Get Mystery Box with random crypto!

BOGʻCHALARDA XODIMLARNING OYLIGIGA QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LASH V | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

BOGʻCHALARDA XODIMLARNING OYLIGIGA QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LASH

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2019 yildagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bog‘chalarda xodimlarning maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq ularning erishgan natijalardan kelib chiqib yoki quyidagi zarur shartlar bajarilganda beriladi:

ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki uchun lavozim maoshiga nisbatan:

tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha;
respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha;

o‘yin tamoyiliga asoslangan zamonaviy mashg‘ulotlarni tashkil qilganligi uchun 15 foizgacha;

tarbiyalanuvchilarni ilm-fanga qiziqishini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun 20 foizgacha.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site