Get Mystery Box with random crypto!

Tass_cooking ⚜️

Telegram kanalining logotibi tass_cookingbynodira — Tass_cooking ⚜️ T
Telegram kanalining logotibi tass_cookingbynodira — Tass_cooking ⚜️
Kanal manzili: @tass_cookingbynodira
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.43K
Kanalning ta’rifi

90-0363535

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-04-26 21:41:25
Yong'oq va shokoladlik pechenka.

Kerakli masalliqlar:

• 115 gr margarin
• 190 gr shakar
• 1 ta tuhum
• 245 gr un
• 1 choy qoshiq razrexritel
• 60 gr yong'oq
• 100 gr shokolad

Tayyorlanishi.

Margarinni o'zini mikser qilib olamiz.
Ustidan shakar solib yana mikser qilinadi.
Keyin 1 ta tuhum solib uni ham mikser qilamiz.
So'ngra un va razrexritel solib qo'limizda aralashtiramiz.
Hamir holatiga kelmasdan oldin to'g'ralgan yong'oq bilan shokoladni solib hamir qilib olamiz.
Hamirimizni esa zuvalachalarga bo'lib olib dumaloq shakl beramiz.
So'ngra muzlatgichga 1 soatga qo'yib qotirib olamiz.
Qotib olgandan keyin qizib turgan duxofkada 170 gradusda 17-20 daqiqa mobaynida pishirib olamiz.
Juda ham mazzali bo'lgan pechenkamiz tayyor bo'ldi.

Yoqimli ishtaxa
24.2K viewsedited  18:41
Ochish/sharhlash
2024-04-26 14:10:01
Gamburger

250 ml sut
1 osh qoshiq droja
2 osh qoshiq shakar
oʻsimlik yogʻi
300-400 gr un
Gamburger uchun sir
Kolbasa
2 ta shoʻr bodring
2 ta pomidor
1 bogʻ salat bargi
1 tuxum sarigʻi
Tabga koʻra kunjut


Iliq sutga droja va shakar solib apara qilib olamiz.
Apara oshgach yog va un solib ortacha yumshoqlikdagi hamir qorib,oshirishga olib qoyamiz.
Oshgan hamirimizni zuvalalarga boʻlib yoyib olamiz. Sir, kolbasa, pomidor va shor bodring solib videoda koʻrsatilgandek ustini yopib, ustiga tuxum sarigʻiga sut aralashtirib surib tabga koʻra kunjut sepib 180 gradusga duxovkaga qoyamiz. Pishib chiqqach orasiga salat bargi ketchup, moyonez solib dasturxonga tortamiz.Yoqimli ishtaxa.
26.2K views11:10
Ochish/sharhlash
2024-04-26 09:27:03
Shokoladli rulet.

Tostor non-2-3 ta
Shokolad pastasi-50-60 gr
Tuxum-2 ta
Sut-50 ml
O’simlik yog’i-30 ml

Tayyorlanishi:
Tostor nonlarini chetlarini kesib olinadi va juva yordamida yoyib olamiz.
Shokolad pastasini surib o’rab olamiz. Tuxumga sut solib aralashtirib olamiz.
O’rab olgan ruletlarimizni botirib olib, tovaga yog’ solib qizartirib qovurib olamiz.
Yoqimli ishtaxa
27.2K viewsedited  06:27
Ochish/sharhlash
2024-04-25 14:47:23
Ice tea

Kerakli masalliqlar:
• mevali choy
• 100gr shakar
• 0,5 ta apelsin
• 0,5 ta limon
• myata

Tayyorlanishi

Choynagimizga shakar va mevali choy solib ustidan qaynagan suv solib, yaxshilab aralshtirib damlab olamiz.
Idishimizaga apelsin va limonni parre to'g'rab solib olamiz.
Ustidan myata barglaridan solamiz va damlagan choyimizani quyamiz.

Tayyor bo'ldi.
Yoqimli ishtaha
12.9K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2024-04-25 10:36:22
Муравейник Ха бу уша Чорвокли йигит муравейниклари.

Керакли масалликлар:

200 гр шакал
3 та тухум
5 ош кошик сут
100 гр маргарин
1 чой кошик ичимлик содаси
800-900 гр ун

Крем:

100 гр сарёг
370 гр варенной молоко (1 та банка)
4 кошик асал.

