Get Mystery Box with random crypto!

#abituriyentlar #ogoh_bõling Litsenziyaga ega boʻlmagan soxt | Talimda Reklama

#abituriyentlar #ogoh_bõling

Litsenziyaga ega boʻlmagan soxta oliy taʼlim muassasalaridan ehtiyot boʻling!


Hozirgi kunda ko‘plab abituriyentlar o‘qishga kirish uchun davlat va nodavlat o‘quv muassasalari haqida ma'lumotlar qidirmoqda. Qonun talablariga muvofiq, ta’lim inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish litsenziyasiga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-saytida nodavlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati joylashtirilgan, litsenziyalangan ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlar muntazam yangilanib boriladi.

Yuqorida keltirilgan havolada nomi keltirilmagan nodavlat oliy ta'lim muassasalari o‘z litsenziyasiga ega emas.

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

Kanalga ulanish:
@talaba_life