Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyat sari || TAFU

Telegram kanalining logotibi tafu_psixologi — Muvaffaqiyat sari || TAFU M
Telegram kanalining logotibi tafu_psixologi — Muvaffaqiyat sari || TAFU
Kanal manzili: @tafu_psixologi
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551
Kanalning ta’rifi

✔️ Toshkent Amaliy fanlar Universiteti qoshidagi "Muvaffaqiyat sari" psixologik markazning rasmiy kanali.
💥 Maqsad: Talabalarimizning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish.

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-01-10 08:00:32 ​​#motivatsiya
#shaxsiy_rivojlanish

Agar oyiga 250 ming dollar ishlab topayotgan ishbilarmondan biznesini tortib olib, bir chaqasiz qoldirsangiz nima boʻladi?

Agar oyiga 250 ming dollar ishlab topayotgan ishbilarmondan biznesini tortib olib, bir chaqasiz qoldirsangiz nima boʻladi?… yarim yildan soʻng u yana shuncha mablagʻ ishlab topayotgan boʻladi. Biron chora qidiradi, kechasi bilan tinmay ishlaydi, chirmashib harakat qiladi, lekin nimanidir oʻylab topadi, oʻzi va oilasini taʼminlaydi.

Agar oyiga 1000 dollar olishgacha erishgan va mansabga intilayotgan yosh xodimni katta kompaniyadagi ishidan boʻshatib yuborishsa nima boʻladi?… U holdan toyguncha tashkilotlarga rezyume joʻnatadi, eski tanishlarini yoʻqlab qoladi va kadrlar boʻlimlariga telefon qiladi. Oʻz koʻnglidagi oylikni olishga (yoki yarim yilda oʻsha darajaga) erishmaguncha tinchimaydi.

Agar biron supermarketdagi sotuvchini ishdan boʻshatishsa va bir oyda topayotgan 200 dollardan mahrum etishsa nima boʻladi?… Dastlab u dugonalariga dardini aytib zorlanadi, lekin biroz oʻtmay mamnun holda boshqa supermarketlarning biriga, hech boʻlmaganda ofitsiantlika ishga joylashadi. Shu bilan oyiga 200 dollarini oʻziga qaytaradi.

Agar “hamkasblari”dan tortib olgan vokzaldagi joyida tilanchilik orqasidan oyiga 50 dollar sadaqa yigʻadigan juldur kiyimli koʻcha daydisini aholi gavjum joylarini bilmaydigan boshqa bir shaharga olib borib qoʻyilsa nima boʻladi?…
Siz mantiqni tushundingiz, toʻgʻrimi?

Har kimning miyasida qandaydir ”pul ssenariysi“ boʻladi. ”Pul ssenariysi“ — bu oʻzida qancha pul boʻlishi kerakligi va uni qanday usullar bilan toʻgʻri ishlab topish haqidagi maʼlumotdir.

Daydining xayoliga ishga joylashish fikri kelmaydi.

Supermarketdagi sotuvchida esa kattaroq kompaniyaga rezyume joʻnatish fikri tugʻilmaydi.

Mansabga intilayotgan xodim esa oʻz firmasini ochish haqida oʻylab koʻrmaydi.

Tadbirkorning miyasiga sadaqa soʻrash yoki ishga joylashish fikri kelmaydi.

Xulosa oʻzingizdan...

Kanalimizga obuna boʻling va doʻstlaringizga ulashing
@TAFU_PSIXOLOGI
109 views05:00
Ochish/sharhlash
2023-01-10 06:00:48 Xar tong shaxsiy rivojlanishingiz uchun kamida bir soat vaqt ajrating.

Oʻzingiz yoqtirgan musiqani tinglang, klassik yoki tarixiy adabiyot oʻqing va boshlanajak kuningizni xayoliy tasavvur qiling.

Hech boʻlmaganda haftada bir kun quyosh chiqishini kuzating. Har bir kunning boshlanishi uni qanday boʻlishini belgilab beradi.

