Get Mystery Box with random crypto!

Chaqqonlar honimi Kerakli masalliqlar: 200 gr suv 1 ta tux | Tass_cooking ⚜️

Chaqqonlar honimi

Kerakli masalliqlar:

200 gr suv
1 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
Un

400 gr qiyma
2 ta piyoz
Tuz, murch,zira
Oʻsimlik yogʻi

3 ta pomidor
2 ta piyoz


Tayyorlanishi:

Idishga suv, tuz, tuxum solib aralashturib un solib oʻrtacha yumshoqlikdagi hamir qorib tindirshga olib qoʻyamiz.

Nachinkasi uchun mayda toʻgʻralgan piyoz, qiyma, tuz, murch, zira oʻsimlik yogʻi solib aralashtib chetga olib qoʻyamiz.

Tovaga yogʻ solib toʻgʻralgan piyoz solib tilla rang boʻlgunicha qovurib olamiz. Mayda toʻgʻralgan pomidor va tuz solib qovurishda davom etamiz. Biroz qovurilgach suv solib past olovga qaynatishga qoʻyamiz.

Tingan hamirimizni yupqa qilib yoyib tayyorlab olgan nachinkamizni solib videoda koʻrsatilgandek oʻrab olamiz.

Qaynab turgan zirvagimiz ustidan oʻrab olgan honimni joylab ustki qismiga oʻsimlik yogʻi surtib past olovga 35-40 daqiqa dimlap qoʻyamiz.
Osson va mazali honim retsept tayyor. Retsept yoqqan boʻlsa Nodirangiznu duo qilishni unutmang.