Get Mystery Box with random crypto!

​​Leo Frank sudi Frank Leo 1913-yilda 13 yashar Meri Feganni | Tarixdan sirlar

​​Leo Frank sudi

Frank Leo 1913-yilda 13 yashar Meri Feganni zo'rlash va o'ldirish ayblovi bilan ayblanib, sudlanadi va o'limga hukm qilinadi. Keyinchalik esa gubernator tomonidan bu jazo umrbod qamoq jazosiga o'zgartiriladi. Bundan g'azablangan odamlar esa uni qamoqxonadan o'g'irlab ketishadi va o'zlari "samosud" qilib, osib o'ldirishadi.

Bu ish boshidan juda shubhali bo'lgan. Sud Leoni ayblash uchun hech qanday dalil topa olmagan, sud qarori chiqishiga sabab esa yagona guvoh, Leoning qora tanli ishchisi Jim Konli bo'lgan. Ba'zi mutaxassislar bu ishda Konlining o'zini aybdor deb hisoblashgan. Bunga sabab esa, Leoning fabrikasida ishlagan Mann ismli bolakay bo'lgan. U uzoq yillardan so'ng, 82 yoshida, sudga ko'rsatma bergan. U bolalik paytida Konli fabrikada qizning jasadini sudrab borayotganini ko'rganini, lekin Konli unga o'lim bilan tahdid qilgani uchun hech kimga ayta olmagani haqida aytgan. U yolg'on detektoridan ham o'tgan. Mann shu yo'l bilan o'limidan oldin vijdon azobidan qutulmoqchi ekanini aytgan. Uning ko'rsatmasiga asoslanib, sud Leoni oqlab hukm chiqargan.
Xo'sh, Leodan bu paytda olomon nega darrov shunchalik darg'azab bo'ldi? Gap shundaki, Leo Frank yahudiy edi va bu paytda AQSH da antisemitizm (yahudiylarga qarshi harakat) avj olgan bo'lib, olomon Leoning aybdorligiga darrov ishongan va uni "samosud" qilishgan.

P.s. endi aslida kim aybdorligini 100% aniq aytishning imkoni yo'q, lekin ba'zan nafrat insonlarni ko'zini ko'r qiladi va jahl ustida noto'g'ri qarorlar qabul qilishi mumkin. Shuning uchun nafratni bir chekkaga surib qo'yib, sog'lom aql bilan xulosa chiqarishni o'rganishimiz lozim.


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar