Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

Telegram kanalining logotibi talimiyuz — Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar T
Telegram kanalining logotibi talimiyuz — Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar
Kanal manzili: @talimiyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.41K
Kanalning ta’rifi

▪️Ta'limga oid eng so‘nggi xabarlar kanali
▪️Reklama: @EduElonuz
▪️Murojaat: @Talimiyuzbot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-03-08 05:01:07
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni!

Barcha moʻtabar onajonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, go‘zallikda tengsiz qizlarimizni bayramlari bilan tabriklaymiz!

Baxtimizga har doim sog‘-omon bo‘lishlaringizni tilaymiz!

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
24.9K views02:01
Ochish/sharhlash
2024-03-06 10:36:33 ​​ OʻQITUVCHILAR HAQIDA HAQIQATLAR

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga ta'lim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik--bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik--bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-"Darsimda pashsha uchsa bilinadi"-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Timur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

--Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida.Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning mas'uliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini "tashlab" yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat,yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uning-ku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz--ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda a'lochi bo'lishlari uchun ko'mak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat ta'lim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi.Shogirdlariga ta'lim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra,shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

BARCHAGA ULASHING

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
24.0K views07:36
Ochish/sharhlash
2024-03-05 19:32:45O‘qituvchilar nega kasal bo‘ladi?

Shifokorlar o‘qituvchilarni kasbiy kasalliklarga olib boradigan bir nechta sabablarni qayd etishgan:

1) So‘zlashishdagi ortiqcha yuk.
Inson har kuni o‘rtacha 16 mingta atrofida so‘z ishlatar ekan. O‘qituvchilarda esa bu ko‘rsatkich bir necha barobar ko‘p. Ular “Xayrli kun, bolalar, daftarlarni olamiz” deyishdan boshlab “Endi uy vazifasini yozib olamiz” degunga qadar normani ortig‘i bilan bajarib qo‘yishadi. O‘quvchilar uchun bu oddiygina tovushdek tuyulsa-da, o‘qituvchi uchun juda katta yuk sanaladi.

2) Yuqori darajadagi stress va ruhiy bosim.
O‘rtacha olganda, har bir o‘qituvchi kuniga 4 soatdan dars o‘tadi. Har bir sinfda o‘rtacha 25 nafardan o‘quvchi bo‘ladi. Bu esa o‘qituvchining har kuni 100 nafar o‘quvchi bilan uzluksiz muloqotda bo‘lishini anglatadi. Bunga pedagogik kengash, ota-onalar yig‘ilishi va to‘garak mashg‘ulotlarini qo‘shadigan bo‘lsak, o‘qituvchi har kuni qanchalik ko‘p stressni boshdan kechirishi oydinlashadi. Shuningdek, kun bo‘yi muloqotda bo‘lgan har bir insonning o‘ziga yarasha hislari, kechinmalari, o‘y-fikrlari bor va o‘qituvchi bularning hammasini o‘ziga qabul qilib oladi. Hissiyotlarning bunday oqimiga kirib qolgan o‘qituvchi kun davomida qanchalik katta ruhiy bosim ostida yurishini tasavvur qilish qiyin emas.

3) Gipodinamiya yoki sodda qilib aytganda, kam harakat qilish.
“Uy-o‘qituvchilar xonasi-sinf xonasi-uy” o‘rtasidagi yugur-yugurlar ko‘p vaqt olmaydi. O‘qituvchining kunlik asosiy vaqti darsda tik turish yoki stulda o‘tirish bilan o‘tib ketadi. Shu bois oyoq qon tomirlarida muammolar yuzaga keladi.

4) Toza havoning kamligi.
Tan olish kerakki, tanaffus paytida o‘qituvchilar xonasi yoki sinf xonasini shamollatish uchun derazalarni har doim ham ochib qo‘yavermaymiz. Ayrim o‘qituvchilar yelvizakdan qo‘rqadilar yoki havo almashtirishni shunchaki unutib qo‘yadilar. Natijada mikroblar jamlangan va namlik pasayib ketgan diqqinafas xonada o‘tirib ishlashga to‘g‘ri keladi.

