Get Mystery Box with random crypto!

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar | 🇺🇿 TEMURBEKLAR MAKTABI 🇺🇿

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari
hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 07:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;

Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);

Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;

Farg‘ona viloyati – Farg‘ona davlat universiteti stadioni;

Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;

Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);

Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;

Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);

Jizzax viloyati – “So‘g‘diyona” markaziy o‘yingohi futbol maydoni (1-sektor);

Navoiy viloyati – “Kimyogar” o‘yingohi;

Sirdaryo viloyati – Guliston markaziy o‘yingohi (1-sektor);

Samarqand viloyati – Lokomativ markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor), Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi futbol maydoni;

Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-sektorlar).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 06:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube