Get Mystery Box with random crypto!

Taslimiyat ...

Telegram kanalining logotibi taslimiyaat — Taslimiyat ... T
Telegram kanalining logotibi taslimiyaat — Taslimiyat ...
Kanal manzili: @taslimiyaat
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.16K
Kanalning ta’rifi

Ish Robbining huzurida boshlanib, Robbining huzurida tugaydi.
Bandalar huzurida ko'p qolib ketmagin..

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 16

2022-09-24 16:57:12
#Ajiyb...

Uylansangiz bir sandiqcha yasating. Xotiningiz har gal ranjitganida sandiqchaga bir oz mablag’ tashlab qo’yavering. Sandiqcha to’lganida u pulga yana uylaning..

Xulosaga shoshilmang

Faqat adolatli bo’ling. Siz ham uni ranjitganingizda sandiqchaga solgan pulingizdan olib ayolingizga bering.

O’ylaymanki qarsak doim ikki qo’ldan chiqadi. Qarabsiz-ki umringizni oxirigacha bir biringiz bilan yashaysiar. Sandiqcha esa, hech qachon to’lmaydi..
4.7K viewsشَوْكَتْ, 13:57
Ochish/sharhlash
2022-09-24 13:15:37
Nima uchun toshbaqalar uzoq yashashlarini bilasanmi? Haqqa taslim bo'lganlarda, shuning uchun.
Faqatgina o'z yo'lidan yuradi. Shoshilmaydi. Ehtirosga berilmaydi.
Insonni xirs chiritadi.

Topduq Emro

Juda ibratli va go'zal hikmat. Oxirigacha ko'ring va do'stlaringiz ila baham ko'ring.

@Taslimiyaat
4.8K viewsشَوْكَتْ, 10:15
Ochish/sharhlash
2022-09-24 07:22:26 Alloh taoloning go‘zal ismlarin Mojalar rivoyat qilishgan."

"A’rof surasining 180-oyatida:

«Allohning chiroyli ismlari bor. U bilan duo qilinglar», deb aytilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning to‘qson to‘qqizta - bir kam yuzta ismi bor. Kim uni sanasa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko‘radi», dedilar.

Bu hadisni shu yergacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Davomida Imom Termiziy va boshqalar Alloh taoloning ismlarini keltirishgan:

هُوَ اللهُ الَّذِي لاَ إلَهَ إلاَّ هُوَ، الرَّحْمَنُ، الرَّحِيمُ، الْمَلِكُ، القُدُّوسُ، السَّلاَمُ، الْمُؤْمِنُ، الْمُهَيْمِنُ، العَزِيزُ، الْجَبَّارُ، الْمُتَكَبِّرُ، الْخَالِقُ، البَارِئُ، الْمُصَوِّرُ، الغَفَّارُ، القَهَّارُ، الوَهَّابُ، الرَّزَّاقُ، الفَتَّاحُ، العَلِيمُ، القَابِضُ، البَاسِطُ، الْخَافِضُ، الرَّافِعُ، الْمُعِزُّ، الْمُذِلُّ، السَّمِيعُ، البَصِيرُ، الْحَكَمُ، العَدْلُ، اللَّطِيفُ، الْخَبِيرُ، الْحَلِيمُ، العَظِيمُ، الغَفُورُ، الشَّكُورُ، العَلِيُّ، الكَبِيرُ، الْحَفِيظُ، الْمُقِيتُ، الْحَسِيبُ، الْجَلِيلُ، الكَرِيْمُ، الرَّقِيبُ، الْمُجِيبُ، الوَاسِعُ، الْحَكِيمُ، الوَدُودُ، الْمَجِيدُ، البَاعِثُ، الشَّهِيدُ، الْحَقُّ، الوَكِيلُ، القَوِيُّ، الْمَتِينُ، الوَلِيُّ، الْحَمِيدُ، الْمُحْصِي، الْمُبْدِيءُ، الْمُعِيدُ، الْمُحْيِي، الْمُمِيتُ، الْحَيُّ، القَيُّومُ، الوَاجِدُ، الْمَاجِدُ، الوَاحِدُ، الصَّمَدُ، القَادِرُ، الْمُقْتَدِرُ، الْمُقَدِّمُ، الْمُؤَخِّرُ، الأَوَّلُ، الآخِرُ، الظَّاهِرُ، البَاطِنُ، الوَالِي، الْمُتَعَالِ، البَرُّ، التَّوَّابُ، الْمُنْتَقِمُ، العَفُوُّ، الرَّؤُوفُ، مَالِكُ الْمُلْكِ، ذُو الْجَلاَلِ وَالإِكْرَامِ، الْمُقْسِطُ، الْجَامِعُ، الغَنِيُّ، الْمُغْنِي، الْمَانِعُ، الضَّارُّ، النَّافِعُ، النُّورُ، الْهَادِي، البَدِيعُ، البَاقِي، الوَارِثُ، الرَّشِيدُ، الصَّبُورُ.