5) Ko‘zlarning muntazam zo‘riqishi.
Daftarlarni tungi tekshirish qanchalik ko‘p kuch talab etishini o‘qituvchilarning o‘zlari yaxshi biladilar. Telefon,kompyuterda uzoq termulib o‘tirish esa birinchi navbatda ko‘zlarga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Shu bois 40 yoshga borib-bormasdan aksariyat o‘qituvchilarning ko‘rish qobiliyati pasayib ketadi va ko‘zoynak taqishga to‘g‘ri keladi.

O‘zimizni asraylik ustozlar...
manba

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
23.7K views16:32
Ochish/sharhlash
2024-03-03 19:32:18Maktabning ichki tartib qoidalariga ko‘ra ota-onalar quyidagi talablarga rioya qilishlari kerak

Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 28 iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko‘ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.

Ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishing:

O‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

Farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

Farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

Farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

Farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

Sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

Farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

Ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
17.5K views16:32
Ochish/sharhlash
2024-03-02 11:02:09 O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida tamaki va nos chekish holatlari ko‘paygan

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi tamaki chekadi. O‘smirlarning 7,7 foizi hayotida bir marta bo‘lsa ham chekib ko‘rgan. Ota-onalardan chekmaslik borasida farzandlariga namuna bo‘lish so‘ralmoqda.

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida chekish holatlari ko‘paygani ma’lum qilindi. Bu haqda SSV ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, 18-69 yosh oralig‘idagi O‘zbekiston aholisining 16,5 foizi, shu jumladan, erkaklarning 32,9 foizi, ayollarning 0,8 foizi tamaki chekadi. Aholining 9,9 foizi tutunsiz tamaki, o‘z navbatida tutunsiz tamaki chekuvchilarning 89 foizi esa nosvoy chekadi.

Qayd etilishicha, ushbu zararli odatlar maktab yoshidagi bolalar orasida ham uchramoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi – o‘g‘il bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi. Bunda o‘smirlarning 7,7 foizi – 10 foiz o‘g‘il bolalar hamda 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta bo‘lsa ham chekib ko‘rgan.

Statistikaga qaraganda, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 7 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni ta’sirida bo‘lishadi.

Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi o‘sib borayotgan yoshlarga yanada yomonroq ta’sir qiladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari qat’iy ogohlantirmoqda.

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
13.0K views08:02
Ochish/sharhlash
2024-02-29 19:33:17Qanday holatda o'qituvchiga emaktab.uz'da bahoni vaqtida qo'ymagani uchun haq to'lanmaydi

Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.

O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.

Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:

s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).

Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi
205-sonli buyrug‘i.
18.3K views16:33
Ochish/sharhlash
2024-02-29 18:00:48
Ushbu 1530 dan ziyod ustozlar qatnashgan so'rovnomaning statistikasi sizni hayron qoldirishi aniq

Matematika ustozlarining 76%i qanday xalqaro sertifikatlari ular uchun imtiyoz berishi haqida to'liq ma'lumotga ega emas ekanlar

58% ustozlarning atrofida esa bironta ham xalqaro sertifikatga ega bo'lgan ustozlar yo'q ekan, ya'ni ular hali xalqaro sertifikat orqali 50% lik ustamaga ega bo'lish haqida eshitishmagan

93% ustozlarimizda esa xalqaro sertifikat topshirish bo'yicha juda kuchli qo'rquvlari bor ekan

Aynan shu muammolarni hal qilish uchun O'zbekistondagi xalqaro sertifikatlar bo'yicha TOP ustozlar Abbosxon Sayliev (GMAT 51/51) va Jahongir Mirzaqulov (GRE 170/170) lar 4-5-mart kunlari "GRE imtihoniga to'g'ri tayyorlanish va undan yuqori ball olish" mavzusida BEPUL MASTERKLASS tashkil etishyapti.

