Get Mystery Box with random crypto!

Mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tav | UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka

Mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadi

Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Bunda oʻqishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

Oʻqishga kirish maqsadida tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

— oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;

— tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;

— oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24