1) Alloh.
2) ar-Rahmon.
3) ar-Rahiym.
4) al-Malik.
5) al-Quddus.
6) as-Salom.
7) al-Mo‘min.
8) al-Muhaymin.
9) al-Aziz.
10) al-Jabbor.
11) al-Mutakabbir.
12) al-Xoliq.
13) al-Bori’.
14) al-Musavvir.
15) al-G‘affor.
16) al-Qahhor.
17) al-Vahhob.
18) ar-Razzoq.
19) al-Fattoh.
20) al-Aliym.
21) al-Qobiz.
22) al-Bosit.
23) al-Xofiz.
24) ar-Rofe’.
25) al-Mu’izz.
26) al-Muzill.
27) as-Samiy’.
28) al-Basiyr.
29) al-Hakam.
30) al-Adl.
31) al-Latiyf.
32) al-Xabiyr.
33) al-Haliym.
34) al-Aziym.
35) al-G‘afur.
36) ash-Shakur.
37) al-Aliy.
38) al-Kabiyr.
39) al-Hafiyz.
40) al-Muqiyt.
41) al-Hasiyb.
42) al-Jaliyl.
43) al-Kariym.
44) ar-Raqiyb.
45) al-Mujiyb.
46) al-Vose’.
47) al-Hakiym.
48) al-Vadud.
49) al-Majiyd.
50) al-Bo’is.
51) ash-Shahiyd.
52) al-Haq.
53) al-Vakiyl.
54) al-Qaviy.
55) al-Matiyn.
56) al-Valiy.
57) al-Hamiyd.
58)al-Muhsiy.
59) al-Mubdi’.
60) al-Mu’iyd.
61) al-Muhyi.
62) al-Mumiyt.
63) al-Hayy.
64) al-Qayyum.
65) al-Vojid.
66) al-Mojid.
67) al-Vohid.
68) as-Somad.
69) al-Qodir.
70) al-Muqtadir.
71) al-Muqaddim.
72) al-Muaxxir.
73) al-Avval.
74) al-Oxir.
75) az-Zohir.
76) al-Botin.
77) al-Voliy.
78) al-Muta’oliy.
79) al-Barr.
80) at-Tavvob.
81) al-Muntaqim.
82) al-Afuvv.
83) ar-Ra`uf.
84) al-Molikul mulk.
85) Zul jaloli val ikrom.
86) al-Muqsit.
87) al-Jome’.
88) al-G‘aniy.
89) al-Mug‘niy.
90) al-Mone’.
91) az-Zorr.
92) an-Nofe’.
93) an-Nur.
94) al-Hodiy.
95) al-Badiy’.
96) al-Boqiy.
97) al-Voris.
98) ar-Roshiyd.
99) as-Sabur. "

Yaqinlaringizga ulashing....

@Taslimiyaat
5.3K viewsشَوْكَتْ, edited  04:22
Ochish/sharhlash
2022-09-23 21:15:42 Bomdod namoziga oʻz vaqtida turish uchun bazi bir amaliy vositalarni bayon qilib oʻtamiz.

Ey aziz namozxon doʻstim, quyida sizga bomdod namoziga oʻz vaqtida turish uchun baʼzi bir amaliy vositalar.

