Get Mystery Box with random crypto!

Tarixdan sirlar

Telegram kanalining logotibi tarixdan_sirlar — Tarixdan sirlar T
Telegram kanalining logotibi tarixdan_sirlar — Tarixdan sirlar
Kanal manzili: @tarixdan_sirlar
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.91K
Kanalning ta’rifi

Admin: @Navruz_Khodjayev
Reklama xizmati:
@tarixdan_sirlar_reklama
Kanal VP qabul qilmaydi!

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-01-01 15:35:40
1922-yildagi innovatsiya! Quloqchinli portativ radio. Uskunani silindr ichiga joylash va sayr vaqtida bemalol radio eshitib, zavqlanish mumkin bo'lgan.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
3.7K views12:35
Ochish/sharhlash
2022-01-01 10:31:06 Izohlarni shu yerga yozishingiz mumkin
4.1K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-01-01 10:30:32 ​​Leo Frank sudi

Frank Leo 1913-yilda 13 yashar Meri Feganni zo'rlash va o'ldirish ayblovi bilan ayblanib, sudlanadi va o'limga hukm qilinadi. Keyinchalik esa gubernator tomonidan bu jazo umrbod qamoq jazosiga o'zgartiriladi. Bundan g'azablangan odamlar esa uni qamoqxonadan o'g'irlab ketishadi va o'zlari "samosud" qilib, osib o'ldirishadi.

Bu ish boshidan juda shubhali bo'lgan. Sud Leoni ayblash uchun hech qanday dalil topa olmagan, sud qarori chiqishiga sabab esa yagona guvoh, Leoning qora tanli ishchisi Jim Konli bo'lgan. Ba'zi mutaxassislar bu ishda Konlining o'zini aybdor deb hisoblashgan. Bunga sabab esa, Leoning fabrikasida ishlagan Mann ismli bolakay bo'lgan. U uzoq yillardan so'ng, 82 yoshida, sudga ko'rsatma bergan. U bolalik paytida Konli fabrikada qizning jasadini sudrab borayotganini ko'rganini, lekin Konli unga o'lim bilan tahdid qilgani uchun hech kimga ayta olmagani haqida aytgan. U yolg'on detektoridan ham o'tgan. Mann shu yo'l bilan o'limidan oldin vijdon azobidan qutulmoqchi ekanini aytgan. Uning ko'rsatmasiga asoslanib, sud Leoni oqlab hukm chiqargan.
Xo'sh, Leodan bu paytda olomon nega darrov shunchalik darg'azab bo'ldi? Gap shundaki, Leo Frank yahudiy edi va bu paytda AQSH da antisemitizm (yahudiylarga qarshi harakat) avj olgan bo'lib, olomon Leoning aybdorligiga darrov ishongan va uni "samosud" qilishgan.

P.s. endi aslida kim aybdorligini 100% aniq aytishning imkoni yo'q, lekin ba'zan nafrat insonlarni ko'zini ko'r qiladi va jahl ustida noto'g'ri qarorlar qabul qilishi mumkin. Shuning uchun nafratni bir chekkaga surib qo'yib, sog'lom aql bilan xulosa chiqarishni o'rganishimiz lozim.


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.2K viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash
2022-01-01 08:19:40
"Toyota" kompaniyasi asoschisi Sakiti Toyoda ishlab chiqarishga "beshta nega?" qoidasini kiritgan odam hisoblanadi. Bu qoidani hayotimizda ham qo'llasak bo'ladi va u bilan hayotimiz yanada samaraliroq o'tib, foydasiz narsalarga chalg'imaymiz. Hozir shu qoidaga bitta misol keltiramiz:

1. Menga iPhone 13 Pro Max kerak.
Nega kerak? - chunki men hammani hayratlantirmoqchiman.

2. Nega men hammani hayron qoldirmoqchiman?
Chunki menga hamma e'tiborini qaratishini xohlayman.

3. Nega menga hamma e'tibor qaratishini xohlayman?
Chunki meni o'zimga ishonchim yo'q.

4. Nega meni o'zimga ishonchim yo'q?
Chunki men o'z sohamga uncha yaxshi tushunmayman.

5. Men nega o'z sohamga yaxshi tushunmayman?
Chunki bu ish menga yoqmaydi va men uni yaxshiroq o'rganishni xohlamayman.

Endi savol: bunga iPhone 13 Pro Max ning nima aloqasi bor


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.9K views05:19
Ochish/sharhlash
2021-12-31 12:03:10
AQSH ning bir qancha shtatlarida 1970-yillargacha "Ugly Law" ("Badbasharalar to'g'risidagi qonun") amalda bo'lgan. Bu qonun XIX asrda qabul qilingan bo'lib, tashqi ko'rinishida nuqsoni borlar, ya'ni qaysidir tana a'zosi anomal ko'rinishda rivojlanganlar ommaga ko'rinish berishi taqiqlangan bo'lgan. Chikagoda bu qonun 1911-yilda kuchga kirgan bo'lib, unda shunday so'zlar yozilgan edi: "Nogironlar, majruhlar va tashqi ko'rinishi boshqalarda jirkanish tuyg'usini uyg'otadigan insonlar, jamoat joylarida ko'rinishi taqiqlanadi. Agar ushbu qonun buzilsa, 1 dollardan 50 dollargacha jarima belgilanadi". Bu qonun Chikagoda 1974-yilgacha amalda bo'lgan.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
3.5K views09:03
Ochish/sharhlash
2021-12-31 07:04:08
@Tarixdan_sirlar kanali sizni yangi yil bilan yana bir bor tabriklaydi!

Bitta buyuk shifokor aytganidek, oyoqni doim issiq tuting


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.1K views04:04
Ochish/sharhlash
2021-12-31 06:32:45
Yaponlar II jahon urushida misli ko'rilmagan shafqatsizlikka qo'l urganlar. Yaponlar natsistlar o'ldirgan yevreylardan bir qancha ko'p miqdordagi xitoyliklarni qirib tashlashgan.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.1K views03:32
Ochish/sharhlash
2021-12-30 07:07:15
Umuman olganda, 2021-yil kanalimiz uchun yomon o'tmadi! Kanalimizdagi ko'rishlar soni 12.941.164 ta ekan. Menimcha, bu yomon natija emas. Yil oxiriga borib, kanalga e'tiborim biroz susaydi, chunki boshqa ishlarim ko'payib ketib, kanalga uncha ko'p vaqt ajrata olmadim, lekin yangi yilga rejalarimiz ulkan! Yangi yildan sizni yangi ma'lumotlarga ko'mib tashlashga harakat qilamiz! Sizlar bilan birga men ham ancha narsalarni o'rgandim va nasib qilsa, yana birgalikda o'rganishda davom etamiz! Yangi yilda safimiz yanada kengayishiga umid qilamiz! Biz bilan qolganingiz uchun rahmat!!!

@tarixdan_sirlar kanali sizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrillaydi! 2022-yil barchamiz uchun samarali o'tishiga tilakdoshman
4.0K views04:07
Ochish/sharhlash
2021-12-30 06:42:32
21.12.1913 - shu sanada "New York World" gazetasida tarixda ilk bor krossvord chop qilingan. Birinchi krossvordni Artur Uinn tuzgan deb tan olinadi. Aslini olganda, bundan oldin ham krossovordlar bo'lgan, lekin hozirgiga o'xshash bo'lgan krossovordlarni Artur Uinn yaratgan.

P.s. oldinlari ko'pchilik krossovordlar yechishni yaxshi ko'rardi, lekin keyinchalik ularni juda osonlashtirib tashlashdi va savollari ham ko'p takrorlanaveradigan bo'lib qoldi. Shaxsan meni o'zim shuning uchun krossvord yechishni tashlab yuborganman. Sizchi, krossovord yechib turasizmi?


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.1K views03:42
Ochish/sharhlash
2021-12-27 13:21:03
"Britaniya" muzeyidagi "Tutanxamon xazinasi" ko'rgazmasiga kirish uchun navbat. London, 1972-yil.

P.s. odamlar xazina desa o'zini tomdan tashlaydi


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
3.6K views10:21
Ochish/sharhlash