Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa) S
Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
Kanal manzili: @surxondaryoadliya
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.84K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 97

2023-01-08 06:49:51
8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi barcha prokuratura organlari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
287 viewsUlug'ov Quvondiq, 03:49
Ochish/sharhlash
2023-01-08 06:33:14
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, tibbiyot muassasalari quyidagi ma'lumotlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart:

transport vositalari tomonidan yetkazilgan tan jarohati sababli yordam so'rab murojaat qilgan shaxslar to'g'risida;

yo'l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli boshqa tibbiyot muassasalariga yuborilgan shaxslar to'g'risida;

yo'l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli hodisa yuz bergan kundan boshlab 30 sutka ichida vafot etgan shaxslar to'g'risida;

yo'l-transport hodisalarida tan jarohati olgan va halok bo'lgan shaxslarni olib kelgan transport vositasi, uning haydovchisi, birga kelgan boshqa shaxslar to'g'risida.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
259 viewsMadina Mirzayeva, 03:33
Ochish/sharhlash
2023-01-08 05:46:27
#Bilasizmi

Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:

Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o'tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko'chishi va yer ko'chkisi hodisalari xavfini kamaytirish bo'yicha hukumat komissiyasi tasdiqlangan.

Hukumat komissiyasining asosiy vazifalaridan biri sel, suv toshqini, qor ko'chkisi va yer ko'chkisi xavfi mavjud bo'lgan hududlarda joylashgan aholini vaqtincha ko'chirish va keyinchalik (zarur hollarda) bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko'chirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
270 viewsUlug'ov Quvondiq, 02:46
Ochish/sharhlash
2023-01-07 16:00:44 https://teletype.in/@sayfiddinov/JjuoN5mnmeg
178 viewsMadina Mirzayeva, 13:00
Ochish/sharhlash
2023-01-07 14:07:33
HUQUQIY_TARG'IBOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 21- dekabrdagi "Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining mazmun- mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri Denov tumani Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazildi.

Tadbir tumandagi «Bog‘i Eram» mahallasi hududida joylashgan davlat tashkilotlari va idoralari xodimlari hamda mahalla aholisi taklif etilib, yuqoridagilar borasifa batafsil tushuntirishlar berildi.

Suhbat davomida "Bog‘i Eram" mahallasidagi xotin-qizlar faoli M.Maxsumova hamda fuqaro S.Xolmirzayeva mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
331 viewsMadina Mirzayeva, 11:07
Ochish/sharhlash
2023-01-07 13:04:51
Qonunchilikda belgilab qo’yilgan o’z mehnat huquqlaringizni bilasizmi?

Batafsil

Muallif: Safarov Iskandar - Boysun tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
344 viewsMadina Mirzayeva, 10:04
Ochish/sharhlash
2023-01-07 12:54:41
Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan?

Batafsil

Muallif: Boysun tuman adliya bo’limi FHDY bo’limi 2 toifali inspektori - M.O.Xoliqova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
341 viewsMadina Mirzayeva, 09:54
Ochish/sharhlash
2023-01-07 12:08:33
DEKABR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning dekabr oyi uchun boshqarmaning rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo'limi yetakchi maslahatchisi Sa'dullayev Azizjon Muzaffar o'g'li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi. 

Ma'lumot uchun,  Sa'dullayev Azizjon Muzaffar o'g'li– 1997-yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2021-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq yo'nalishida bakalavr bosqichini hamda 2022-yilda ushbu yo'nalishning magistratura bosqichini tamomlagan.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi  Sa'dullayev Azizjon Muzaffar o'g'lini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida  muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
363 viewsMadina Mirzayeva, 09:08
Ochish/sharhlash
2023-01-07 10:49:49 https://teletype.in/@mansur_turdiyev/hzMOpXCv3yK
401 viewsMadina Mirzayeva, 07:49
Ochish/sharhlash
2023-01-07 10:37:11
#Bilasizmi

Kafillik – shartnoma bo'yicha boshqa shaxsning majburiyatini to'la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o'z zimmasiga olish.

Qarzdor kafillik bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kredit oldida solidar javob beradi.

Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar to'laydi, qarzni undirib olish bo'yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor ko'pgan boshqa zararlarni to'laydi.

Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
510 viewsMadina Mirzayeva, 07:37
Ochish/sharhlash