Get Mystery Box with random crypto!

Sinf rahbarga qiyin Ko‘rmay qoldi halovat, Qolarmikan salomat | Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

Sinf rahbarga qiyin

Ko‘rmay qoldi halovat,
Qolarmikan salomat,
Davomat hoy davomat,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Asab tarang,g‘ij miya,
Kayfiyat qiya-qiya,
Har kuni komissiya,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ichda odam olasi,
Darsga kelmas bolasi,
,,Repetitor" balosi,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ishlarning yo‘q poyoni,
Makka, sabzi bir yoni,
G‘o‘zapoya sezoni,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
--Nechta kepti,qani,ho‘sh,
Sinf xona yarmi bo‘sh,
--Bola olib kelib qo‘sh,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Bechora sho‘r peshona,
,,Chopar"u yon bu yona,
Gap uqmas ota -ona,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Keng dunyosi bo‘lib tor,
Gap eshitar tong,noxor,
Bariga u aybdor,
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Qizil,yashil, hur maktab,
Kel og‘zimga ur maktab,
,,Tayyorlovga sur maktab",
Sinf rahbarga qiyin.
※※※
Ko‘rmaydi hech halovat,
Davlena ming harorat,
Qolarmikan salomat,
Sinf rahbarga qiyin.

Xurshid Karim

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali