Get Mystery Box with random crypto!

Qora kundalik..

Telegram kanalining logotibi taskindaftarim — Qora kundalik.. Q
Telegram kanalining logotibi taskindaftarim — Qora kundalik..
Kanal manzili: @taskindaftarim
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 188

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-12-27 11:56:09 Assalomu alaykum xayrli kun qadrdonlar bugun "Qorbobo aslida kim?" mavzusida gaplashamiz, Qorbobo siz uchun kim? izohlarda yozib qoldiring..
84 viewsSirius , 08:56
Ochish/sharhlash
2022-12-25 21:06:08
Novda b/f

Ssenariy muallifi va rejissyor
Zulfiqor Musoqov

Dilshoda yaxshi qiz, Zubayrayam bo'ladi qaysi birini tanlisan Rashid

Novda.. bu filmni shu kungacha 50 yoki 60 marta ko'rganman. Negadir bu filmni boshqacha yaxshi ko'raman..
108 viewsSirius , 18:06
Ochish/sharhlash
2022-12-24 20:50:01 #qonli_tarix

Chingizxon haqida biz nima bilamiz?

Chingizxon kim degan savolga maktab o'quvchilari ham bosqinchi Mo'g'ul bo'lgan Xorazmni bo'ysundirgan bo'ldi shu yerda to'xtaydi. Bugun Chingizxon haqida bitta ikkita fact keltirib o'tamiz..
Chingizxon asl ismi Temuchin bo'lgan bu yigit juda qattiqqo'l bo'lib o'sdi. Bolaligida baliq uchun talashib o'z ukasi Bekterni qotiliga aylandi (aslida "ikki qo'chqorning kallasi bir qozonda qaynamasligini" his qilganligi uchun Bekterning umriga zomin bo'lgandi.. Shu yerda eslatma Yevropada Mayorat tizimi bo'lganligi uchun bor boylik katta o'g'ilga qoldirilgan) ko'pchilik hazillashib: "hamma Giterni vaxshiy odam bo'lgan deb hisoblaydi, Chingizxonning oldida Gitler bog'cha bolasi bo'lib qoladi" - deyishadi...
Mog'ullarning sevimli quroli kamon bo'lgan, bundan tashqari Qilich va Nayza bilan qurollanishgan, har bir askar kundalik hayotida ham, urush paytida ham o'zi bilan birga arqon olib yurishi shart bo'lgan. Chingizxon devorlarni buzishda, Palaxmon moslamasidan foydalangan...
Qo'shinlarni 3qismga bo'lgan markaz va ikki qanot, jang paytida markaz yolg'ondan chekingan, dushman ortlaridan ta'qib qila boshlasa ikki tomondan hujumga uchragan, chekinayotganlar ham ortlariga qaytib janga kirardi...
Chingizxonning Jo'ji, Chig'atoy, O'qtoy va Tuli degan o'g'illari bo'lgan va O'qtoyni taxt vorisi etib tayinlagan..

Agarda post foydali bo'lgan bo'lsa reaksiya va qaysi mavzudagi postlar yoqsa izohlarda yozib qoldiramiz, tez kunlarda Video kontent tayyorlashni boshlaymiz.. Qo'llab quvvatlab turasizlar degan umiddaman...
121 viewsSirius , 17:50
Ochish/sharhlash
2022-12-24 00:10:37 O'qing ammo yig'lamang..


Bolaligimizda "yo'q" lar ko'p edi, nima istasak yo'q deyishardi. Ota onamiz qiyinchilik davrida katta bo'lishgan.

Bir kuni dadam sizlarga yangi shim olib kelaman dedilar. Biz juda xursand edik, "yo'q"larga o'rgangan quloqlarga juda yoqimli eshitildi bu, uch aka singil qishloq tashqarisiga chiqdik, qo'llarimizni iyagimizga qo'yib hayol sura boshladik. Raisning o'g'liga o'xshab biz ham yangi shim kiyamiz..
Men uchinchi sinfga borardim, singlim birinchi ukam esa 5yoshda edi.
O'sha payt uzoqdan avtobus ko'rindi. Orqasidan chang qo'zg'atib kelyapti. Dadam paketni ochdilar. Men xohlagan qora shim, oq yoqalik kiyim va kalish singlimga ham lekin havas bilan kutgan ukam hayron paketni rosa titdi, umid bilan dadamga qarab menga yo'qmi dedi.
"o'g'lim kelasi safar senga ham albatta olib kelaman dedilar.."
-Lekin men rosa kutayotgan edim dedi va yig'lab xonaga kirib ketdi. Dadamning ham ko'zlariga yosh kelganini payqadim.
Men ertalab maktabga ketdim, kelganimda ukam menga qarab:
Akajon, sizga shim rosa yarashibdi, men ham bir marta kiyib ko'rsam bo'ladimi?
Yo'q bo'lmaydi kir qilib qo'yasan - dedim, rosa xohlab zo'rg'a erishgandim axir, ikkinchi uchinchi kun ham rosa yalindi bermadim
To'rtinchi kun ham oldimga kelib Akajon bu oyoq kiyim sizga rosa yarashibdi shim ham, menga ham yarashsa kerak-a? dedi
Senga to'g'ri kelmaydi uzun bu dedim bahona qilib
- shimarib kiyaman
Yo'q kir qilib qo'yasan
Gilamni ustida kiyaman
Iltimos, 5daqiqa xolos dedi ukam
Bo'pti ertaga darsdan kelib berib turaman faqat 5daqiqaga
Kechqurun birga yotibmiz ukam sekingina meni turtib:
Fikringizdan qaytmadingiza aniq berib turasizmi dedi
Ha beraman dedim
Ertalab maktab ketayotganimda ukam:
Akajon bugun vaqtliroq keling meni sizni eshik oldida kutaman dedi..
3-darsda eshigimiz ochildi, direktorimiz kirib kelib o'qituvchimizga nimadir deb shivirladi, "Alijon bolam sen uyingga boraqol dadang chaqiryapti seni" dedi. Maktabdan chiqdim, qishloqdagilar negadir bizni uyimizga qarab ketishyapti, 9yoshdaman hech narsaga aqlim yetmayapti, ukam eshik oldida kutmoqchi edi ko'rinmaydi. Butun qishloq bizni hovlida, onam dod solib yig'lardi..
Traktorchi amaki hovlimiz yonidan o'tayotganida ukamni ko'rmay qolibdi, meni kelishimni kutayotgan bolakay traktor tagida jon beribdi. Otam mehr ko'rmagani bois bizga ham mehr bera olmadi, bizni yaxshi ko'rardi ammo ko'rsata olmasdi, ukamni bag'rilariga bosdi va "O'g'lim seni mozorga emas, bozorga olib bormoqchi edim tur o'g'lim bozorga boramiz" deya ko'zlaridan shashqator yosh oqdi. Hech bir ota farzandi o'ligi ustida yig'lamasin ekan. Bu voqeani eslasam yuragim uvishadi. Farzandlaringizga mehrliroq bo'ling balki o'shanda ular, siz bermagan mehrni telefondan qidirishmas....
1971-yil.
195 viewsSirius , 21:10
Ochish/sharhlash
2022-12-22 19:02:16
https://t.me/uzb_tafakkur Anvar Abduqayum kanalida ovozli chatni boshladi Xohlovchilar bo'lsa marhamat
116 viewsSirius , 16:02
Ochish/sharhlash
2022-12-22 17:53:54
Gazda yurasan Simba
146 viewsSirius , 14:53
Ochish/sharhlash
2022-12-19 18:54:00 Odamzod shunaqa ekan...

G'alati mavjudodlarmiz, kimdir nimadir desa, vaaaay aqlli bo'p ketibdiyu deymiz gapirmasa pismiq deymiz. Oxiratdan eslatsa qorini yoqib olma deymiz. Hamma narsadan kamchilik qidiramiz. Ta'limni, siyosatni tanqid qilamiz lekin bular o'zgarishi uchun o'zimizni o'zgartirish kerakligini o'ylab ko'rmaymiz. Negativ fikrlar miyamizga o'rnashib qolgan. Qilgan xatolarimiz uchun boshqalarni ayblashga odatlanganmiz...
Nimagadir erishmoqchi bo'lsangiz avval o'zingizni o'zgartiring....!!!

P/s: Hozir ham negativchilar nimadir deydi...
180 viewsSirius , 15:54
Ochish/sharhlash
2022-12-14 13:37:50 " yordam"

Bir Bloggerni gapi esimga tushib qoldi:

Biz "tez yordam" dan ko'ra, pitsa dostavkasi tezroq yetib keladigan davlatda yashayapmiz.
Kecha ba'zi sababga ko'ra "tez yordam" chaqirishga majbur bo'ldim 21:10da chaqirilgan "tez yordam" 22:15da yetib keldi. Yo'q bunda tez yordamni ayblamayman, shifokorlarni ham axir ular "Gippokrat" qasamini ichishgan. Hech qachon atayin kech boramiz deyishmaydi. Samarqand shahridagi "Tez tibbiy yordam" podstansiyada taxminan 50dan ziyod tez yordam mashinalari mavjud. Odamlardan iltimos qilgan bo'lardim oddiy qon bosimini o'lchatib qo'yish uchun ham tez yordamni ovvora qilmasin. Tez yordam chaqirilgan vaqtda "bemor"ni harorati 37 edi yetib kelgunicha 39°C gacha ko'tarildi. Bundan tashqari qon bosimi ham oshgandi. Nimaga vaqtida yetib kelmaysizlar desam chaqiruvlar ko'p ular orasida yolg'on chaqiruvlar ham bor deydi. Yana bir marta iltimos qilardim odamlar hayoti o'yinchoq emas. Bekordan bekorga tez yordamni chaqirmang!!!!.
257 viewsSirius , edited  10:37
Ochish/sharhlash
2022-12-11 19:45:25 Shuncha gunohlar qildik-u, yana izladik rohat..
239 viewsSirius , 16:45
Ochish/sharhlash
2022-12-11 11:48:47 Men marmar ichinda malakni ko'rdim,
va unga yetguncha marmarni yo'ndim..

Mikelanjelo.
239 viewsSirius , 08:48
Ochish/sharhlash