Get Mystery Box with random crypto!

-Yurtku o'zimizniki bo'ldi ammo odamlar begonalashib kettii... | Qora kundalik..

-Yurtku o'zimizniki bo'ldi ammo odamlar begonalashib kettii...

- yurtimiz taraqqiy etyapti.

- Qanaqasiga taraqqiy etarkan? Quvur bor lekin suvi yo'q, sim tortilgan lekin tok yo'q, ko'chada mashina kam piyoda ko'p, yo'lkalardan yurolmaysan do'konlar to'sib qo'ygan. Poyezd bor lekin oldindan chiptaga buyurtma berishing kerak. Kasalxonaga borsang bo'sh joy yo'q, joy topilsa hol so'raydigan doktorni o'zi yo'q. Arz qilaman desang eshitadigan biror kishi yo'q. Boshliq oldiga borsang yordamchisiga jo'natadi, yordamchini so'rab borsang majlisda bo'ladi, mobodo uyiga kirsang hammomda bo'ladi agar topgan taqdiringda ham ariza topshir deydi. Yana ikki nusxada, keyin arizang aylana boshlaydi aylanaveradi, aylanaveradi, aylanaveradi.!!!

Munnaboy