Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

Telegram kanalining logotibi talimiyuz — Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar T
Telegram kanalining logotibi talimiyuz — Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar
Kanal manzili: @talimiyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.41K
Kanalning ta’rifi

▪️Ta'limga oid eng so‘nggi xabarlar kanali
▪️Reklama: @EduElonuz
▪️Murojaat: @Talimiyuzbot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-02-26 16:45:26 Sinf rahbarga qiyin

Ko‘rmay qoldi halovat,
Qolarmikan salomat,
Davomat hoy davomat,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Asab tarang,g‘ij miya,
Kayfiyat qiya-qiya,
Har kuni komissiya,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ichda odam olasi,
Darsga kelmas bolasi,
,,Repetitor" balosi,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ishlarning yo‘q poyoni,
Makka, sabzi bir yoni,
G‘o‘zapoya sezoni,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
--Nechta kepti,qani,ho‘sh,
Sinf xona yarmi bo‘sh,
--Bola olib kelib qo‘sh,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Bechora sho‘r peshona,
,,Chopar"u yon bu yona,
Gap uqmas ota -ona,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Keng dunyosi bo‘lib tor,
Gap eshitar tong,noxor,
Bariga u aybdor,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Qizil,yashil, hur maktab,
Kel og‘zimga ur maktab,
,,Tayyorlovga sur maktab",
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ko‘rmaydi hech halovat,
Davlena ming harorat,
Qolarmikan salomat,
Sinf rahbarga qiyin.

Xurshid Karim

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
39.8K views13:45
Ochish/sharhlash
2024-02-25 11:03:26Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, ta’lim tizimida xususan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

2024 yil yakunigacha 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, shu jumladan oilaviy bog‘chalarni tashkil etish;

518 ta maktabni rekonstruksiya qilish va 30 ta maktabni yangidan barpo etish va bu orqali 175 ming o‘quvchi o‘rnini yaratish;

maktablar uchun 131 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblarini yaratish;

olis va chekka hududlarda joylashgan 100 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish;

nodavlat umumta’lim tashkilotlari sonini 470 taga yetkazish.

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
19.7K views08:03
Ochish/sharhlash
2024-02-25 09:04:23 Ingliz tili o‘qituvchilari uchun ajoyib yangilik

Ingliz tilidan boshlang‘ich sinflarga kirganingizda “Guess what” darsligini o‘rgatishga qiynalasiz.

Bunga ajoyib yechim ishlab chiqildi! Endilikda siz monitor yoki kompyuterdan kitobning video slayd shaklini qiziqarli tarzda o‘tishingiz mumkin!

"Guess what” darsligi asosida boshlangʻich sinflar uchun har bir mavzu yuzasidan METODIK SLAYDLAR tayyorlandi

Eng yaxshi tomoni AUDIOlari bilan tuzib chiqildi

Barcha 1,2,3,4 - Sinflar umumiy narxi atiga: 24 ming soʻm

Hoziroq murojaat qiling: @Audioslaydbot

@Audioslaydbot
17.3K views06:04
Ochish/sharhlash
2024-02-25 06:30:35
Mart oyida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar umumiy 13 kun, 6 kun ishlaydiganlar umumiy 9 kun dam oladi

Navro‘z bayramida barcha xodimlar ketma-ket 4 kun (21-22-23-24 mart), 8 mart munosabati bilan esa 5 kunlik ish haftasi ishchilari 3 kun (8-9-10 mart) dam oladi. 9 mart kuni 6 kunlik ish haftasi ishchilari uchun ish kuni bo‘ladi.

Shunday qilib, mart oyida yakshanba kunlarini hisobga olgan holda haftasiga 5 kun ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari 13 kun, 6 kun ishlaydiganlar esa 9 kun dam oladi.

