Get Mystery Box with random crypto!

DEKABR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI Surxondaryo vilo | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

DEKABR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning dekabr oyi uchun boshqarmaning rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo'limi yetakchi maslahatchisi Sa'dullayev Azizjon Muzaffar o'g'li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi. 

Ma'lumot uchun,  Sa'dullayev Azizjon Muzaffar o'g'li– 1997-yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2021-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq yo'nalishida bakalavr bosqichini hamda 2022-yilda ushbu yo'nalishning magistratura bosqichini tamomlagan.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi  Sa'dullayev Azizjon Muzaffar o'g'lini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida  muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site