Get Mystery Box with random crypto!

Taslimiyat ...

Telegram kanalining logotibi taslimiyaat — Taslimiyat ... T
Telegram kanalining logotibi taslimiyaat — Taslimiyat ...
Kanal manzili: @taslimiyaat
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.16K
Kanalning ta’rifi

Ish Robbining huzurida boshlanib, Robbining huzurida tugaydi.
Bandalar huzurida ko'p qolib ketmagin..

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-11-11 19:09:35 السلام عليكم ورحمةالله وبركاته


Salomatmisiz qadrdonlarim.

Bugun men ushbu kanal haqida fikrlaringizni bilmoqchiman. Kanal faoliyati haqida qanday fikrlaringiz bor? Barchasini ushbu botga yozib qoldirishingiz mumkin.
Hammaning fikrlari men uchun muhim

https://t.me/Taslimiyaat_bot
858 views16:09
Ochish/sharhlash
2022-11-11 16:18:07
Uch narsani doim qilib yursang, baxtli bo'lasan:

– Ne'mat kelsa, Allohga hamd ayt.

– Rizqing kechiksa, istig'for ayt.

– Qiyinchilik yetsa «Laa havla valaa quvvata illaa billaah»ni ko'p ayt («Allohdan o'zgada na quvvat, na qudrat bor»).


@taslimiyaat
3.1K views13:18
Ochish/sharhlash
2022-11-11 13:38:06
Tasbehli Kumush uzuk!

Erkaklar va ayollar uchun!

Sof kumushdan yasalgan erkaklar va ayollar uchun tasbeh uzuk!

Sof kumushdan yasalgan
Hadya qilish uchun ham juda ajoyib sovg'adir.
Yosh va libos tanlamaydi.
Kerakli oʻlchamlar bor.

“Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar. Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar”, deb marhamat qilgan. (Ahzob surasi, 41-42-oyatlar).

Batafsil:
https://batafsil.com/s/nAtoO
Buyurtma:
https://batafsil.com/s/nAtoO
3.4K views10:38
Ochish/sharhlash
2022-11-10 23:01:02
Jum'aning xayri va barokati sizga bo'lsin...

Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal va cheksiz durudu - salavotlar bo'lsin...

اللهمَّ صلِّ على سيِّدنا محمَّد

Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad ﷺ

@taslimiyaat
1.3K views20:01
Ochish/sharhlash
2022-11-10 07:56:14
Bir zot, Uvays Qaroniy hazratlarining ziyoratlariga bordi va oralarida shunday suhbat bo'lib o'tdi:
-"Ey Allohning suyukli quli! Menga bir nasihat qiling!"
-"Alloh taoloni bilasanmi?"
-"Ha, bilaman!"
-"Unday bo'lsa, Alloh taolodan o'zga narsalarni bilma. Uning o'zi senga kifoya qiladi!"
-"Ey hazrat, menga yana bir nasihat qiling!"
-"Nima deysan, Alloh taolo seni biladimi?"
-"Ha, albatta biladi!"
-"Unaqada, Allohdan o'zgasi seni (kimligingni) bilmasin. Alloh taoloning bilishi, sening uchun kifoyadir!"

@taslimiyaat
4.3K views04:56
Ochish/sharhlash
2022-11-10 07:12:31
17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda qatnashing va pul mukofotlarini birini yutib oling.

Tanlov bayram kuni, ya'ni 17-noyabr soat 23:59 da yakunlanadi va tanlovda eng ko'p ball yig'gan 10 ishtirokchi sovg'alar va pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:

1-o'rin: Inoi telefoni
2-o'rin: Artel telefoni
3-o'rin: 500,000 ming so'm
4-o'rin: 400,000 ming so'm
5-o'rin: 300,000 ming so'm
6-8o'rinlar: 200,000 so'mdan
9-10-o'rinlar: 100,000 so'mdan

Hurmatli talabalar tanlovda faol bo‘ling va pul yutuqlarini birini yutib oling. Barchaga omad


Tanlovda ishtirok etish uchun
4.1K views04:12
Ochish/sharhlash
2022-11-10 05:07:01
- Nima qilsam ekan-a?

-“Kim Allohga taqvo qilsa U Zot uning yoʻlini ochib qoʻyur” (65:2)

- Amalga osharmikin?!...

-“Bu esa Allohga qiyin emas” (14:20)

- Lekin qoʻrqyapman...

-“Bas Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen koʻz oʻngimizdasan” (52:48)

“Men ishimni Allohni Oʻziga topshirdim” (40:44)

Ibrat uchun ulashing!
Alhamdulillah...


@taslimiyaat
4.2K views02:07
Ochish/sharhlash
2022-11-09 18:00:17
Nima uchun toshbaqalar uzoq yashashlarini bilasanmi? Haqqa taslim bo'lganlarda, shuning uchun.
Faqatgina o'z yo'lidan yuradi. Shoshilmaydi. Ehtirosga berilmaydi.
Insonni xirs chiritadi.

Topduq Emro

Juda ibratli va go'zal hikmat. Oxirigacha ko'ring va do'stlaringiz ila baham ko'ring.

@Taslimiyaat
5.3K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-11-09 16:36:18
Farishtalani charchatib qoʻyding.

Bir kishi haj qildi, haj amallari tugagach, yurtiga qaytish oldidan Kaʼbaning eshigi oldiga kelib,:
Allohga hamd boʻlsin, U Zotning biz biladigan va bilmaydigan barcha maqtaladigan sifatlari bilan U zotga hamd boʻlsin. Alloh taoloning bizlarga ato qilgan biz bilgan va biz bilmagan barcha neʼmatlari uchun hamd boʻlsin " dedi va yurtiga qaytib ketdi. Oʻsha kishi keyingi marta yana haj qilganida, ketish oldidan yana Kaʼbaning eshigi oldiga borib, oldin aytgan gaplarini aytdi.
Shunda u kishiga bir nido keldi :
Sen amallarni yozuvchi farishtalarni charchatib yubording, ular oldingi hajda berilgan ajru savoblarni hali ham yozib tugatmagan edi...

@taslimiyaat
5.7K views13:36
Ochish/sharhlash
2022-11-08 19:51:39
#Tafakkur

Ayol kishi shu toʻrt narsa tufayli oilasini xonavayron qiladi:

1. Qaysarlik.
2. Jahl, asabbuzarlik.
3. Shubha-gumon.
4. Ovozni balandlatish.

Erkak kishi shu toʻrt narsa tufayli oilasini xonavayron qiladi:

1. Uzoqlashish.
2. Eʼtiborsiz boʻlish.
3. Qattiqqoʻl boʻlish.
4. Baxillik qilish.

muslimaatuz

@taslimiyaat
2.0K views16:51
Ochish/sharhlash