Get Mystery Box with random crypto!

XODIMNING ROZILIGISIZ ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLASH MUMKINMI? | YURIDIK KLINIKA

XODIMNING ROZILIGISIZ ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLASH MUMKINMI?

JAVOB:

Yo'q, mumkin emas.

Shartnomaga muvofiq xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan vaqtidan tashqari ishlash hisoblanadi. Mehnat kodeksi 115-moddasiga binoan, olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Bu vaqtdan tashqari bo'ladigan ish xodimning roziligi asosida amalga oshiriladi. Lekin bunda ham ma'lum bir toifa shaxslar uchun cheklovlar mavjud.

Demak, ish vaqtidan tashqari ishlash uchun xodimning roziligi talab etiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 124-moddasi