Get Mystery Box with random crypto!

O'qing ammo yig'lamang.. Bolaligimizda 'yo'q' lar ko'p edi, | Qora kundalik..

O'qing ammo yig'lamang..


Bolaligimizda "yo'q" lar ko'p edi, nima istasak yo'q deyishardi. Ota onamiz qiyinchilik davrida katta bo'lishgan.

Bir kuni dadam sizlarga yangi shim olib kelaman dedilar. Biz juda xursand edik, "yo'q"larga o'rgangan quloqlarga juda yoqimli eshitildi bu, uch aka singil qishloq tashqarisiga chiqdik, qo'llarimizni iyagimizga qo'yib hayol sura boshladik. Raisning o'g'liga o'xshab biz ham yangi shim kiyamiz..
Men uchinchi sinfga borardim, singlim birinchi ukam esa 5yoshda edi.
O'sha payt uzoqdan avtobus ko'rindi. Orqasidan chang qo'zg'atib kelyapti. Dadam paketni ochdilar. Men xohlagan qora shim, oq yoqalik kiyim va kalish singlimga ham lekin havas bilan kutgan ukam hayron paketni rosa titdi, umid bilan dadamga qarab menga yo'qmi dedi.
"o'g'lim kelasi safar senga ham albatta olib kelaman dedilar.."
-Lekin men rosa kutayotgan edim dedi va yig'lab xonaga kirib ketdi. Dadamning ham ko'zlariga yosh kelganini payqadim.
Men ertalab maktabga ketdim, kelganimda ukam menga qarab:
Akajon, sizga shim rosa yarashibdi, men ham bir marta kiyib ko'rsam bo'ladimi?
Yo'q bo'lmaydi kir qilib qo'yasan - dedim, rosa xohlab zo'rg'a erishgandim axir, ikkinchi uchinchi kun ham rosa yalindi bermadim
To'rtinchi kun ham oldimga kelib Akajon bu oyoq kiyim sizga rosa yarashibdi shim ham, menga ham yarashsa kerak-a? dedi
Senga to'g'ri kelmaydi uzun bu dedim bahona qilib
- shimarib kiyaman
Yo'q kir qilib qo'yasan
Gilamni ustida kiyaman
Iltimos, 5daqiqa xolos dedi ukam
Bo'pti ertaga darsdan kelib berib turaman faqat 5daqiqaga
Kechqurun birga yotibmiz ukam sekingina meni turtib:
Fikringizdan qaytmadingiza aniq berib turasizmi dedi
Ha beraman dedim
Ertalab maktab ketayotganimda ukam:
Akajon bugun vaqtliroq keling meni sizni eshik oldida kutaman dedi..
3-darsda eshigimiz ochildi, direktorimiz kirib kelib o'qituvchimizga nimadir deb shivirladi, "Alijon bolam sen uyingga boraqol dadang chaqiryapti seni" dedi. Maktabdan chiqdim, qishloqdagilar negadir bizni uyimizga qarab ketishyapti, 9yoshdaman hech narsaga aqlim yetmayapti, ukam eshik oldida kutmoqchi edi ko'rinmaydi. Butun qishloq bizni hovlida, onam dod solib yig'lardi..
Traktorchi amaki hovlimiz yonidan o'tayotganida ukamni ko'rmay qolibdi, meni kelishimni kutayotgan bolakay traktor tagida jon beribdi. Otam mehr ko'rmagani bois bizga ham mehr bera olmadi, bizni yaxshi ko'rardi ammo ko'rsata olmasdi, ukamni bag'rilariga bosdi va "O'g'lim seni mozorga emas, bozorga olib bormoqchi edim tur o'g'lim bozorga boramiz" deya ko'zlaridan shashqator yosh oqdi. Hech bir ota farzandi o'ligi ustida yig'lamasin ekan. Bu voqeani eslasam yuragim uvishadi. Farzandlaringizga mehrliroq bo'ling balki o'shanda ular, siz bermagan mehrni telefondan qidirishmas....
1971-yil.