Get Mystery Box with random crypto!

Qora kundalik..

Telegram kanalining logotibi taskindaftarim — Qora kundalik.. Q
Telegram kanalining logotibi taskindaftarim — Qora kundalik..
Kanal manzili: @taskindaftarim
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 188

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-03-09 13:27:24
Eng eng eng faktlar
Qiziqarli ma'lumotlar
Kulguli faktlar
Psixologiya haqida
Hayvonot dunyosi haqida ma'lumotlar

Barchasi @Factku telegram kanalida.

Obuna bo'ling manfaatli bo'lsa yaqinlarga ham ulashing
Siz uchun @Factku
30 viewsAzimjon Pulatov, 10:27
Ochish/sharhlash
2023-03-09 10:30:23
#kayfiyat
32 viewsAzimjon Pulatov, 07:30
Ochish/sharhlash
2023-03-07 18:27:08 Болам, амалдор бўлдинг
Бола-чақа боққани.
Эл ғамини қўя тур,
Соққани қил, соққани.

Ахир, қанча сарф қилдинг
Катталарга ёққани.
Ўрнини қоплаш учун
Соққани қил, соққани.

Топганингни яширгин -
Боққами ё тоққами.
Эл кўзига билдирмай
Соққани қил, соққани.

Ҳозир айни вақтидир,
Бошқа бундай чоғ қани?
Қамалиб кетмасингдан
Соққани қил, соққани.

Элу юртда туполон:
Касал қани, соғ қани?!
Сен буларга чалғимай
Соққани қил, соққани.

“Ҳаромхўрнинг қабрда
Қийналармиш жон-тани...”
Балким, эрта ўлмассан,
Соққани қил, соққани.

Мен киноя қиляпман,
Дўстинг эмасман сани.
Соққа сенинг дўстингдир,
Соққани қил, соққани.

Бир кун келар дехехе
Пўстагингни қоққани.
Унгача жавлон уриб,
Соққани қил, соққани.

Муаллиф: @habikatura
40 viewsAzimjon Pulatov, 15:27
Ochish/sharhlash
2023-03-06 20:13:44 -Yurtku o'zimizniki bo'ldi ammo odamlar begonalashib kettii...

- yurtimiz taraqqiy etyapti.

- Qanaqasiga taraqqiy etarkan? Quvur bor lekin suvi yo'q, sim tortilgan lekin tok yo'q, ko'chada mashina kam piyoda ko'p, yo'lkalardan yurolmaysan do'konlar to'sib qo'ygan. Poyezd bor lekin oldindan chiptaga buyurtma berishing kerak. Kasalxonaga borsang bo'sh joy yo'q, joy topilsa hol so'raydigan doktorni o'zi yo'q. Arz qilaman desang eshitadigan biror kishi yo'q. Boshliq oldiga borsang yordamchisiga jo'natadi, yordamchini so'rab borsang majlisda bo'ladi, mobodo uyiga kirsang hammomda bo'ladi agar topgan taqdiringda ham ariza topshir deydi. Yana ikki nusxada, keyin arizang aylana boshlaydi aylanaveradi, aylanaveradi, aylanaveradi.!!!

Munnaboy
49 viewsAzimjon Pulatov, 17:13
Ochish/sharhlash
2023-03-05 16:21:19
Yuraklardasiz @mittivines
69 viewsAzimjon Pulatov, 13:21
Ochish/sharhlash
2023-03-05 12:23:37 Bugun ertalab ijtimoiy tarmoqlarda va messengerlarda tarqalgan xabar Internetni portlatdi. "Mittivine taxallusida ijod qiladigan bloger Farhod Mannopov vafot etdi." Yomon xabar tez tarqaladi. Eshitib g'alati bo'lib ketdim. Kim ham o'ylabdi deysiz Basseynda boshini urib olgan odam o'lib ketishini, Chaplinga nisbatan ishlatilgan iborani bu insonga ham ishlatsa bo'ladi: "hamma uni masxaraboz deb o'ylashardi, ammo, u Ritsar edi" oxiratlari obod bo'lsin. "Little" lar oilasiga sabr tilayman. Bu kun "Qora kundalik"ka muxrlandi..
65 viewsAzimjon Pulatov, 09:23
Ochish/sharhlash
2023-03-03 17:06:47 Assalomu alaykum xayrli kech barchaga, hamma sog' salomatmi? Bahorning ilk kunlari.. kayfiyatlar qalay? Do'stlar sizlardan bir iltimosim bor telegramda aylanayotgan, shu xabarni 10kishiga yubor, baxtli bo'lasan, boy bo'lib ketasan yana bir nima bir nimalar, tarqatmasang kulfat bo'ladi. Bunaqa mazmundagi postlarni umuman boshqalarga yubormang. Yosh bola emasmizku, "joyingga kir uxla bo'lmasa Bo'bo'ga bervoraman" degan gapga ishonadigan. Sizga jo'natishsa ham be e'tibor bo'ling tamom Bunaqa postlar iymonimizni zaiflashtirish uchun, yaqinda Video ko'rgandim bunaqa xabarlarni Yahudiylar tarqatishadi degan. Meni hech kimga, hech qaysi dinga adovatim yo'q. O'zbekistonda din erkinligi bor, Odamlar xohlagan diniga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmasligi Mumkin. O'zingizni Musulmonman deb hisoblasangiz, Allohga shirk keltirgan bo'lmaysizmi xabarlarni tarqatib? Hammaga rahmat oqshom xayrli o'tsin.
77 viewsAzimjon Pulatov, edited  14:06
Ochish/sharhlash
2023-02-28 19:39:51 Ular ongli bo'lishmaguncha isyon qilishmaydi, va ular isyon qilishmaguncha ongli bo'lisholmaydi..

Mana sizga Paradox
33 viewsAzimjon Pulatov, 16:39
Ochish/sharhlash
2023-02-28 18:48:53 Kim o'tmishni boshqarsa, u kelajakni ham boshqaradi. Kim bugunni boshqara olsa, demak u o'tmishni ham o'zgartirib, boshqara oladi.

1984
Jorj Oruell
36 viewsAzimjon Pulatov, 15:48
Ochish/sharhlash
2023-02-28 17:39:33 Odamlarga yordam berishning eng oson yo'li - boshqalarga ozor bermaslik...
36 viewsAzimjon Pulatov, 14:39
Ochish/sharhlash