MASTERKLASS davomida ushbu savollaringizga javob topishingiz mumkin
GRE sertifikatini topshirishdan avval qanday ma'lumotlarni ko'rib chiqish kerak?
GRE sertifikatiga tayyorgarlik ko'rish jarayonidagi asosiy xatolar
GRE imtihonida yuqori ball olish uchun nimalar qilish kerak?

Agar sizga ham ushbu mavzular qiziq bo'lsa, pastdagi anketani to'ldirib masterklass bo'lib o'tadigan kanalga ulanib olishni unutmang

P.S. anketani to'liq to'ldirib bo'lganingizdan keyingina sizga yopiq kanalga ulanish uchun havola beriladi
https://forms.gle/BCGw3oAA92QLBtJR7
13.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-02-29 10:12:37 ​​ Emaktab.uz da sinf rahbarining vazifalari quyidagicha

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;

ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;

sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
16.6K views07:12
Ochish/sharhlash
2024-02-28 15:45:02 Loqayd oila haqida.

Otaning loqaydligi — Bolam-chaqam boshqalardan kam bo‘lmasin, ularni moddiy jihatdan ta’minlay degan niyatda tunu kun yelib-yugurish oqibatida farzandlarining tarbiyasi bilan shug‘ullanishni to‘liq ahli ayoli zimmasiga topshirib qo‘yilishida namoyon bo‘ladi.

Onaning loqaydligi — Farzandiga odob-axloq me’yorlarini o‘rgatmasligi uning istagiyu intilishiga befarq bo‘lishi, dilbandiga nisbatan onalik mehrini to‘liq namoyon etmasligida ko‘rinadi.

Farzandning loqaydligi — Ota-ona, ustoz-murabbiylar tomonidan olingan ta’lim-tarbiya, kasb-hunarni hayotga tatbiq etmasligi, o‘zining kamoloti xususida qayg‘urmasligi hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanmasligi bilan belgilanadi.

Ruhiybarkamollik

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
26.1K views12:45
Ochish/sharhlash
2024-02-27 16:10:28 O‘quvchilar qanday jazolanadi - "dunyo tajribasi"

AQSH: Eng dahshatli jazo — bu darslarga borishni taqiqlash. Amerikada maktab o‘quvchisi uchun bu fojia. Chunki yomon baho olganlar keyingi yilga qoldirib yuboriladi. Jiddiy maktab qoidabuzarliklari bilan politsiya va sud tizimi shug‘ullanadi.

Yaponiya: Kech qolish, bo‘yanish yoki formasiz darsga kirish jismoniy mehnat yoki darra bilan jazolanadi.

Germaniya: O‘quvchi darsdan qochsa, voyaga yetmaganlar xizmati aralashadi. Agar ta’lim intizomi buzilgan bo‘lsa, maktab ma’muriyati politsiyaga xabar beradi. Oyiga 3 kundan ortiq sababsiz dars qoldirganlarga 1000-2500 yevro jarima solinadi.

Janubiy Koreya: O‘qituvchi itoatsiz o‘quvchilarni jismoniy jazolash huquqiga ega. Masalan, kaftlarga kaltak bilan urishi mumkin. Buning uchun ota-onalar hech qanday e’tiroz bildira olmaydi.

Buyuk Britaniya: Dars paytida o‘quvchilarni maktab hududidan chiqarish taqiqlanadi. Shu bilan birga, ota-onalar o‘z farzandini maktabdan olib ketgani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Agar jarima 28 kunda to‘lanmasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Fransiya: Agar o‘quvchi oyda to‘rt martadan ko‘p dars qoldirsa 150 dollargacha jarima solinishi mumkin. Agar o‘qishni qoldirish bolaning ta’limiga ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ota-onalar 2 yillik qamoq jazosi va 33 ming dollardan ortiq miqdorda jarimaga tortiladi.

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali
38.9K views13:10
Ochish/sharhlash