180 градусда пишириб оламиз, караб туринг тез тайёр булади, рецепт ёкса дуо килишни унутманг.
16.9K views07:36
Ochish/sharhlash
2024-04-25 07:43:33
#darslarimizda

Muslimalarim
Kursimizda oʻz joyingizni band qilishga ulgurib qoling

maydan boshlanadigan kursimizda:
Turli hil taomlar,
Salatlar,
Shirinliklar,
Issiq yeguliklar,
(Bonusga ichimlik va nonushta)

Umumiy 9 ta dars
Haftada 3 marta:
seshanba
payshanba
shanba

2 ta smenada:
10:00-12:30
15:30-18:00

Kursimiz narxi : 700.000 soʻm
( Har dars masalliqlar uchun 30.000 dan 40.000 soʻm gacha pul yigʻiladi)

Manzilimiz: Sagʻbon gʻalaba 1
Moʻljal: Gʻalaba boʻgʻi roʻparasi

Yana shuni aytib oʻtamizki:
Retseptlarimiz shunchaki oʻrganib qolib ketadigan emas,balki har bir qiz uyga borib har doim tayyorlashi uchun mos boʻlishi shart

Murojat uchun:
+99890-036-35-35
@tass_cooking
17.7K views04:43
Ochish/sharhlash
2024-04-25 07:28:41
Ассалому алайкум муслималарим, архивдан топиб олдим. Хар куни бомдод номозидан олдин кучага сув сепиб супириб куйишларимни эсладим. Миндон кишлоги
16.7K views04:28
Ochish/sharhlash
2024-04-24 18:34:42
Chaqqonlar honimi

Kerakli masalliqlar:

200 gr suv
1 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
Un

400 gr qiyma
2 ta piyoz
Tuz, murch,zira
Oʻsimlik yogʻi

3 ta pomidor
2 ta piyoz


Tayyorlanishi:

Idishga suv, tuz, tuxum solib aralashturib un solib oʻrtacha yumshoqlikdagi hamir qorib tindirshga olib qoʻyamiz.

Nachinkasi uchun mayda toʻgʻralgan piyoz, qiyma, tuz, murch, zira oʻsimlik yogʻi solib aralashtib chetga olib qoʻyamiz.

Tovaga yogʻ solib toʻgʻralgan piyoz solib tilla rang boʻlgunicha qovurib olamiz. Mayda toʻgʻralgan pomidor va tuz solib qovurishda davom etamiz. Biroz qovurilgach suv solib past olovga qaynatishga qoʻyamiz.

Tingan hamirimizni yupqa qilib yoyib tayyorlab olgan nachinkamizni solib videoda koʻrsatilgandek oʻrab olamiz.

Qaynab turgan zirvagimiz ustidan oʻrab olgan honimni joylab ustki qismiga oʻsimlik yogʻi surtib past olovga 35-40 daqiqa dimlap qoʻyamiz.
Osson va mazali honim retsept tayyor. Retsept yoqqan boʻlsa Nodirangiznu duo qilishni unutmang.
21.0K viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2024-04-24 16:00:29
Sizni qaysi muammo qiynayapti
ko‘k yozuvni ustiga bosing muammolardan qutuling:
TOKSIKOZ
QABZIYAT
STRESS
SHISHLAR
YUZDAGI DOG'LAR,SEPKILLAR,AJINLAR
SEMIRISH
OZISH
SOCH TO'KILISHI
TUG'RUQDAN KEYIN QORIN OSILISHI
BOLALARDA GIJJA VA IMMUNITET PASTLIGI
BARCHASIGA DAVO TOPAMIZ INSHA'ALLAH
HATTOKI BIZ BILAN ONLINE ISHLASH IMKONIYATI BOR DAROMAD NAQT TO‘LANADI


Savollar va zakazlarni

@zargul_baxtiyorova
93.230.55.20


19.8K views13:00
Ochish/sharhlash
2024-04-24 13:43:00
Ideal blinchik.

Kerakli masalliqlar:

1 litr sut
4 ta tuxum
300 gr un
1 chomich o'simlik yog'i
1 choy qoshiq ichimlik sodasi
Tabga koʻra tuz


Nachinkasi uchun:

0,5 kg qiyma
4 ta piyoz
Tabga koʻra tuz


Tayyorlanishi:

Idishga sut solib istib olamiz.
Isigan sutga, tuxum, un, ichimlik sodasi, tabga koʻra tuz,o'simlik yog'ini solib aralashtiramiz.Qizigan tovada pishirib olamiz.
Tovoga yogʻ solib, piyoz , qiyma, tabga koʻra tuz solib, qovurib olamiz.
Blichiklarni ichiga nachinkamizdan solib videoʻda korsatigandek orab olamiz.

Tayyor boʻldi. Duo qilishni unutmang .
20.8K views10:43
Ochish/sharhlash