Get Mystery Box with random crypto!

Soliq qo‘mitasi

Telegram kanalining logotibi soliqqomitasi — Soliq qo‘mitasi S
Telegram kanalining logotibi soliqqomitasi — Soliq qo‘mitasi
Kanal manzili: @soliqqomitasi
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.51K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining telegramdagi rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-04 17:51:04
#deklaratsiya

Deklaratsiya taqdim etganlarga "kontrakt" to‘lovi uchun 175,2 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi

Joriy yil 1-yarmida:
491 938 nafar
fuqaro deklaratsiya taqdim etdi;
deklaratsiyalar asosida to‘langan soliq summasi 150,8 mlrd so‘mni tashkil etdi;
79 685 nafar fuqaro deklaratsiyalarni elektron shaklda topshirdi.

O‘tgan yilning 1-yarmiga nisbatan:
deklaratsiya taqdim etish 110,2% (446 606 nafar);
deklaratsiyalar asosida to‘langan soliq summasi 3 barobar (49,8 mlrd so‘m);
deklaratsiyalarni elektron shaklda tapshirish 23 barobar (3 469 nafar) o‘sdi.

2022-yil dastlabki 6 oyida:
JShODS imtiyozlari
dan foydalangan 161 518 nafar fuqaroga 202,6 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi.
Shundan, "kontrakt" to‘lagan 135 325 nafar fuqaroga 175,2 mlrd so‘m (84%) qaytarildi.

Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlar soliqdan ozod etilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
1.8K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-07-04 08:54:36 #markirovka

Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalarini majburiy markirovklashni boshlash belgilangan. (149-son 02.04.2022-yil)

Mahalliy dori vositalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga markirovkalash uskunalarini tanlashda amaliy ko‘mak berish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur jarayonlarga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 1-iyul kuni Fiskal institutda uskunalarni yetkazib beruvchi (integrator) korxonalar ishtirokida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada 40 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona, 11 ta integrator, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
va “CRPT Turon” MCHJ mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun integratorlar tomonidan uskunalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi hamda jihozlashning dolzarb masalalari va texnik talablari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda integratorlar tomonidan uskunalarning ishlash jarayoni, ularning afzalliklari ko‘rsatib berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
2.1K views05:54
Ochish/sharhlash
2022-07-04 08:54:35
1.8K views05:54
Ochish/sharhlash
2022-07-03 13:29:08
#dayjest

SOLIQ VAQTI

Soliq ma'muriyatchiligi soddalashtiriladi

DSQ raisi va yoshlar uchrashuvi

OAV foyda solig‘ini 50% kamaytirilgan stavkada to‘laydi

2022-yil 1-iyuldan nimalar o‘zgardi?

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama qilindi

AOKAda brifing bo‘lib o‘tdi

Qaysi hududlarda yosh tadbirkorlar soni ko‘proq?

O‘zini o‘zi band qilganlar 1 mln 800 ming nafardan oshdi

To‘langan keshbeklar 180 milliard soʻmdan oshdi

Marketpleyslar orqali savdo hajmi 1,5 trln so‘mdan oshdi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
1.7K views10:29
Ochish/sharhlash
2022-07-03 13:16:44
ЭЪЛОН

Бугун,
3 июль куни соат 16:30 да АОКАда махсус брифинг бўлиб ўтади.

Мавзу:
Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудида жорий этилган фавқулодда ҳолат даврида Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудининг комендатураси томонидан амалга оширилган дастлабки ишлар юзасидан

● Иштирок этади: Даврон Жуманазаров, Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси ахборот хизмати раҳбари

Махсус брифинг "Ўзбекистон 24", "UzReport" телеканаллари ҳамда АОКАнинг ижтимоий тармоқларидаги расмий саҳифалари орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official
1.3K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-07-02 18:45:52
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Нукус шаҳрига келди.

Ҳозирда давлатимиз раҳбари Жўқорғи Кенгес депутатлари, Қорақалпоғистон фахрийлари ва фаоллари билан учрашув ўтказмоқда.

Конституцияга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш муҳокамаси ҳали давом этаётганини инобатга олиб ҳамда Қорақалпоғистон аҳолиси билдираётган фикр ва мулоҳазаларни ўрганган ҳолда Президентимиз Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 70, 71, 72, 74, 75-моддаларини амалдаги таҳрирда ўзгаришсиз қолдириш зарурлигини таъкидлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Нукус.

Сейчас глава государства проводит встречу с депутатами Жокаргы Кенеса, представителями старшего поколения и активом Каракалпакстана.

С учетом того, что процесс обсуждения изменений и дополнений в Конституцию еще продолжается, а также на основе изучения высказываемых жителями Каракалпакстана мнений, Президент обозначил необходимость сохранения без изменений действующие редакции статей 70, 71, 72, 74, 75 Конституции Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter
1.4K views15:45
Ochish/sharhlash