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
24.9K views03:30
Ochish/sharhlash
2024-02-24 17:00:24TARBIYA

Qadimda uch mergan ustoz oralarida kim ta’lim berishda ilg‘orligini aniqlamoqchi bo‘lishibdi. Uchalasi ham bittadan shogirdlarini chaqirishibdi. Har bir shogird o‘z ustoziga tosh otib, bu san’atni qanchalar o‘zlashtirganini namoyish etishi kerak ekan. Birinchi ustoz shogirdi otgan toshlarga epchillik bilan chap beribdi. Ikkinchi ustoz otilgan toshlarni ustalik bilan shogirdiga qaytaribdi. Uchinchi ustozning shogirdi qancha majburlashmasin ustoziga tosh otishdan bosh tortibdi. Shunda xolis hakamlar shu uchinchi ustoz-shogirdni g‘olib deb topishibdi. Qolgan ikki ustoz norozi bo‘lib:
- Axir, ular tosh otish san’atini ko‘rsatib berishmadi-ku!-debdi.
- To‘g‘ri, - debdi hakam - lekin u shogirdini ustoziga tosh otmaydigan qilib tarbiyalabdi…

P.S. Unutmang, ma’naviy tarbiya jismoniy tarbiyadan ustundir.

Ota-onasi va ustozini e’zozlagan inson yuksalishi muqarrar!

Ruhiybarkamollik

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
43.2K views14:00
Ochish/sharhlash
2024-02-23 15:31:57 Bir kun kelar...

Bir kun kelar, domlalar qadri
Tog‘ bo‘ladi, osmon bo‘ladi.
Bizga kulgan odamlar dardi
Dil tubida armon bo‘ladi.
※※※
Bir kun kelar, muallim sho‘rlik
Sanab yurmay tiyinlarini,
Daftar, kitob tutar harbiylar,
Tashlab chipor kiyimlarini.
※※※
Bir kun kelar, mashina olar
Domla oylik moyonasiga.
Muallima qirq savat solar
Quda tomon to‘yonasiga.
※※※
Muallimlar ta’til puliga
Qiz chiqarib, o‘g‘il uylaydi.
Uylanmagan bo‘ydoq domlalar
Qiz tanlashga cho‘chib turmaydi.
※※※
Bir kun kelar, g‘am chekmas hech kim
Tushligiyu yo‘l kirasiga.
Dam olishga borar domlalar
Ovro‘paning Fransiyasiga.
※※※
Bir kun kelar, domlani hamma
Qadri baland zot deb biladi.
Go‘daklar ham prokurorlikmas,
Domlalikni orzu qiladi.
※※※
Qachon kelar o‘sha kun?-dersiz,
Sabr qiling, sal shoshmay turing.
O‘sha kunlar yetib kelguncha
Qadringizni ehtiyot qiling!
Qalbingizni ehtiyot qiling!

Abdulla Oripov

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
39.2K views12:31
Ochish/sharhlash
2024-02-23 14:40:02 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 27.06.2023 yildagi 190-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yo‘riqnomalari

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
19.6K views11:40
Ochish/sharhlash
2024-02-22 13:05:152024 yilning muhim sanalari

1 yanvar – Yangi yil bayrami

8 yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

27 yanvar – Xalqaro bojxona xodimlari kuni

9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun

21 fevral – Xalqaro ona tili kuni

1 mart – O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kun

2 mart – O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilo­ti (BMT)ga a’zo bo‘lgan kun

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

21 mart – Navro‘z – umumxalq bayrami

22 mart – Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun

5 aprel – Davlat xavfsiz­ligi xizmati kuni

9 aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

18 aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodim­lari kuni

1 may – Favvoralar sayli kuni

9 may – Xotira va qadrlash kuni

15 may – Xalqaro oila kuni

18 may – Xalqaro muzeylar kuni

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

5 iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

14 iyun – Xalqaro donorlar kuni

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodim­lari kuni

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

20 iyul – Xalqaro shaxmat kuni

4 avgust – Temiryo‘lchilar kuni (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasi)

11 avgust – Quruvchilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi)

31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi milliy bayrami – Musta­qillik kuni

16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni

27 sentyabr – Xalqaro sayyohlik kuni

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

18 oktyabr – Samarqand shahri kuni

21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni

10 noyabr – Tibbiyot xo­dimlari kuni (har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi)

14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurashish kuni

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi)

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun

22 dekabr – Energetika xodimlari kuni

@TalimiyUz - oid xabarlar kanali
33.7K views10:05
Ochish/sharhlash