Get Mystery Box with random crypto!

'Toyota' kompaniyasi asoschisi Sakiti Toyoda ishlab chiqarishg | Tarixdan sirlar

"Toyota" kompaniyasi asoschisi Sakiti Toyoda ishlab chiqarishga "beshta nega?" qoidasini kiritgan odam hisoblanadi. Bu qoidani hayotimizda ham qo'llasak bo'ladi va u bilan hayotimiz yanada samaraliroq o'tib, foydasiz narsalarga chalg'imaymiz. Hozir shu qoidaga bitta misol keltiramiz:

1. Menga iPhone 13 Pro Max kerak.
Nega kerak? - chunki men hammani hayratlantirmoqchiman.

2. Nega men hammani hayron qoldirmoqchiman?
Chunki menga hamma e'tiborini qaratishini xohlayman.

3. Nega menga hamma e'tibor qaratishini xohlayman?
Chunki meni o'zimga ishonchim yo'q.

4. Nega meni o'zimga ishonchim yo'q?
Chunki men o'z sohamga uncha yaxshi tushunmayman.

5. Men nega o'z sohamga yaxshi tushunmayman?
Chunki bu ish menga yoqmaydi va men uni yaxshiroq o'rganishni xohlamayman.

Endi savol: bunga iPhone 13 Pro Max ning nima aloqasi bor


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar