Get Mystery Box with random crypto!

Qora kundalik..

Telegram kanalining logotibi taskindaftarim — Qora kundalik.. Q
Telegram kanalining logotibi taskindaftarim — Qora kundalik..
Kanal manzili: @taskindaftarim
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 188

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-02-19 09:18:19 O'rmon daraxtlari borar kamayib,
Oybolta qirg'indan kuch olar edi.
Xoinning so'ziga kulib, jilmayib,
Daraxtlar dastaga ishonar edi.

Asror Kadirov
31 viewsAzimjon Pulatov, 06:18
Ochish/sharhlash
2023-02-18 00:22:28 Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom.
Firuza gumbazli osmon ostida,
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom...

Umar Xayyom
19 viewsAzimjon Pulatov, 21:22
Ochish/sharhlash
2023-02-16 16:00:22 "Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega 10davlati" 2-qism

2. Singapur

1965-yilda asos solingan va 699 km² yer maydoniga ega bo‘lgan Singapur mamlakati, 80-yillarga keliboq o‘zining moliyaviy-savdo xizmatlari tufayli Osiyoning rivojlangan mamlakatiga aylanib, Osiyo yo‘lbarsi nomini oldi. Garchi hozirda iqtisodiy o‘sish darajasi pasaygan bo‘lsada, Singapur Osiyodagi Yaponiyadan keyin eng salmoqli moliya markazi mavqeini qo‘ldan bermay kelmoqda. Savdo-sotiq, port-shahar va turizm sohasida mamlakat dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi Shu bilan birga mamlakat o‘z ta'sirini dunyoning boshqa mamlakatlariga o‘tkazishda yumshoq kuch siyosatini o‘ziga hos uslubini tanlagan. Bu ta'sir moliyaviy yoki iqtisodiy bosim-shantajlar bilan emas balki ilmiy-madaniy sohalarni keng yoyish orqali amalga oshiriladi. O‘z navbatida bu siyosat o‘zining uch yo‘nalishiga egadir:
1. Turli xil sohalardagi yuqori darajali konferensiya va ilmiy seminarlarning tashkil qilinishi. Bu tadbirlarga Singapur hukumati alohida e'tibor bilan qaraydi, dunyoning eng mashhur siyosatchilari, iqtisodchilari, olimlari va sotsiologlari ushbu kichik shahar-davlatda uchrashadilar. O‘z-o‘zidan so‘ngi 10 yil ichida Singapur yuqori doiradagi samarali uchrashuvlar va munosabatlar, aloqalar o'rnatish joyiga aylandi.
2. Singapurdagi dam olish va ko‘ngilochar maskanlarga asos solinishi va dunyoning turli mamlakatlaridan yuqori mavqeili mijozlarning mamlakatga oqib kelishi. Bu bilan Singapur nafaqat katta miqdordagi mablag‘larni o‘ziga jalb qiladi, balki dunyo hamjamiyati uchun madaniy hordiq maskaniga aylanib bormoqda.
3. 2005-yildan buyon Singapur ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratmoqda. Hozirda mamlakat universitetlari dunyoning eng yaxshi universitetlari elliktaligiga kirishga ulgurdi va Singapur chet-el talabalarini o‘ziga jalb qiladigan muhim markazlardan biriga aylandi.
Bundan tashqari oliy ta'lim sohasida yangi metodlarni ishlab chiqilishi mamlakat universitet tizimini dunyoning ko‘pchilik mamlakatlariga eksport qilinishiga olib kelindi, jumladan O‘zbekistonda ham Singapur bilan hamkorlikda menedjment instituti ochilgan.
Dunyo iqtisodining yaqin kelajakda G‘arbdan Osiyoga siljishi Singapur uchun kelajakda yanada kengroq rivojlanish yo‘llarini ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirda esa mamlakat allaqachon o‘zining global ta'sirini kuchaytirish uchun poydevorni qurib bo‘ldi desak adashmaymiz.
39 viewsAzimjon Pulatov, 13:00
Ochish/sharhlash
2023-02-15 20:24:48 AlyoR juda nozik nuqtalarni ushlabdi, " Nega Diplom uchun
"Gonka" " to'liq versiyasini eshitmoqchi bo'lganlar bormi?
18 viewsAzimjon Pulatov, 17:24
Ochish/sharhlash
2023-02-15 16:00:22 Dunyoda shunday mamlakatlar borki ular demografik jihatdan ham va yer maydonlarining kattaligi bo‘yicha ham katta ahamiyat kasb etmaydilar, lekin ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirlari global ahamiyatga ega. Bugungi postimiz ana shunday davlatlar ro'yxatini birinchi o'ntaligini sizlarning e'tiboringizga havola qiladi.
1. Vatikan

