Get Mystery Box with random crypto!

.. Nega kayfiyatingiz yo‘q..? Nimadan tashvishdasiz..? Nega n | FAQAT QUR'ON

.. Nega kayfiyatingiz yo‘q..?
Nimadan tashvishdasiz..?
Nega noshukursiz..?
Qayg‘uingiz nima..?

...Ibrohim Halilulloh singari olovga otdilarmi sizni..?

...Yusuf alayhissalom singari chuqurlarga tashladilarmi..?

... Ayyub payg‘ambar kabi badaningizni yaralar qopladimi..?

...Yaqub alayhissalom kabi sevikli farzand dog‘ida ko‘r bo‘ldingizmi..?

...Yunus alayhissalom singari dengizga tashlab yuborildingizmi..?..

... Nimadan norozisiz..?

...Muhammad sollalohu alayhi vasallam kabi toshbo‘ron qilindingizmi..?

..Poyafzalingiz boshingizdan oqqan qonlarga to‘ldimi..?

...Namoz o‘qiyotganingizda boshingizdan iflos qorin ag‘dardilarmi..?

...Tishingizni sindirdilarmi..?

... Yuzingizga tupurdilarmi..?

...Hamza roziyallohu anhu kabi quloq-burningiz kesildimi..?

...Yuragingiz sug‘urib olindimi..?

...Musayb ibn Umar roziyallohu anhu singari qo‘llaringizni kesdilarmi..?

... Bilol roziyallohu anhu kabi qizigan qumlarga ko‘mib, ustingizga cho‘g‘day toshlarni bostirdilarmi..?

...Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu singari badaningiz qilich va xanjarlar zarbidan ilma-teshik bo‘ldimi..?
...Ali, Umar, Usmon roziyallohu anhum singari xanjarlandingizmi..?

...Unda nega avzoyingiz buzuq..? Nega asabiysiz..?

...Uyalmaymizmi..?

...Agar rizq vajidan bo‘lsa, o‘zingizni bosing...
...Bandalarining rizqi Yaratganning zimmasidadir...

... Qayg‘ursangiz, Allohga loyiq qul, Muhammad alayhissalomga munosib ummat bo‘lolmayotganingizga qayg‘uring...

...Qayg‘ursangiz, insoniylikning o‘ldirilishiga indamay qarab turganingiz vajidan qayg‘uring...

...Qayg‘ursangiz, kichik amallaringizdan quvonib, katta ayblaringizdan g‘ofil qolayotganingizga qayg‘uring...

...Qayg‘ursangiz, o‘zingiz amal qilmayotgan nasihatlaringiz, o‘z hayotingizga tadbiq etilmayotgan loflaringiz vajidan qayg‘uring...

...Oyoqda mustahkam turgan gunohlaringiz, hilviragan tavbalaringiz uchun qayg‘uring...

...Boshqa qayg‘ularga yo‘l bo‘lsin...

...Norozilikning davosi - tavba...


Odam alayhissalom bir xato uchun bir necha yuz yil tavba qilgan edilar.

...Yaratgan bandasiga toqatidan tashqari qiyinchiliklarni yuklamas. Shu qiyinchiliklar, azoblar bo‘lmasaydi, biz uchun oxiratda xushnudliklar bo‘lmasdi...