Get Mystery Box with random crypto!

TALABA UZ | Oliy ta'lim

Telegram kanalining logotibi talaba_uz_oliy_talim — TALABA UZ | Oliy ta'lim T
Telegram kanalining logotibi talaba_uz_oliy_talim — TALABA UZ | Oliy ta'lim
Kanal manzili: @talaba_uz_oliy_talim
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.02K
Kanalning ta’rifi

Talabalar uchun birinchi va ishonchli xabarlarni yetkazib berish muhim! Biz bilan qoling🔥
@otmuzbekistan
Murojat uchun: @reklame_v

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 16

2022-09-05 07:02:11
Ayrim talaba xotin-qizlar kontrakt to‘lovi hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar davlat OTMga kontrakt asosida o‘qishga kirganida kontrakt to‘lovi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan to‘lab beriladi.

https://kun.uz/uz/09277124

Do’stlaringizga ulashing
@otmuzbekistan
857 views04:02
Ochish/sharhlash
2022-09-04 12:10:23 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi

@talaba_uz_oliy_talim
825 views09:10
Ochish/sharhlash
2022-09-04 12:08:19 ​​ XUSUSIY OLIYGOHDAN LITSENZIYA OLIB QO‘YILSA TALABALAR TAQDIRI NIMA BO‘LADI

"Vazirlar Mahkamasining davlat ta‘lim muassasalari hamda nodavlat ta‘lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi 07.06.2019 yildagi 470-sonli qarorining 47-bandiga ko‘ra," akkreditatsiyasidan o‘tolmagan (tugatilgan) nodavlat ta‘lim tashkilotlari to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

Jumladan:


nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishni to‘xtatish;
ta’lim oluvchilari bitirib chiqqanidan keyin nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishini tugatish;

Xulosa; akkreditatsiya tugatilgandan so‘ng qabul jarayonlari to‘xtatiladi va o‘qiyotgan talabalar bitirib chiqqanidan keyingina litsenziya bekor qilinadi. Bitirgan talabalar diplomi Respublika hududida o‘tadi.

Akkreditatsiya tugatilib, talabalarni qabul qilish cheklanganini qayerdan bilamiz?

Bu bo‘yicha maxsus davlat komissiyasi qaror qabul qiladi va ijrosini ta‘minlash vakolatli organlarga topshiradi. Bundan tashqari, Ta‘lim inspeksiya ham, biz ham eng tez fursatda talabgorlarni ogohlantirishga harakat qilamiz.

Yuqoridagilarda kelib chiqib, litsenziyaga ega, akkreditatsiyasi tugatilmagan (to‘xtatilmagan) xususiy oliygohlarga o‘qishga kirish (ko‘chirish) mumkin.

Hozirda inspeksiya ro'yxatidagi litsenziyaga ega oliygohlarda akkreditatsiya bo‘yicha muammo yo‘qligi aytilmoqda.

P/S. Bu reklama emas, xolis tavsiya

@otmuzbekistan
800 views09:08
Ochish/sharhlash
2022-09-04 05:18:09 Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@otmuzbekistan
1.3K views02:18
Ochish/sharhlash
2022-09-04 05:16:28 #arxiv_xabar

Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi!

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;

to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;

tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

@talaba_uz_oliy_talim
1.2K views02:16
Ochish/sharhlash
2022-09-03 07:30:52 Rasman: Super kontrakt narxi arzonlashdi

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi.

@otmuzbekistan
1.3K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:25:07 Texnikumlarda yoki OTM (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali)da o‘qiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi-talabalarga kontraktining bir qismi qoplab beriladi.

Bunda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi bilan kontraktning 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan qismi to‘lab beriladi.

@otmuzbekistan
1.9K views12:25
Ochish/sharhlash
2022-09-02 03:32:07
Assalomu aleykum va rohmatullohi va barakatuhu

جمعة مباركة

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, Alloh taolo duolarimizni va yaxshi amallarimizni qabul qilsin Amin

Bizni kuzatib boring
https://t.me/talaba_uz_oliy_talim
867 views00:32
Ochish/sharhlash
2022-09-01 16:02:02
«Янги Ўзбекистон» боғида байрам мушакбозлиги ўтказилади

Мустақиллик байрами муносабати билан бугун, 1 сентябр куни соат 21:00 да салют отилади.

https://kun.uz/07336390

@otmuzbekistan
1.4K views13:02
Ochish/sharhlash
2022-09-01 14:43:45 Ta’lim kreditlarini ajratish tartibi.

Kontrakt asosida oʻqishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

Jamgʻarma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt);
krediti qaytarilishining ta’minoti boʻyicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Do’stlaringizga ulashing
@otmuzbekistan
45 views11:43
Ochish/sharhlash