1) Bomdod namoziga taʼluqli, barcha oyat-hadislarni yodga olib yurishlik.
2) Kechki uyqudan oldin niyat va iroda boʻlishligi.
3) Gunohlardan chetlanib yurish ham bomdod namoziga turishga sabab boʻladi. Bir kishi Hasan Basriga: “Ey Abu Sayid menga nima boʻldiki taxorat bilan yotsam ham taxajjudga (yaʼni tungi namozga) tura olmayapman” deganida u zot: “Gunoxlaring seni bogʻlab qoʻyibdi. Sen kunduzingni toʻgʻirlasang tuning sen uchun toʻgʻirlanadi”, deb javob beribdilar. Azizlar! Sahoba va Tobiʼnlarning qaygʻulari taxajjud (tungi)namozini oʻqish boʻlgan, ming afsuslar boʻlsinki bizning tashvishimiz esa bomdod namoziga turishdir.
4) Gʻaflatga olib boradigan ishlardan yiroq boʻlish masalan: yarim kechagacha telvizor koʻrish, malo-yaʼni gaplarni gaplashib oʻtirish va xakazo.
5) Uyqudan oldin toʻyib ovqat yemaslik.
6) Paygʻambarimiz alayhissalom oʻrgatgan uyqu oldidagi zikrlarni aytib, taxorat bilan yotish.
7) Uygʻatgichni qoʻyib yotish. Biroq kishida qatiiylik boʻlmasa, uni oʻn martta oʻchirib ham uxlayverishi mumkin.

@Taslimiyaat
5.6K viewsشَوْكَتْ, 18:15
Ochish/sharhlash
2022-09-23 20:01:22
Kunlarning birida sendan: Nega mahzunsan? - deb soʻrashsa, toʻgʻrisini aytgin:

- Istigʻfor oz, Qurʼon tashlab qoʻyilgan..

@Taslimiyaat ...
5.5K viewsشَوْكَتْ, 17:01
Ochish/sharhlash
2022-09-23 16:06:03
Shuncha gunohlarimiz bilan-a?

Nazr ibn Zurora ishonchli roviydan rivoyat qiladi:
“Umar ibn Abdulazizning Solim degan bir qul doʻsti boʻlib, u bilan Alloh uchun doʻst tutingan edilar. Umar ibn Abdulaziz amirlikka tayinlanganlarida doʻstlari Solimni chaqirdilar. Solim kelgach, unga:
— Ey Solim, men najot topmaymanmi deb qoʻrqaman, – dedilar.
Solim:
— Qoʻrqayotgan boʻlsang, yaxshi. Men mana shu narsadan qoʻrqmasligingdan qoʻrqayotgan edim. Alloh bir bandaga bir hovli berib, u yerda qilgan bitta gunohi uchun chiqarib yuborgan edi (Odam alayhissalomning jannatdan chiqarilishi nazarda tutilyapti). Biz esa son-sanoqsiz gunohlarimiz bilan oʻsha hovlida yashamoqchi boʻlyapmiz, – dedi.

“Solihlar gulshani” kitobidan

@Taslimiyaat
6.2K viewsشَوْكَتْ, 13:06
Ochish/sharhlash
2022-09-23 10:22:27
- Baxil kim.?
- Muhammad alayhissalomning ismini eshita turib, u zotga salovat aytmagan kishi.?

Sollallohu alayhi va sallam..


@Taslimiyaat
6.3K viewsشَوْكَتْ, 07:22
Ochish/sharhlash
2022-09-23 02:50:10
#Juma muborak !

Jumaning xayri va barakoti sizga boʻlsin..

Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal va cheksiz durudu - salavotlar boʻlsin..

اللهمَّ صلِّ على سيِّدنا محمَّد

Allohumma solli aʼla Sayyidina Muhammad ﷺ

@Taslimiyaat
15.3K viewsشَوْكَتْ, 23:50
Ochish/sharhlash
2022-09-22 19:21:02 Iltimos, shu audioni ovozini baland qilib yolgʻiz eshiting!

InshaAlloh, sizga foydali boʻladi...

@Taslimiyaat
8.3K viewsشَوْكَتْ, 16:21
Ochish/sharhlash
2022-09-22 18:33:39
#Duo

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ushbu duoni ko'p aytar edilar.

‎يَا مُقَلِّبَ القُلُوبِ ثَبِّت قَلْبِي عَلَى دِينِكَ

«Yaa muqollibal quluub sabbit qolbiy 'alaa diynik»

Ma'nosi: «Ey qalblarni o'zgartiruvchi Zot! Qalbimni O'zingni diningda mustahkam qilgin».

@Taslimiyaat
7.0K viewsشَوْكَتْ, edited  15:33
Ochish/sharhlash