Vatikan o‘zining jahon diplomatiyasiga ta'siri jihatdan dunyoda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Davlatning bu mavqei uning tarixi va diniy roli bilan uzviy bog‘liqdir. Dastlab, Vatikan davlatini dunyoning eng qadimgi mamlakatlardan biri ekanligini unutmaslik lozim, davlatga 754-yilda asos solingan. Papalik o‘zining ilk rasmiy diplomatik bayonatlarini XI-asr oxirlariga kelib e'lon qilishni boshlaydi. Qirolliklardagi Vatikanga bo‘ysunuvchi cherkovlardagi yepiskop va ruhoniylar mavjud mamlakatlarning ichki hamda tashqi siysatlariga katta ta'sir ko‘rsatar edi. Shuningdek Papalar qirolliklarning orasidagi manfaat to‘qnashuvlari, urushlar va qarindoshlik munosabatlarini o‘rnatilishida siyosiy dallol sifatida ishtirok etgan. Yevropada uyg‘onish davrining boshlanishi hamda protestonizmning kuchayishi bilan Vatikan asta sekin o‘zining ta'sirini yo‘qota bordi. Bir tomondan bu Vatikan cherkovlarining mahalliy hokimiyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sirini yo‘qotgan bo‘lsa, boshqa tomondan Vatikanni diplomatik qobilyatini tobora takomillashtirishiga va zamon bilan hamnafas siyosat olib borishiga turtki bo'ldi.
Mamlakat 44 gektar hududda joylashgan, aholisi 1000 kishiga yaqin. Demak Vatikan mamlakatining halqaro maydondagi qudrati uning hududining kattaliga, demografiyasi, iqtisodi yoki resurslarning ko‘pligi bilan emas balki uning diniy-madaniy va diplomatik ta'siri bilan belgilanadi. ma'lumotlarga qaraganda dunyoda o‘zini rasman katolik deb tan olgan 1 mlrd 100 million kishi bo‘lib,(P/s 2014-yilgi ma'lumot) Papa ushbu kishilarga bevosita ta'sir o'tkaza oladi. Bundan tashqari, Xristian dunyosining boshqa mazhablari va katoliklar soni kichik bo‘lgan boshqa din a'zolari asosiy ko‘pchilikni tashkil qilgan mamlakatlar ham Vatikan ta'siridan mustasno emas.

Kanaldan manfaat olmasangiz qolishingizni tavsiya qilmaymiz..
24 viewsAzimjon Pulatov, 13:00
Ochish/sharhlash
2023-02-15 15:59:03 Bilaman kanalda ko'pchilik dangasaroq (hazil). Ma'lumot juda ko'p bo'lib ketarkan har bitta davlat haqida alohida post qilib joylab boramiz hozir esa 1-postni o'qiymiz.
24 viewsAzimjon Pulatov, 12:59
Ochish/sharhlash
2023-02-15 15:15:52 Kanal juda sustlashdi-a? Do'stlar bugun 18:00da "Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega 10davlati" Mavzusida post joylanadi...
25 viewsAzimjon Pulatov, 12:15
Ochish/sharhlash
2023-02-13 19:08:18 #Iqtibos

Qo'lingdan kelmaydigan ishga va‘da berma, qo'lingdan keladigan ishga ham va‘da berma.
Qo'lingdan kelmaydigan ishga va‘da bersang uyatga qolasan, qo'lingdan keladigan ishni esa va‘da bermasdan ham bajarsa bo'laveradi.

O'tkir Hoshimov
Daftar hoshiyasidagi bitiklar asaridan
28 viewsAzimjon Pulatov, 16:08
Ochish/sharhlash
2023-02-08 21:16:23
Bilby
18 viewsAzimjon Pulatov, 18:16
Ochish/sharhlash
2023-02-06 08:42:47
«Фақат менми еб юбораётган?
Бизни ишда ҳамма ўғри»

Курсида ўтириб «пулларни туя» қилаётган баъзилар ҳақида экан...

@qorqmauzb
32 viewsAzimjon Pulatov, 05:42
Ochish/sharhlash