Get Mystery Box with random crypto!

FAQAT QUR'ON

Telegram kanalining logotibi tajvid_darslari1 — FAQAT QUR'ON F
Telegram kanalining logotibi tajvid_darslari1 — FAQAT QUR'ON
Kanal manzili: @tajvid_darslari1
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.46K
Kanalning ta’rifi

Aql imonga bo'ysunganidagina Aqldir.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-11 13:50:15
265 views10:50
Ochish/sharhlash
2022-07-11 13:50:13
Огоҳ бўлинг, сажда ояти бор!
248 views10:50
Ochish/sharhlash
2022-07-11 13:49:37 Иброҳим Таймий айтади:

Ўзимни жаннатдаман, деб тасаввур қилдим. Меваларидан еяпман, анҳорларидан ичяпман, бокираларини қучяпман.

Кейин ўзимни дўзахдаман, деб тасаввур қилдим. Заққумидан еяпман, йирингидан ичяпман, кишанларини қучяпман.

Шундан сўнг нафсимга дедим:
- Тила, тилагингни.
- Тилагим - дунёга қайтиб, яхши амаллар қилиш.
- Тилагинг бажо келтирилган. Боравер. Истаган амалларингни қилиб ол.

Арабчадан Муқим Маҳмуд таржимаси.


Тафаккур лозим...
310 views10:49
Ochish/sharhlash
2022-07-11 13:46:25 Agar musulmonlar dinlarini anglamoqchi boʻlishsa, Qurʼonlarini xatm uchun emas, uygʻonish uchun tilovat qilishsin! Oʻliklar uchun emas, tiriklar uchun oʻqishsin!

Tajvidini emas, aqlga xitobini oʻrganishsin! Faqat yodlashning oʻzi bilan toʻxtab qolishmasin!

Musulmonlarning yoʻlboshchi va namunalari boʻlgan zotning xulqlari Qurʼon edi. Haqiqiy muammoimiz axloq boʻlgan bugungi kunda, u zot sollallohu alayhi va sallamning axloqlariga ergashmaymizmi?

• Doktor Salohiddin Koftaro
270 views10:46
Ochish/sharhlash
2022-07-11 12:49:12 ​​ Ilm iymonga chorlar !

Fransiyada joylashgan Sorbonna Universtitetining farang, katolik nasroniy tabiba va o‘qituvchisi hayz qoni haqida gap boshlab:

«Darhaqiqat Yevropa ayollarda keladigan hayz qonini sehrgarlik ishlaridan biri deb bilar edi. Lekin ilm albatta, bu ayollik bezlarining ba’zilari ajratadigan qon ekanligini kashf qildi», deb so‘ngra erkak kishining hayz ko‘rgan ayolga qo‘shilishi natijasida kelib chiqadigan zararlar haqida: «Agar erkak kishi hayz ko‘rgan ayolga yaqinlik qiladigan bo‘lsa, mana shu ish tanosil a’zolari kasalliklari, buyrak kasalliklari va teri kasalliklariga olib keladi», deb aytdi.

Buni eshitib o‘tirgan Saudiyalik musulmon talaba o‘rnidan turdi va unga: «Qur’oni Karim bu haqda sizdan o‘n to‘rt asr vaqt ilgari bayon qilgan», dedi.

U: Qur’on nima degani?» deb so‘radi.

Talaba unga Alloh taoloning: Baqara surasidan

«Sendan hayz haqida so‘rarlar. Sen: «U ko‘ngilsiz narsadir. Hayz chog‘ida ayollardan chetda bo‘ling. Ular pok bo‘lmaguncha yaqinlashmanglar. Agar pok bo‘lsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan kelinglar. Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va poklanuvchilarni sevadi», deb ayt» oyatini o‘qib berdi.

Shunda Fransiyalik tabiba va o‘qituvchi: «Bu sizlarning kitobingizda bormi?», deb so‘radi.

Musulmon talaba: «Ha», deya javob berdi.

Bu haqda sizning olimlaringiz bilan birga izlanish olib borsak bo‘ladimi? degan edi, musulmon talaba uni Saudiyadagi ar-Riyod Unversitetiga taklif qildi. U yerda ilmiy anjuman va musulmon ulamolar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Ilmiy anjuman boshlanishidan avval nasroniy tabiba:

«Qalam va qog‘ozlaringizni tayyorlang. Hozir sizlarga aytadiganlarimni iltimos yozib olinglar», dedi.

Qalam va qog‘ozlar hozirlangandan so‘ng gapida davom etib: «Iqror va e’tirof etaman. Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning elchisi, deb guvohlik beraman. Qur’ondagi ilmiy haqiqatlarni anglagach men islomga kirdim», dedi.
323 views09:49
Ochish/sharhlash
2022-07-11 12:48:34
287 views09:48
Ochish/sharhlash