Get Mystery Box with random crypto!

TALABA UZ | Oliy ta'lim

Telegram kanalining logotibi talaba_uz_oliy_talim — TALABA UZ | Oliy ta'lim T
Telegram kanalining logotibi talaba_uz_oliy_talim — TALABA UZ | Oliy ta'lim
Kanal manzili: @talaba_uz_oliy_talim
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.02K
Kanalning ta’rifi

Talabalar uchun birinchi va ishonchli xabarlarni yetkazib berish muhim! Biz bilan qoling🔥
@otmuzbekistan
Murojat uchun: @reklame_v

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 19

2022-08-26 23:27:20 MANDAT CHIQDI

viloyatlar kesimida natijalar eʼlon qilinmoqda!

@mandat_natijalari_2022_uz
5.2K views20:27
Ochish/sharhlash
2022-08-26 17:52:32
Assalomu aleykum qadrli kanalimiz azolari mandat soat kechki 01:00 dan 03:00 oraligʻida joylanadi chunki kechki vaqtda saytga kirishlar kam boʻladi va sayt qotmasan ishlaydi. Xushnudbek tasdiqladi

Abituriyentlarga jo'natamiz
https://t.me/mandat_natijalari_2022_uz
5.7K views14:52
Ochish/sharhlash
2022-07-14 17:20:37
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish (2022-2023-o‘quv yili uchun)

Barcha abituriyentlarga joʻnating!
@dtm_uz_qabul_2022
601 views14:20
Ochish/sharhlash
2022-07-14 16:00:42 Ertadan boshlab o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.

Joriy o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz — respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar;

transfer.dtm.uz — xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar.

Ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun)

Eslatma: Joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa talabalargagina ichki perevod uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Bizga qoʻshiling!
@dtm_uz_qabul_2022
1.0K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-07-14 15:01:10 Kirish imtihoni test sinovlari uchun kimlardan to‘lov undirilmaydi?

Qonunchilikka muvofiq, kirish imtihoni o‘tkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun BHMning yarim baravari (hozirda 135 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilaridan bunday to‘lov undirilmaydi.

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yildan to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi yana 2 taga ko‘paydi. Endilikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlar ham imtihon uchun pul to‘lashmaydi.

Barchaga yuboring
@otmuzbekistan
854 views12:01
Ochish/sharhlash
2022-07-14 13:33:59
#kirish_ballari_2021

Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot instituti (kunduzgi [rus]) kirish ballari!

@dtm_uz_qabul_2022

Barcha yoʻnalish kirish ballari bilan tanishing!
@qabul_dtm_bot
1.0K views10:33
Ochish/sharhlash
2022-07-14 13:05:12 DTM imtihonlariga ham oz qolmoqda.
Tayyorlanmasdan yurgan abituriyentlarga bir gap..


DTM seni togʻangmas!

@talaba_uz_oliy_talim
1.0K views10:05
Ochish/sharhlash
2022-07-14 11:02:31 #tezkor

Assalomu aleykum hurmatli abituriyentlar xabaringiz bor javoblar toʻldirish varoqasi (titul) test topshirayotgan abiturientlarga 1 marta beriladi va agarda xato qilib qoʻyadigan boʻlsa yoki yirtilib ketilib ketib qolsa siz 1 yildan maxrum boʻlasiz!
Tasdiqlanishi kutilayotgan xabarga koʻra endi test topshirayotgan abiturientlarga "titul" 2-marta ham beriladi.
Qanday holatlarda: titulni toʻldirish vaqtida belgilangan joydan chiqib ketsa, javoblar toʻldirish varoqasi yirtilib ketsa, yomgʻir yoki boshqa bir holatga koʻra suvga tushib ketsa va titul yaroqsiz holatga kelib qolsagina sizga 2-marta qayta javoblarni toʻldirishga imkon beriladi.

Barcha abituriyentlarga joʻnatishni unutmang!
@dtm_uz_qabul_2022
1.1K views08:02
Ochish/sharhlash
2022-07-14 10:37:01
Cheksizlik deb nimaga aytiladi deb so’rashganda soddaroq tushuntirish.

Do’stlaringizga ulashing
OTM | DTM
1.2K views07:37
Ochish/sharhlash
2022-07-13 19:31:17
Oliygohlarga kirish imtihonlariga sanoqli kunlar qoldi. Kun.uz bu yilgi test sinovlari yuzasidan abituriyentlarni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov bilan intervyu tashkil etdi.

Imtihonlar ochiq havoda o‘tadigan bo‘ldi, abituriyentlarga qanday sharoit yaratiladi?
Chet tilidan ijodiy imtihon qanday sharoitda o‘tkaziladi? Qaysi sanadan qachongacha va ularni baholash mezoni qanday bo‘ladi?
Ijodiy imtihonlarni abituriyentlar yashash joyida topshirishi uchun ham sharoit bo‘ladimi?
Kechga qolgan abituriyent testga kirish huquqidan mahrum bo‘ladimi?
Bu yil ham test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustga qadar o‘tkaziladimi yoki qandaydir o‘zgarishlar bo‘ladimi?
Qanday hollarda abituriyent imtihondan chetlashtirilishi mumkin?
Ushbu savollarha batafsil yuqoridagi video lavhada javob olishingiz mumkin.

Do’stlaringizga ulashing
OTM | DTM
1.6K views16:31
Ochish/sharhlash