Get Mystery Box with random crypto!

Tarixdan sirlar

Telegram kanalining logotibi tarixdan_sirlar — Tarixdan sirlar T
Telegram kanalining logotibi tarixdan_sirlar — Tarixdan sirlar
Kanal manzili: @tarixdan_sirlar
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.91K
Kanalning ta’rifi

Admin: @Navruz_Khodjayev
Reklama xizmati:
@tarixdan_sirlar_reklama
Kanal VP qabul qilmaydi!

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-14 09:40:25
Dante Aligyerining “Ilohiy komediya” asariga ko‘ra, do‘zaxning sakkizinchi davrasidagi gunohkorlar boshlari orqaga – ya’ni 180 gradusga qaratib qo'yilgan.

Diqqat savol: Bu gunohkorlar kimlar?
4.3K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-07-14 06:59:09
Hindistonning Apatani xalqida 1970-yillargacha ayollarning burniga yog‘och tiqin tiqish an’anasi mavjud edi.

Apatanilarning ayollari bir paytlar bu hududda eng go'zal ayollar bo'lishgan va ularni boshqa qabilalarning erkaklari o'g'irlab ketishidan himoya qilish uchun ularning husni ataylab shu tarzda buzilgan ekan.


P.s. go'zallik qurbonlik talab qiladi)

Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.4K views03:59
Ochish/sharhlash
2022-07-13 05:54:30
Mashhur o'rta asr rivoyatiga ishlangan karikatura: bir zodagon kelajakda qiladigan gunohini kechirish uchun Dominikalik rohib Iogan Tetzeldan indulgentsiya sotib oladi.

Tetzel to'lovni hoziroq to'lash sharti bilan unga indulgensiya sotadi. To'lovni to'lagandan so'ng, zodagon rohibni kaltaklab, bor-budini shilib oladi va bu o'sha kelajakda qilmoqchi bo'lgan gunohi ekanligini aytadi.


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.6K views02:54
Ochish/sharhlash
2022-07-12 18:40:30
Qadimgi gravyurada nega ingliz afrikalikni yalayabdi?

Qul o'sha davrlarda juda arzon bo'lmagan va qul egasi uning sog'lom ekanligiga va uni olib ketish paytida boshqa qullarga ham kasallik yuqtirmasligiga ishonch hosil qilishi kerak bo'lgan.

Bir versiyaga ko'ra, qulning terini ta'mi orqali uning tropik bezgakka chalingan yoki chalinmaganini aniqlashgan.

Boshqa versiyaga ko'ra ("Freaking" kitobi), terning sho'rligi qul tanasining tashnalikka dosh berish qobiliyatini aniqlashda yordam bergan. O'sha davrda qullarning aksariyati suvsizlanishdan yo'lda vafot etar edi.


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.4K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-07-12 14:31:01
Sfinksning burnini Napoleon askarlari "sindirmagan"

Napoleon askarlari sfinksga to'plardan o'q uzganlari rost, lekin bu vaqtga kelib haykal allaqachon shikastlangan edi. Chunki 1737-yilgi Sfinksning surati mavjud bo'lib, unda sfinksning burni allaqachon yo'q. Tarixda unga zarar yetkazmoqchi bo'gan faqat bitta insonning nomi saqlanib qolgan - Saim al-Dahr. Diniy mutaassib bo'lgan Saim 1378-yilda haykalni yo‘q qilishga uringani haqida manbalar mavjud. Ammo Saim unga qanchalik zarar yetkazgani haqida ma'lumot mavjud emas.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.3K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-07-12 11:18:01
Penitsilinning tasodifan kashf etilishi

Aleksandr Fleming bir necha kun davomida stafilokokk bakteriyalari bo‘lgan flakonni qarovsiz qoldiradi. Bir necha kundan keyin esa, unda mog'or qo'ziqorinlari o'sib, bakteriyalarni yo'q qila boshlaganiga guvoh bo'ladi. Shundan so'ng Aleksandr Fleming undan faol modda - penitsillinni ajratib oladi.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.6K views08:18
Ochish/sharhlash
2022-07-12 08:11:55
Plashov konslageri komendanti Amon Gyotning qatl etilishi. U o'sha mashhur - balkondan turib, snayper vintovkasi orqali konslager mahbuslarini otishni yaxshi ko'radigan ofitser.

Bu personajni qaysi filmda ko'rgansiz?


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
4.7K views05:11
Ochish/sharhlash
2022-06-27 10:01:52
Kunlarning birida Fransiya qiroli Filipp VI o‘z saroy a’yonlarini yig‘ib, nega soliq tushumlari g‘aznaga kam tushayotganini so‘raydi. Saroy a’yonlari jim qolishdi. Shunda saroy masxarabozi muz bo'lagini olib, uni a'yonlardan biriga beradi va muzni davradagi barcha amaldorlar qo'llarida bir qator aylantirib chiqishini so'raydi. Muz qirolga yetib borgach, uning qo‘lida deyarli hech narsa qolmagandi. Shunda masxaraboz: "Hamma sabab shu!", - degan ekan.
9.0K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-06-27 06:46:08
Fransiyaning dunyoning moda markaziga aylanishi

XVII-XVIII asrlarda hukmronlik qilgan fransuz qiroli Lyudovik XIV shunchaki moda ishqibozi bo'lmagan. U moda Fransiya iqtisodiy qudratinining muhim qismi deb hisoblagan. U mahalliy to'qimachilik sanoatini qo'llab-quvvatlashga katta miqdorda sarmoya kiritgan va xorijliklar bu sohada ulardan o'tib ketishiga yo'l qo'ymagan. Lyudovik va uning moliya vaziri Jan-Batist Kolbert Perudagi oltin konlari Ispaniya uchun qanday foyda olib kelsa, moda Fransiya uchun undan kam bo'lmagan miqdorda foyda olib keladi deb hisoblagan. O'sha davrlardan boshlab Fransiya jahon moda markaziga aylangan.

P.s. Lyudovikni haq ekanini hozirgi zamon ham ko'rsatmoqda.

"Chanel", "Christian Dior", "Louis Vuitton", "Hermes"..... Bu brendlarning bari Fransiyaga tegishli.


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
7.9K viewsedited  03:46
Ochish/sharhlash
2022-06-21 10:16:01
Izabellaning shaxmatga ta'siri

Shaxmatdagi malika (farzin) dastlab kuchsiz figura edi - u diagonal bo'yicha faqat bitta katak harakat qila olardi. Ispaniya qirolichasi Kastiliyalik Izabella (1451-1504) Yevropaning eng kuchli hukmdorlaridan biriga aylanganidan keyin bu qoida o‘zgargan. Endi shaxmatdagi qirolicha dioganal bo'yicha istalgancha katakka yurishi mumkin bo'lgan.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar
9.1K views07:16
Ochish/sharhlash