Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida kimlardan t | Talimda Reklama

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida kimlardan to‘lov undirilmaydi?

Qonunchilikka muvofiq, kirish imtihoni o‘tkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun BHMning yarim baravari (hozirda 150 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish:
@talaba_life