Bu harakatlarni odatiy tusga kiritsangiz, kunlaringiz mazmunli va motivatsion ruhda oʻtadi.

@TAFU_PSIXOLOGI
100 views03:00
Ochish/sharhlash
2023-01-09 20:03:03
Yana bir kun o'z nihoyasiga yetdi... shu o'tgan vaqt mobaynida kimdir nimani topdi kimdir esa aksincha... qadrdonim o'tayotgan umrimiz qadriga yetaylik tuningiz osuda bo'lsin!

Hayrli tun! Qadrdonim
@TAFU_PSIXOLOGI
103 views17:03
Ochish/sharhlash
2023-01-09 18:02:47 Dunyodagi eng qisqa 11 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushinishga harakat qiling.

1-hikoya: Hayrat
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

2-hikoya: Robiya
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

3-hikoya: Eng qisqa hikoya
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

4-hikoya: Qasd va xalos
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

5-hikoya: E’lon
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar.

6-hikoya: Tarjimai hol
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

7-hikoya: Umid
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

8-hikoya: Gunohkor
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.

9-hikoya: Optimist
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

10-hikoya: 6 so’zli hikoya
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

11-hikoya: Qo’rquv
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.

@TAFU_PSIXOLOGI
108 views15:02
Ochish/sharhlash
2023-01-09 14:02:17 JAVOBLAR

Yaqin kelajakda ko'p sinovlardan o'tasiz. Munosabatlaringiz sinaladi. Siz chindan yaqin insoningizni yaxshi ko'rsangiz, har qanday vaziyatda ham yamon ob-havoni ortda qoldirishingiz mumkin!

Munosabatlaringiz ishonchli sevgi, va mehr bilan ajralib turadi. Yaqin insoningiz yalg'on habar keladi! Hech kimga ishonmang albatta qalbingizga quloq soling. Munosabatlaringizga oydinlik kiritib oling!

Ko'p o'tmay, sizning munosabatlaringiz kichik sinovlarga duch keladi va siz avvalgidan ko'ra yaqin insoningizga yanada ko'proq bog'lanasiz. Chunki ishonch kuchayadi!

TAFU Muvaffaqiyat Sari!
@TAFU_PSIXOLOGI
101 views11:02
Ochish/sharhlash
2023-01-09 13:02:36
Psixologik_test

Yurak kalitlaridan birini tanlang va yaqin orada shaxsiy hayotingizda nimalar o'zgarishini bilib oling!

Test javoblari 16:00 da e'lon qilinadi!
@TAFU_PSIXOLOGI
104 views10:02
Ochish/sharhlash
2023-01-09 10:01:37
Ibratli vaqt
Agar inson o'tmishni eslab, ha deb kechagi kunni gapirib, o'tib ketgan ishlarni g'ami bilan yashaydigan bo'lsa, qayg'uga botib qoladi. Do'stingiz sotib ketdimi xiyonat qilishdimi, mashinangizni urib oldingizmi, yoki boshqa bir qayg'uli ishlar bo'ldimi, mayli! Bo'lgan ish bo'lib bo'ldi... O'tmishdan ko'ra hozirgi oningiz va kelajagingizni o'ylasangizchi?!!

@TAFU_PSIXOLOGI
109 views07:01
Ochish/sharhlash
2023-01-09 08:02:21 O'sishning 4 muhim qonuni

1.Kamroq gapir.
Sen uchun natijalaring gapirsin.

2.Ko'proq tingla.
Agar sen tinglamasang o'rgana olmaysang. Agar sen o'rganmasang rivojlana olmaysan.

3. Kamroq emotsiyaga beril.
Qancha kam berilsang, shuncha yaxshi javob berasan.

4.Ko'proq kuzat.
Sen qancha ko'p kuzatsang vaziyat shuncha oydinlashadi, Vaziyat oydinlashsa sening reaksiyang yaxshilanadi.
Agar reaksiya yaxshilansa, sening natijalaring yaxshilanadi.

TAFU Muvaffaqiyat Sari
@TAFU_PSIXOLOGI
107 views05:02
Ochish/sharhlash