Get Mystery Box with random crypto!

Shuncha gunohlarimiz bilan-a? Nazr ibn Zurora ishonchli ro | Taslimiyat ...

Shuncha gunohlarimiz bilan-a?

Nazr ibn Zurora ishonchli roviydan rivoyat qiladi:
“Umar ibn Abdulazizning Solim degan bir qul doʻsti boʻlib, u bilan Alloh uchun doʻst tutingan edilar. Umar ibn Abdulaziz amirlikka tayinlanganlarida doʻstlari Solimni chaqirdilar. Solim kelgach, unga:
— Ey Solim, men najot topmaymanmi deb qoʻrqaman, – dedilar.
Solim:
— Qoʻrqayotgan boʻlsang, yaxshi. Men mana shu narsadan qoʻrqmasligingdan qoʻrqayotgan edim. Alloh bir bandaga bir hovli berib, u yerda qilgan bitta gunohi uchun chiqarib yuborgan edi (Odam alayhissalomning jannatdan chiqarilishi nazarda tutilyapti). Biz esa son-sanoqsiz gunohlarimiz bilan oʻsha hovlida yashamoqchi boʻlyapmiz, – dedi.

“Solihlar gulshani” kitobidan

@Taslimiyaat