Get Mystery Box with random crypto!

Talimda Reklama

Telegram kanalining logotibi talaba_life — Talimda Reklama T
Telegram kanalining logotibi talaba_life — Talimda Reklama
Kanal manzili: @talaba_life
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

– @talaba_life kanaliga xush kelibsiz!
– @talabada Reklama va takliflar uchun!
– Ta'limga bog'liq yangiliklar yoki voqea hodisalar guvohi bo'lsangiz bizga yuboring

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-05-17 16:43:11 TEZKOR: 2022-2023-o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Prezidentning «2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

• kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
• sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
• kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
• masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar.

Kvotalar bilan OTMlar kesimida tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/d/61078

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.8K viewsedited  13:43
Ochish/sharhlash
2022-05-16 17:18:34
Talabalarga akademik ta’til tartibi quyidagicha:

2021-yil 3-iyuldagi 344-sonli qarori bilan oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga ko‘ra:
- harbiy xizmatni o‘tash;
- salomatligini tiklash;
- homiladorlik va tug‘ish;
- bolalarni parvarish qilish;
- oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra muassasa rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.7K views14:18
Ochish/sharhlash
2022-05-16 14:49:03 #rasman

Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
4.5K views11:49
Ochish/sharhlash
2022-05-16 12:29:57 18-may kuni O‘zbekistondagi barcha muzeylar bepul xizmat ko‘rsatadi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
5.5K viewsedited  09:29
Ochish/sharhlash
2022-05-16 12:29:40 Davlat test markazining ma’lum qilishicha, bu yil kirish imtihonlarida abituriyentlarga testlarni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

Vazirlar Mahkamasining test topshiriqlarini o‘tkazishga oid 261-sonli nizomida 30 ta savol uchun bir soat vaqt berilishi belgilab qoʻyilgan.
5.1K views09:29
Ochish/sharhlash
2022-05-13 13:06:54 2024-yildan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari hamda kasb-hunar maktablari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini Davlat test markazi tomonidan imtihonlar shaklida o‘tkaziladi — Prezident qarori
3.0K views10:06
Ochish/sharhlash
2022-05-12 08:30:01 #Maktab_davrim

Bobo va nabira suhbati:
– Bolam, tez uyga kirib yashirin, o'qituvching kelyapti. Axir bugun darsga bormadingku.
– Bobo, siz tez kirib yashirining, men o'qituvchimga sizni o'lib qoldi degandim...


Kanalga ulanish:
@talaba_life
5.7K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2022-05-11 19:57:59 Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etildi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Demak 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
6.8K viewsedited  16:57
Ochish/sharhlash
2022-05-11 13:58:02 ​​Men telegramga oxirgi marta kirgan vaqtini ko'rsatmaydigan qilib (last seen recently, был(а) недавно) qo'ygan odamlarni shunga o'xshataman

P/s: shunaqa tanishlarga yuborib qo‘yamiz

Kanalga ulanish:
@talaba_life
7.4K viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2022-05-11 09:28:46 #abituriyentlar #ogoh_bõling

Litsenziyaga ega boʻlmagan soxta oliy taʼlim muassasalaridan ehtiyot boʻling!


Hozirgi kunda ko‘plab abituriyentlar o‘qishga kirish uchun davlat va nodavlat o‘quv muassasalari haqida ma'lumotlar qidirmoqda. Qonun talablariga muvofiq, ta’lim inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish litsenziyasiga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-saytida nodavlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati joylashtirilgan, litsenziyalangan ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlar muntazam yangilanib boriladi.

Yuqorida keltirilgan havolada nomi keltirilmagan nodavlat oliy ta'lim muassasalari o‘z litsenziyasiga ega emas.

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
7.6K viewsedited  06:28
Ochish/sharhlash