Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum Bugungi postim EPAM Systems, Exadel, iTech | Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari

Assalomu alaykum

Bugungi postim EPAM Systems, Exadel, iTechArt kompaniyalarida interviewsi jaroyini va unga qaysi mavzular bo'yicha tayyorlanish kerakligi haqida bo'ladi. Agar ushu kompaniyalarda ishlash niyatingiz bo'lsa ushu post foydali bo'ladi degan umiddaman.
Interview uchun Backend(Node.js) dasturchi uchun talablarni aytib o'taman. EPAM Systems kompaniyasida Senior Software Engineer va Resouce Manager lavozimida ishlaganman va sizlar bilan o'z tajribabni ulashgim keldi.

1. CV topshiring yoki sizni referal(ushbu kompaniyda ishlaydigan hodim sizni tavsiya) qilishlarini so'rang. CVgiz to'liq va qaysi kompaniyada nima ish qilganingiz va qanday mas'uliyatga ega bo'lganingizni yozing va LInkedin orqali topshiring recruiter javobini kuting. Recruiter sizni CVizga qarab hulosa chiqaradi va keyingi bosqichga o'tishingizni hal qiladi.

2. Technical Interview - Har bir kompaniyada Technical interview bo'lib o'tishi hech kimga sir emas, interview ingliz tilida bo'ladi. Technical Interviewga qanday tayyorlanish kerak ? O'zimni shaxshiy tajribamga asoslanib shularni tavsiya qila olaman:
* O'zingizni tashtiruvchi nutqni tayyorlagan. Gaplar o'zingiz maqtaydigan uzun bo'lishi kerak emas, qisqachada qanday tajribaga egasiz, qaysi biznes domenda ishlagansiz, qaysi stekda ishlaysiz, qanday loyihalarda ishlagansiz, qanday vazifalarni bajargansiz ? Interviewerni savollari sizni nima deyishingizga va CVda nima yozganingizga bog'liq bo'ladi.
* Jamoa bilan ishlash haqida savollarga tayyorlaning, Agile nima, Scrum nima, Estimation qanday qilinadi.
* Git bilan qanday ishlash bo'yicha savollar bo'ladi. Gitflow haqida o'qib chiqishni tavsiya beraman.
* CodeReview haqida tushunchangiz bo'lsa buni ayting, loyihangizda CodeReview qilgan bo'lsangiz yaxshi.
* CI/CD haqida umumiy tushunchaga ega bo'ling.
* JavaScript dasturlash tili asoslarini yaxshilab o'rganing, interview davomida til bo'yicha kichik savollar bo'lishi mumkin.
* Sizdan sodda masalani yechishni so'rab qolishi mumkin, agar siz leetcode yoki codewars masalalarini yechib yurgan bo'lsangiz bu sizga muammo bo'lmaydi.
* Keyin esa Node.js bo'yicha savollar boshlanadi. Eng ko'p so'raladigan mavzular bu: Event Loop, Event Emitter, Stream, Error Handling, HTTP module haqida tayyorlaning.
* Docker haqida asosiy tushunchalarga ega bo'ling.
* Ma'lumotlar ombori bo'yicha kichik savollar tayyorlaning, masalan Indexlar haqida.
* SQL vs NoSQL ma'lumotlar ombori solishtirishni o'rganing. Qaysi loyiha uchun qanday ma'lumotlarni omborini ishlatsa bo'ladi
* Cloud Providerlar haqida o'rganing masalan AWS, Azure.
* Node.js dasturlarni Performance optimization bo'yicha savollar bo'lishi mumkin. Masalan Caching, Debuging, Log, Grafana, Sentry
* OWASP Top 10 haqida o'qib chiqing (https://owasp.org/www-project-top-ten/)
Shu mavzular bo'yicha tayyorlanib bemalol technical interviewga bo'ravering. Technical interviewdan so'ng recruiter sizga feedback beradi. Feedback bo'yicha keyingi bosqichga borish bormasligingiz aniqlashadi.

3. Manager(yoki offer) Interview - Bu interviewda sizning bo'lajak Manageringiz bilan suhbat ko'rasiz, umumiy tajriba bo'yicha va technical savollar bo'lishi mumkin. Shundan so'ng Manager bilan EPAMga ishga kirishni kelishib olasiz. Yani oylik, sharoitlar, lavozim. Managerdan siz o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin. Siz managerga bo'lajak proektingiz bo'yicha qandaydir ta'qiqlaringiz bo'lsa aytishingiz kerak. Masalan kimdir kreditga bog'liq proektlarda ishlashni hohlamaydi. Hammasini kelishib olsangiz manager oxirida ishga olish yoki olmaslik qarorini chiqaradi. Agar hammasi yaxshi o'tsa pochtangizga Job Offer keladi.

Tabriklaymiz siz ishga qabul qilindingiz

Agar post foydali bo'lgan bo'lsa blogimga obuna bo'ling:
https://t.me/farrukhme
Rahmat.