Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 23

2023-03-08 18:57:11

3.3K views15:57
Ochish/sharhlash
2023-03-08 12:14:06
Qadring baland boʻlsin!

Termiz Davlat Universiteti "Qizlarjon" klubi koordinatorlari barcha ayollarimizni 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" kuni bilan tabriklaydi!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.2K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-03-08 09:30:14
Қадрли опа-сингиллар, дилбар қизларим!

Сизларни 8 март – Халқаро хотин-қизлар куни билан чин қалбимдан самимий муборакбод этаман!

Аёл - муқаддас она, оила фариштаси, битмас-туганмас меҳр ва эзгулик тимсолидир. Сизлар билан ҳаётимиз гўзал ва мазмунли, хонадонимиз обод ва нурафшондир.

Бамисоли баҳор элчиси бўлиб келаётган, ўзингиздек гўзал ва дилбар мана шу қутлуғ айёмда барчангизга сиҳат-саломатлик, бахт ва омад, хонадонларингизга файзу барака тилайман.

Умрингиз узоқ, иқболингиз зиёда бўлсин! Барча эзгу орзу-ниятларингиз амалга ошсин! Доимо оилангиз ва фарзандларингиз, элу юртимиз ардоғида бўлинг!

Ҳурмат билан, Термиз давлат университети ректори А.Р.Марахимов

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.4K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-03-07 23:05:52
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

Президент Шавкат Мирзиёев: В строительстве Нового Узбекистана, воспитании молодого поколения – созидателей Третьего Ренессанса мы опираемся прежде всего на вас, ваши замечательные качества.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.1K views20:05
Ochish/sharhlash
2023-03-07 15:43:07
#qutlov

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Sattorova Maxliyo Dilmurod qizini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashda 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. ixtisosligi bo‘yicha “O‘spirinlarda sotsial tolerantlik shakllanishi mezonlari diagnostikasi va psixokorreksiyasi” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Sattorova Maxliyo Dilmurod qizini ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.5K views12:43
Ochish/sharhlash
2023-03-07 14:01:36
Prezident: Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish – doimo e’tiborimiz markazida

Davlatimiz rahbarining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:

… Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu borada qizlarimizning ulushi 50 foizga yetgani tariximizda misli ko‘rilmagan natijadir.

Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba-qizlar uchun 68 milliard so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 milliard so‘mga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi.

Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.8K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-03-07 11:30:40
"Ayol borki - olam munavvar" tadbiridan fotolavhalar


Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.9K views08:30
Ochish/sharhlash
2023-03-07 10:01:47
AYOL BORKI - OLAM MUNAVVAR

8-mart – goʻzallik va nafosat bayrami Termiz davlat universitetida ham keng nishonlanmoqda.

Termiz shahridagi "Muhtasham saroy" tantanalar saroyida "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan universitetning barcha ayol professor-oʻqituvchilari, xodimlari uchun bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor To‘rayev Rasul Nortojiyevich ochib berib, universitet rektori Maraximov Avazjon Raximovichning bayram tabrigini o'qib eshittirdi va universitetning  barcha ayol professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlarini qizg'in muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.3K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-03-06 21:01:31
Termiz Davlat Universitetida Qozon Davlat Universiteti va Tatariston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda
“Geoaxborot texnologiyalari va arxeologiyada zarar yetkaztirmaydigan metodlar” («Геоинформационные технологии и неразрушающие методы в археологии) mavzusidagi, 6-mart sanasidan 28-mart sanasigacha davom etuvchi kurs tashkil etildi.

Bu kurs arxeologik obyektlarning kartografik xaritasini tuzish hamda yer uchastkalarini tekshiruvdan GIS texnologiyalari orqali o’tkazish uchun xizmat qiladi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Arxeologiya instituti direktori A.G.Sitdikov ushbu proyektdan kutilgan maqsadlar va natijalar haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.0K views18:01
Ochish/sharhlash
2023-03-05 09:48:18

2.8K views06:48
Ochish/sharhlash