Get Mystery Box with random crypto!

Talimda Reklama

Telegram kanalining logotibi talaba_life — Talimda Reklama T
Telegram kanalining logotibi talaba_life — Talimda Reklama
Kanal manzili: @talaba_life
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

– @talaba_life kanaliga xush kelibsiz!
– @talabada Reklama va takliflar uchun!
– Ta'limga bog'liq yangiliklar yoki voqea hodisalar guvohi bo'lsangiz bizga yuboring

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-06-09 16:17:21 Hukumat qarori bilan, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1 200 000 so‘m) subsidiya berilishi (jami 7 200 000 so‘mgacha) belgilandi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.9K viewsedited  13:17
Ochish/sharhlash
2022-06-07 11:09:13 «Endi o‘qishni ko‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi: turmush qursa va davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsagina o‘qishini ko‘chira oladi» — Abduqodir Toshqulov.

Abduqodir Toshqulovning qayd etishicha, o‘qishni ko‘chirishda vazir xati talab etiladi. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
4.5K viewsedited  08:09
Ochish/sharhlash
2022-06-04 17:02:39 Ayrim yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi;

Markazlarda aholi va tadbirkorlarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi.

Shuningdek, yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badalini qoplashga subsidiya beriladi.

Xorijdagi nufuzli OTMda o‘qiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan O‘zbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
– yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan ta’minlanadi;
– davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
2.9K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2022-06-03 11:48:39 Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida kimlardan to‘lov undirilmaydi?

Qonunchilikka muvofiq, kirish imtihoni o‘tkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun BHMning yarim baravari (hozirda 150 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.6K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2022-06-02 12:40:56
O‘zbekistonda buxanka narxi 2800 so‘mga yetkanini eshitgandan keyin talabalar.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
5.2K viewsedited  09:40
Ochish/sharhlash
2022-05-30 09:57:15 Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Ayrim OTMlarda talabalarni shunday vajlar bilan huquqlarini poymol qilishmoqda ekan, nazoratga olinsa yaxshi bo’lar edi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
8.3K viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash
2022-05-29 14:31:48 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qish uchun bizdan surayotganlardan tashqari, bizga surayotganlar ham ko‘payib borayotgan ekan.

O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:

2016/2017-o‘quv yili
— 603 nafar
2017/2018-o‘quv yili — 1320 nafar
2018/2019-o‘quv yili — 2685 nafar
2019/2020-o‘quv yili — 3593 nafar
2020/2021-o‘quv yili — 4219 nafar
2021/2022-o‘quv yili — 5140 nafar

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistondan 53 ming nafar talaba xorijda tahsil olmoqda. 2021- va 2022-yil hisobini ham qo‘shilsa, 100 mingga borib qolsa kerak :)

Kanalga ulanish:
@talaba_life
4.0K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-05-28 13:42:59 Imtihonda domla talabaga savol beryapti:
— Besh karra besh?
Talaba qoʻlidagi shpargalkaga qarab:
— Yigirma besh!
Domla ham qoʻli ostidagi shpargalkaga qarab:
— Toʻgʻri! Olti karra olti?
Talaba yana shpargalkaga qarab:
— Oʻttiz olti!
Domla ham shpargalkaga qarab:
— Toʻgʻri! Yetti karra yetti?
Talaba endi shpargalkaga qaramoqchi boʻlgandi domla uning qoʻlini ushlab qoldi. Talaba oʻylanib:
— Qirq yetti, - dedi.
Domla endi shpargalkasiga qaramoqchi edi talaba xam uning qoʻlidan ushlab qolsa, domla koʻp oʻylamay:
— Toʻgʻri, - dermish.

Kanalga ulanish:
@talaba_life
5.4K views10:42
Ochish/sharhlash
2022-05-28 11:33:33 "Siz talabalikka tavsiya etildingiz"

"Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz"

Birgina -ma qo'shimchasi seni talabalardan ajratib turadi.

Yuqoridagi ovozli xabarni ( 00:00 ) qayta-qayta eshit va amal qil yoki qilma !

Uch oydan so'ng senga qanday xabar kelsin, o'zing tanla!

Kanalga ulanish:
@talaba_life
6.1K viewsedited  08:33
Ochish/sharhlash
2022-05-26 21:18:27
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim..

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!

Kanalga ulanish:
@talaba_life
3.9K viewsedited  18:18
Ochish/sharhlash