklar uchun, juda ko‘plab kitoblar, qo‘llanmalar, saytlar, mobil ilovalar, video darslar yaratilgan.
2. Navbatda turish. Xitoyga kelib ko‘rgan va meni eng hayratda qoldirgan narsalarimdan biri bu odamlarning ongli ravishda navbatga turishi, hech kim aytmasa ham, hech kim nazorat qilmasa ham navbatni shakllantira olishi va unga barcha birdek amal qilishidir.
3. Ta'lim tizimiga bo‘lgan e'tibor va ta'limda korrupsiyaning yo‘qligi. Men xitoylarning hozirgi muvaffaqiyati asosida hozirgi xitoy ta'limi yotadi deb o‘ylayman. Chunki mana Xitoyga kelganimga besh yil bo‘lgan bo‘lsa haligacha ko‘chada birorta maktab yoshidagi bolani ko‘rmaganman. Chindan ham ko‘chada, bozorda birorta maktab o‘quvchilarini ko‘rmaysiz. Chunki ular tong saharda maktabga ketadi, kech bo‘lganda qaytadi. Agar maktabda yaxshi o‘qimasa o‘qishga kira olmaydi, o‘qishga kira olmasa kelajak hayoti ham yo‘q, qora ishchi bo‘lishga majbur. O‘qishga kirish esa (bu haqida biror kuni batafsil aytib beraman) oson emas, faqat va faqat bilimlilargina o‘qishga kira oladi. Oliy ta'limda korrupsiya mutlaqo yo‘q. Har holda men besh yildan beri unaqa narsani ko‘rmadim. Talabalarning o‘qishi, yashashi, tadqiqot qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan, professor-o‘qituvchilarning barchasi hurmatda, oyligi katta, allambalo mashinalarda yuradi, qog‘ozbozlik yo‘q emas, bor, biroq, bu ilmiy tadqiqotlar uchun to‘siq bo‘ladigan, vaqtni o‘g‘irlaydigan darajada emas.
4. Ishga kirishning shaffofligi. Universitetda har yili bir necha marta talabalar uchun ish beruvchilar mehnat yarmarkasi tashkil etadi va suhbatlar o‘tkazadi. Bu xo‘jako‘rsinga emas, aksincha, barcha ish beruvchilar kuchli kadrlarni izlaydi, ularni o‘ziga jalb qilishga harakat qiladi. Boisi har bir soha bo‘yicha raqobatchi bor, biror no‘noq kadr tufayli mijozlarni bir soniyada yo‘qotib qo‘yish mumkin, shu bois ishga olishda faqat kuchli kadrlarga e'tibor beriladi, nepotizm balki juda yuqori elita qatlamida bordir, lekin oddiy odamlar qatlamida deyarli bu illatni uchratish amri-mahol.
518 views11:02
Ochish/sharhlash
2021-01-22 14:01:13
471 views11:01
Ochish/sharhlash
2021-01-21 23:31:08 CSS pseudo element vazifasi haqida qisqacha:

https://telegra.ph/Css---pseudo-element-12-28

@muhammadboburuz
504 views20:31
Ochish/sharhlash
2021-01-20 14:00:57
Baquvvat oylili ish

@SardorOga_blog
803 views11:00
Ochish/sharhlash
2021-01-20 14:00:57 Hali ham kech emas!
569 views11:00
Ochish/sharhlash
2021-01-20 11:54:21 Assalom alaykum.
Fevral oyida UzGeeks Meetupini tashkil qilishni rejalashtirmoqdamiz.
Meetupda qaysi mavzular bo'yicha doklad bo'lishini istaysiz?
Meetupda qanday o'zgarishlar bo'lsa yaxshi?
@UzGeeksGroup shu guruhda o'z fikringiz bildirishingiz mumkin.
482 views08:54
Ochish/sharhlash
2021-01-20 08:24:17
#tabassum

Qachonki Senior dasturchi bilan gaplashganingizda

@pipeline_io
850 views05:24
Ochish/sharhlash