Get Mystery Box with random crypto!

FAQAT QUR'ON

Telegram kanalining logotibi tajvid_darslari1 — FAQAT QUR'ON F
Telegram kanalining logotibi tajvid_darslari1 — FAQAT QUR'ON
Kanal manzili: @tajvid_darslari1
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.46K
Kanalning ta’rifi

Aql imonga bo'ysunganidagina Aqldir.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-12 06:01:02
263 views03:01
Ochish/sharhlash
2022-07-12 06:01:02
246 views03:01
Ochish/sharhlash
2022-07-12 06:00:26 Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим

Оғиз бошлиғи. (Жавф - ҳалқум ва оғиз бошлиғи)

Жавфда битта махраж бўлиб,унда уч ҳаракат ва уларнинг чўзиқ шакли бўлмиш мад ҳарфлар чиқади. (ا، و، ي ). Бу ҳарфлар ўзи сукунли бўлиб, олдидаги ҳарфнинг ҳаракати унга мос бўлгандагина, мад ҳарфи бўлади.
М:
а-аа-маа ا - َا - مَا

М:
у-уу-муу - و - ُو - مُو

М:
и - ии - мии. ى - ِى - مِى

Аммо олдидаги ҳарфнинг ҳаракати унга мос бўлмаса, «و» икки лабдан, «ي» эса тил ўртасидан чиқади.
233 views03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-12 06:00:26 Bismillahir Rohmanir Rohim

Ogʻiz boshligʻi. (Javf - halqum va ogʻiz boshligʻi)

Javfda bitta maxraj boʻlib,unda uch harakat va ularning choʻziq shakli boʻlmish mad harflar chiqadi. (ا، و، ي ). Bu harflar oʻzi sukunli boʻlib, oldidagi harfning harakati unga mos boʻlgandagina, mad harfi boʻladi.
M:
a-aa-maa ا - َا - مَا

M:
u-uu-muu - و - ُو - مُو

M:
i - ii - mii. ى - ِى - مِى

Ammo oldidagi harfning harakati unga mos boʻlmasa, «و» ikki labdan, «ي» esa til oʻrtasidan chiqadi.
230 views03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-11 22:05:25 Islom nima?

– Muloyim so‘zlash:
«Ovozingni pasaytir»
(Luqmon surasi, 19-oyat);

– To‘g‘ri yurish:
«Yer yuzida kibr-havo ila yurma»
(Luqmon surasi, 18-oyat);

– Ko‘zni tiyish:
«Ba’zilarni bahramand qilgan narsalarga (havasla) nazar solma!»
(Hijr surasi, 88-oyat)

– Quloqni tiyish:
«Josuslik qilmanglar»
(Hujurot surasi, 12-oyat)

– To‘g‘ri yeyish:
«Yenglar, ichinlar, lekin isrof qilmanglar»
(A’rof surasi, 31-oyat).

– Tilni tiyish:
«Odamlarga yaxshi gaplar ayting»
(Baqara surasi, 83-oyat).
391 views19:05
Ochish/sharhlash
2022-07-11 18:23:29 .. Nega kayfiyatingiz yo‘q..?
Nimadan tashvishdasiz..?
Nega noshukursiz..?
Qayg‘uingiz nima..?

...Ibrohim Halilulloh singari olovga otdilarmi sizni..?

...Yusuf alayhissalom singari chuqurlarga tashladilarmi..?

... Ayyub payg‘ambar kabi badaningizni yaralar qopladimi..?

...Yaqub alayhissalom kabi sevikli farzand dog‘ida ko‘r bo‘ldingizmi..?

...Yunus alayhissalom singari dengizga tashlab yuborildingizmi..?..

... Nimadan norozisiz..?

...Muhammad sollalohu alayhi vasallam kabi toshbo‘ron qilindingizmi..?

..Poyafzalingiz boshingizdan oqqan qonlarga to‘ldimi..?

...Namoz o‘qiyotganingizda boshingizdan iflos qorin ag‘dardilarmi..?

...Tishingizni sindirdilarmi..?

... Yuzingizga tupurdilarmi..?

...Hamza roziyallohu anhu kabi quloq-burningiz kesildimi..?

...Yuragingiz sug‘urib olindimi..?

...Musayb ibn Umar roziyallohu anhu singari qo‘llaringizni kesdilarmi..?

... Bilol roziyallohu anhu kabi qizigan qumlarga ko‘mib, ustingizga cho‘g‘day toshlarni bostirdilarmi..?

...Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu singari badaningiz qilich va xanjarlar zarbidan ilma-teshik bo‘ldimi..?
...Ali, Umar, Usmon roziyallohu anhum singari xanjarlandingizmi..?

...Unda nega avzoyingiz buzuq..? Nega asabiysiz..?

...Uyalmaymizmi..?

...Agar rizq vajidan bo‘lsa, o‘zingizni bosing...
...Bandalarining rizqi Yaratganning zimmasidadir...

... Qayg‘ursangiz, Allohga loyiq qul, Muhammad alayhissalomga munosib ummat bo‘lolmayotganingizga qayg‘uring...

...Qayg‘ursangiz, insoniylikning o‘ldirilishiga indamay qarab turganingiz vajidan qayg‘uring...

...Qayg‘ursangiz, kichik amallaringizdan quvonib, katta ayblaringizdan g‘ofil qolayotganingizga qayg‘uring...

...Qayg‘ursangiz, o‘zingiz amal qilmayotgan nasihatlaringiz, o‘z hayotingizga tadbiq etilmayotgan loflaringiz vajidan qayg‘uring...

...Oyoqda mustahkam turgan gunohlaringiz, hilviragan tavbalaringiz uchun qayg‘uring...

...Boshqa qayg‘ularga yo‘l bo‘lsin...

...Norozilikning davosi - tavba...


Odam alayhissalom bir xato uchun bir necha yuz yil tavba qilgan edilar.

...Yaratgan bandasiga toqatidan tashqari qiyinchiliklarni yuklamas. Shu qiyinchiliklar, azoblar bo‘lmasaydi, biz uchun oxiratda xushnudliklar bo‘lmasdi...
456 viewsedited  15:23
Ochish/sharhlash
2022-07-11 13:53:00 Qur'oni karimning 293- Isro 294, 295 - sahifalarida Kahf surasini o'qiymiz.
____

Қуръони каримнинг 293- Исро 294, 295-саҳифаларида Кахф сурасини ўқиймиз.
337 views10:53
Ochish/sharhlash
2022-07-11 13:50:15
329 views10:50
Ochish/sharhlash