Get Mystery Box with random crypto!

Talimda Reklama

Telegram kanalining logotibi talaba_life — Talimda Reklama T
Telegram kanalining logotibi talaba_life — Talimda Reklama
Kanal manzili: @talaba_life
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

– @talaba_life kanaliga xush kelibsiz!
– @talabada Reklama va takliflar uchun!
– Ta'limga bog'liq yangiliklar yoki voqea hodisalar guvohi bo'lsangiz bizga yuboring

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-06-16 18:44:36 «Perevod» bo‘yicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya’ni rasmiy kuchga ega.

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik "super-kontrakt" to‘lab ko‘chirishi mumkin.

Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
2.4K views15:44
Ochish/sharhlash
2022-06-15 22:11:01 Rasman: qabul 20-iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.7K views19:11
Ochish/sharhlash
2022-06-15 20:14:37 #tabassum_vaqti

Yotoqxonada bir talaba sherigini ustidan kulmoqchi bo'lib stulni kraska qilib qo'yibdi. Sherigi eshikdan kirasolib gapirmoqchi edi.

- Avval stulga o'tirib ol, mana endi gapir deb stulga o'tqazibdi.

Sherigi:
- Jura sendan so'ramay yangi jinsi shimingni kiyib turgandim, shuni aytmoqchi edim dermish.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
4.0K views17:14
Ochish/sharhlash
2022-06-15 16:50:17 Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi

“Umuman, texnikumlarga bo'lgan yondashuvlarni o'zgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yo'li emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim bo'lishi kerak”, dedi davlat rahbari.

Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli ta'lim kreditini yangi o'quv yilidan texnikum va kollej o'quvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.

SHuningdek, kollej va texnikumlarda o'qish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila a'zolari uchun subsidiyalar ko'paytiriladi.

Oliy ta'lim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini o'rganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.

Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga o'tkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
4.4K views13:50
Ochish/sharhlash
2022-06-15 14:40:53
DIQQAT TURKIYA UNIVERSITETLARIDA O‘QISHLAR BO’YICHA E’LON
HURMATLI ABITURENTLAR VA OTA ONALAR

16-17 IYUN 2022 KUNIDA TOSHKENTDA TURKIYANING 10 TA DAVLAT UNIVERSITETLARIGA GRANT VA KONTRAKTLI O’QISHLARGA QABULLAR VA O‘QISHLAR BUYICHA 2 KUNLIK TA‘LIM KO‘RGAZMASIGA TAKLIF ETAMIZ

Universitetlarning bakalavr, magistratura, doktorantura darajalariga barcha yunalishlar bo’yicha kirish SINOVLI VA SINOVSIZ, GRANTLI VA KONTRAKTLI shaklda qabul qilinadi.

2 kun mobaynida Turkiyaning 10 ta universitetlari vakillari, rektorlari bilan uchrashib, turkiya universitetlaridagi oliy talim olish buyicha to‘liq ma'lumotlar olishingiz va hujjat topshirishingiz mumkin.

KUNI: 16 - 17/06/2022
VAQTI: 09:00 – 16:00
MANZIL: Toshkent shahri, RADISSON BLUE mehmonxonasi, katta zali.

BIZ BILAN TURKIYA UNIVERSITETLARIGA KIRISH va O‘QISH uchun 2 kunlik imkoningizni boy bermay foydalanib qoling.

Bu haqida "XALQARO TA'LIM" Markazi kanaliga kirib ma’lumot oling.

KANALGA KIRISH

+99890 911 56 59 / +99890 911 50 59
4.4K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-06-14 17:31:35 Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlari 5 ta fandan bo'lib o'tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O'zbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal to'plash mumkin bo'lgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

O'qishni ko'chirish uchun test sinovlari abituriyentlarnikidan farq qilishi mumkin.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
2.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2022-06-13 11:04:05 O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.2K viewsedited  08:04
Ochish/sharhlash
2022-06-13 09:00:18 Ta'tildan unumli foydalanib qoling!

Universitetda darslar tugash arafasida, lekin siz yoz uchun hali ham aniq reja tuzmadingizmi? Talabgir va zamonaviy bo'lgan grafik dizayn sohasini o'rganishga nima deysiz?

OLX.uz saytining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda grafik dizaynerlar oyiga o'rtacha 300-500$ atrofida, tajribali grafik dizaynerlar esa 1000$ dan yuqori daromad topishmoqda. Albatta, buning uchun ushbu sohada haqiqiy mutaxassis bo'lish talab etiladi.

Siz ham «Najot Ta'lim» markazida noldan boshlab, 7 oyda mobaynida dizayn texnologiyasi, ranglar bilan ishlash va dizayn dasturlarini o'rganib, bu sohaning mutaxassisi bo'lishingiz mumkin.

Grafik dizayn kursi uchun ro'yxatdan o'ting

Yoz mavsumi davomida rivojlangan zamonaviy kasbni o'rganish uchun ilk qadamni tashlang!

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.5K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-06-11 16:11:29 Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda kimlar imtiyozga ega?

Quyidagi abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozga ega:

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;
xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilar;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi g‘oliblari;
tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;
“Nihol” mukofoti sovrindorlari;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yo‘nalishlariga);
to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;
Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tab, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar;
chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;
harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar;
ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari.

Shuningdek:

Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun o‘qish davrini a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilari;
mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari;
iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar;
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.8K viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2022-06-09 19:38:25 #Tezkor
Endi Oʻzbekistonda magistraturaga kirish imtihonlari boʻlmaydi

Oliy taʼlim vazirligi rahbarining taʼkidlashicha, Endilikda magistraturaga kirish uchun faqat chet tilini (xorijiy, masalan, IELTS yoki mahalliy, masalan, CEFR) bilish sertifikati kerak boʻladi. Shuningdek, bundan buyon magistraturaga yiliga ikki marta avgust va yanvar oylarida qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.6K views16:38
Ochish/sharhlash