Get Mystery Box with random crypto!

Temurbek Adhamov

Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov T
Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov
Kanal manzili: @temurbek_adhamov
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.54K
Kanalning ta’rifi

Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-03-24 08:37:19
Oktyabr oyida 98% bitiruvchimiz ishli bo'lgan

«Najot Ta'lim»da o'qib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan va hozirda ish o'rniga ega bo'lgan bitiruvchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.

Post orqali oktyabr oyida bitiruv sertifikatini olib, hozirda ish faoliyatini boshlagan o'quvchilarning ish joyi, kim bo'lib ishlayotgani va yoshi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

2022-yilning avvalgi natijalari bilan tanishing:

1. Yanvar oyi
2. Fevral oyi
3. Mart oyi
4. Aprel oyi
5. May oyi
6. Iyun-iyul oyi
7. Avgust-sentyabr oyi

Ularning bu kabi natijalarga erishishida o'z hissasini qo'shgan kurs ustozlari va barcha jamoa a'zolariga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Yigit-qizlardan esa sohalari bo'yicha doimiy o'sib, rivojlanib borishlarini so'rab qolamiz.

Siz ham AyTi sohalaridan birida ta'lim olishni istasangiz, «Najot Ta'lim»dagi kurslar uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Birinchi qadamni tashlash

78-888-9-888
3.0K views05:37
Ochish/sharhlash
2023-03-23 08:20:34
«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim va Cambridge LC o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini davom ettiradi.

Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu grantda 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti orqali 100 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

«Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

«Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish e'lon berilgan vaqtdan boshlab 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

78-888-9-888
15.7K viewsedited  05:20
Ochish/sharhlash
2023-03-23 06:20:07 Bugun…
4.4K views03:20
Ochish/sharhlash
2023-03-22 21:37:43 Vaqtingiz bo’lganda tomosha qiling, tasodifiy syomka bo’lgan edi

Najot Ta’limning ishlash tizimi va loyihalarimiz haqida gaplashganmiz )



1.9K views18:37
Ochish/sharhlash
2023-03-22 15:11:31 Taqvimning fayl holatidagi sifatli versiyasi
2.7K views12:11
Ochish/sharhlash
2023-03-22 15:11:31
Ramazon oyi kirib kelishiga ham sanoqli fursatlar qoldi. Ushbu muborak oyda kuzatuvchilarimizga qulaylik yaratish uchun Ramazon oyi taqvimini ulashmoqchimiz.

Smartfoningiz ekraniga moslangan taqvim orqali ushbu oyning saharlik va iftorlik vaqtlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

O'zingiz uchun taqvimni saqlab qo'yishingiz va yaqinlaringiz bilan ulashishingiz mumkin.
2.6K views12:11
Ochish/sharhlash
2023-03-22 06:05:24 1 kun qoldi…
1.6K views03:05
Ochish/sharhlash
2023-03-21 17:12:35 Men befarq emasman. Siz ham befarq bo'lmang!

2023-yil 30-aprel kuni O'zbekistonda referendum bo'lib o'tadi. Unda Konstitutsiyaning yangilangan tahririni qabul qilishni nazarda tutuvchi Konstitutsuyaviy qonun loyihasini tasdiqlash bo'yicha xalqdan, ya'ni siz-u bizdan fikr so'raladi. Referendum o'tkazishga davlat byudjetidan 182 milliard so'mdan ziyod mablag' ajratish reja qilingan.

O'zbekiston xalqidan rozilik olish uchun taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko'ra, Konstitutsiyaning qator bandlariga o'zgartirishlar kiritilgan va bir qancha yangi moddalar qo'shilgan. E'tiboringizga taqdim qilish uchun internet nashrlaridan obdon izlab ham Konstitutsiyadagi barcha o'zgarishlar haqida tahliliy maqola topa olmadim. Uzuq-yuluq topgan ma'lumotlarimga ko'ra ba'zi o'zgarishlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: havola

Senator Narimon Umarovning aytishicha, “tarixda ilk bor konstitutsiya qabul qilinishi bevosita xalqimizning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘ladi”.

Shuning uchun men sizdan 30-aprelgacha xalq tasdig'i uchun taklif etilayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi har bir modda bilan tanishib chiqishingizni va kelajak hayotingizni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadigan bu hujjatni qabul qilish yo qilmaslik masalasi ko'riladigan referendumda faol ishtirok etishingizni so'rayman!

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini o'qish: https://meningkonstitutsiyam.uz/uz.pdf

#befarqemasman

@javharuz
3.1K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-03-21 07:04:38 2 kun qoldi…
2.5K views04:04
Ochish/sharhlash
2023-03-20 08:20:03 3 kun qoldi…
3.3K views05:20
Ochish/sharhlash