Get Mystery Box with random crypto!

​​#motivatsiya #shaxsiy_rivojlanish Agar oyiga 250 ming | Muvaffaqiyat sari || TAFU

​​#motivatsiya
#shaxsiy_rivojlanish

Agar oyiga 250 ming dollar ishlab topayotgan ishbilarmondan biznesini tortib olib, bir chaqasiz qoldirsangiz nima boʻladi?

Agar oyiga 250 ming dollar ishlab topayotgan ishbilarmondan biznesini tortib olib, bir chaqasiz qoldirsangiz nima boʻladi?… yarim yildan soʻng u yana shuncha mablagʻ ishlab topayotgan boʻladi. Biron chora qidiradi, kechasi bilan tinmay ishlaydi, chirmashib harakat qiladi, lekin nimanidir oʻylab topadi, oʻzi va oilasini taʼminlaydi.

Agar oyiga 1000 dollar olishgacha erishgan va mansabga intilayotgan yosh xodimni katta kompaniyadagi ishidan boʻshatib yuborishsa nima boʻladi?… U holdan toyguncha tashkilotlarga rezyume joʻnatadi, eski tanishlarini yoʻqlab qoladi va kadrlar boʻlimlariga telefon qiladi. Oʻz koʻnglidagi oylikni olishga (yoki yarim yilda oʻsha darajaga) erishmaguncha tinchimaydi.

Agar biron supermarketdagi sotuvchini ishdan boʻshatishsa va bir oyda topayotgan 200 dollardan mahrum etishsa nima boʻladi?… Dastlab u dugonalariga dardini aytib zorlanadi, lekin biroz oʻtmay mamnun holda boshqa supermarketlarning biriga, hech boʻlmaganda ofitsiantlika ishga joylashadi. Shu bilan oyiga 200 dollarini oʻziga qaytaradi.

Agar “hamkasblari”dan tortib olgan vokzaldagi joyida tilanchilik orqasidan oyiga 50 dollar sadaqa yigʻadigan juldur kiyimli koʻcha daydisini aholi gavjum joylarini bilmaydigan boshqa bir shaharga olib borib qoʻyilsa nima boʻladi?…
Siz mantiqni tushundingiz, toʻgʻrimi?

Har kimning miyasida qandaydir ”pul ssenariysi“ boʻladi. ”Pul ssenariysi“ — bu oʻzida qancha pul boʻlishi kerakligi va uni qanday usullar bilan toʻgʻri ishlab topish haqidagi maʼlumotdir.

Daydining xayoliga ishga joylashish fikri kelmaydi.

Supermarketdagi sotuvchida esa kattaroq kompaniyaga rezyume joʻnatish fikri tugʻilmaydi.

Mansabga intilayotgan xodim esa oʻz firmasini ochish haqida oʻylab koʻrmaydi.

Tadbirkorning miyasiga sadaqa soʻrash yoki ishga joylashish fikri kelmaydi.

Xulosa oʻzingizdan...

Kanalimizga obuna boʻling va doʻstlaringizga ulashing
@TAFU_PSIXOLOGI