Get Mystery Box with random crypto!

#huquqiy_savodxonlik Ko'pchilik PDXX va DXX o'rtasidagi eleme | 🇺🇿 TEMURBEKLAR MAKTABI 🇺🇿

#huquqiy_savodxonlik

Ko'pchilik PDXX va DXX o'rtasidagi elementar farqlarni bilmaydi hamda bu ikki tuzilmaning funksional vazifalarini adashtirishadi. Quyida DXX va PDXX ning faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari ilova qilinmoqda.

Ma'lumot uchun :

" Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat. " ( " DXX to'grisida " gi O'RQ-471 sonli Qonun, 2-modda )

" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari qo‘riqlanadigan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishdan, qo‘riqlanadigan obyektlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat. " ( " PDXX to'g'risida " gi O'RQ-700 sonli Qonun , 2-modda )

@temurbeklar_maktabi_1