Get Mystery Box with random crypto!

Bomdod namoziga oʻz vaqtida turish uchun bazi bir amaliy vosit | Taslimiyat ...

Bomdod namoziga oʻz vaqtida turish uchun bazi bir amaliy vositalarni bayon qilib oʻtamiz.

Ey aziz namozxon doʻstim, quyida sizga bomdod namoziga oʻz vaqtida turish uchun baʼzi bir amaliy vositalar.

1) Bomdod namoziga taʼluqli, barcha oyat-hadislarni yodga olib yurishlik.
2) Kechki uyqudan oldin niyat va iroda boʻlishligi.
3) Gunohlardan chetlanib yurish ham bomdod namoziga turishga sabab boʻladi. Bir kishi Hasan Basriga: “Ey Abu Sayid menga nima boʻldiki taxorat bilan yotsam ham taxajjudga (yaʼni tungi namozga) tura olmayapman” deganida u zot: “Gunoxlaring seni bogʻlab qoʻyibdi. Sen kunduzingni toʻgʻirlasang tuning sen uchun toʻgʻirlanadi”, deb javob beribdilar. Azizlar! Sahoba va Tobiʼnlarning qaygʻulari taxajjud (tungi)namozini oʻqish boʻlgan, ming afsuslar boʻlsinki bizning tashvishimiz esa bomdod namoziga turishdir.
4) Gʻaflatga olib boradigan ishlardan yiroq boʻlish masalan: yarim kechagacha telvizor koʻrish, malo-yaʼni gaplarni gaplashib oʻtirish va xakazo.
5) Uyqudan oldin toʻyib ovqat yemaslik.
6) Paygʻambarimiz alayhissalom oʻrgatgan uyqu oldidagi zikrlarni aytib, taxorat bilan yotish.
7) Uygʻatgichni qoʻyib yotish. Biroq kishida qatiiylik boʻlmasa, uni oʻn martta oʻchirib ham uxlayverishi mumkin.

@Taslimiyaat