Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿 TEMURBEKLAR MAKTABI 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi temurbeklar_maktabi_1 — 🇺🇿 TEMURBEKLAR MAKTABI 🇺🇿
Telegram kanalining logotibi temurbeklar_maktabi_1 — 🇺🇿 TEMURBEKLAR MAKTABI 🇺🇿
Kanal manzili: @temurbeklar_maktabi_1
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5.09K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasidagi harbiy-akademik litseylar:
- "Temurbeklar maktabi" HAL
- "Yosh chegarachilar" HAL
- va boshqalar haqida batafsil ..
❗Norasmiy kanal
❗ Reklama bo'yicha:
👉 @reklama_tm1
🔓 |8,07,2018| |16:48|

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-08-26 05:08:29
Amerika Qo'shma Shtatlarining eng asosiy harbiy bilim yurti hisoblangan Westpoint Military Academy ( US Military Academy ) kursantlarining mustaqil tayyorgarlik darslari jarayonidan lavhalar ( https://www.instagram.com/p/CTA-i-frHie/?utm_medium=copy_link )

Kursantlar eng innovatsion qurilmalar va gadjetlarda o'z mashg'ulotlari bilan shug'ullanishmoqda.

Ayni shu davrda Markaziy Osiyodagi Qurolli Kuchlar Akademiyasida noutbuk uyoqda tursin, oddiy telefon ishlatish ham ta'qiqlangan ...

Biz qachon odam bo'lamiz ?!
18.0K views02:08
Ochish/sharhlash
2021-08-24 03:40:47
Ватан ҳимоячилари!
16.4K viewsedited  00:40
Ochish/sharhlash
2021-08-24 03:28:44 " Temurbeklar maktabi " harbiy akademik litseylari ( Mudofaa vazirligi , IIV , Milliy Gvardiya, FVV, DXX ) mansabdor shaxslari diqqatiga

" Temurbeklar maktabi " harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovi natijalari elektron shaklda bizga yuborishingizni so'rab qolamiz. Hozirgi pandemiya sharoitida bu eng maqbul yechim hisoblanadi.

Natijalar e'lon qilinsa , kanalga yuklanadi !

Quyidagi manzilga yuboring :

@temurbeklar_admin_bot
15.3K viewsedited  00:28
Ochish/sharhlash
2021-08-24 03:09:45
" Temurbeklar maktabi " harbiy-akademik litseylari o'quvchilarining " 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni " ga bag'ishlangan tantanali tadbirdagi chiqishi

2021-yil 14-yanvar

@temurbeklar_maktabi_1
14.1K viewsedited  00:09
Ochish/sharhlash
2021-08-14 23:20:38 Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari
hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 07:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;

Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);

Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;

Farg‘ona viloyati – Farg‘ona davlat universiteti stadioni;

Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;

Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);

Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;

Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);

Jizzax viloyati – “So‘g‘diyona” markaziy o‘yingohi futbol maydoni (1-sektor);

Navoiy viloyati – “Kimyogar” o‘yingohi;

Sirdaryo viloyati – Guliston markaziy o‘yingohi (1-sektor);

Samarqand viloyati – Lokomativ markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor), Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi futbol maydoni;

Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-sektorlar).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 06:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.8K views20:20
Ochish/sharhlash
2021-07-16 12:46:33 #huquqiy_savodxonlik

Ko'pchilik PDXX va DXX o'rtasidagi elementar farqlarni bilmaydi hamda bu ikki tuzilmaning funksional vazifalarini adashtirishadi. Quyida DXX va PDXX ning faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari ilova qilinmoqda.

Ma'lumot uchun :

" Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat. " ( " DXX to'grisida " gi O'RQ-471 sonli Qonun, 2-modda )

" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari qo‘riqlanadigan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishdan, qo‘riqlanadigan obyektlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat. " ( " PDXX to'g'risida " gi O'RQ-700 sonli Qonun , 2-modda )

@temurbeklar_maktabi_1
23.2K viewsedited  09:46
Ochish/sharhlash
2021-07-16 12:25:08 " Temurbeklar maktabi " harbiy-akademik litseylari to'g'risidagi ma'lumotlar :

" Temurbeklar maktabi " harbiy-akademik litseylari ro'yxati

Saralash tartibi ( nizom )

Test topshiriladigan fanlar majmuasi

Jismoniy sinovlari

Bitiruvchilarga beriladigan imtiyozlar


Ustiga bosing !


Kanalga ulanish:
@temurbeklar_maktabi_1
17.6K views09:25
Ochish/sharhlash
2021-07-16 12:23:17 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM

Vazirlar Mahkamasining 214-sonli Qarori

Ma'lumot uchun : DXX Akademiyasi tayanch oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ( DXX ) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati ( PDXX ) faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlaydi.

@temurbeklar_maktabi_1
27.4K viewsedited  09:23
Ochish/sharhlash
2021-07-16 12:15:20
@temurbeklar_maktabi_1
14.5K viewsedited  09:15
Ochish/sharhlash