Get Mystery Box with random crypto!

Soliq qo‘mitasi

Telegram kanalining logotibi soliqqomitasi — Soliq qo‘mitasi S
Telegram kanalining logotibi soliqqomitasi — Soliq qo‘mitasi
Kanal manzili: @soliqqomitasi
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.51K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining telegramdagi rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-09 05:36:57
#qurbon_hayiti

Aziz yurtdoshlar jamiyatimiz maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fazilatlarini o‘zida mujaasm etgan qutlug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan Sizlarni, barcha musulmon ummatini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug‘ ayyom mohiyatida jam bo‘lgan mehr-saxovat, sabru qanoat, shukronalik, tinchlik va sog‘likni qadrlashdek ulug‘ fazilatlar bugun alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Donishmand xalqimiz ezgulikning mukofoti faqat yaxshilik ekanini alohida taʼkidlaydi. Shu jihatdan jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va muruvvat, o‘zaro totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda.

Shunday ulug‘ kunda Yaratgandan yurtimiz tinchligini, xalqimiz birdamligi, do‘stligi va ahilligining yanada ziyoda bo‘lishini so‘rab qolaman.

Orzu-niyatlari doimo pok va ulug‘ xalqmizni Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
830 views02:36
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:18:05
Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 10-iyul soat 00:00 dan 12-iyul soat 09:00 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
____

Уважаемые налогоплательщики

В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 00:00 часов 10 июля до 09:00 часов 12 июля текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
816 views16:18
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:14:58
#raqamlashtirish

2022-yil iyun oyida:

Soliq to‘lovchilarga jami 14,2 mln marotaba elektron xizmat ko‘rsatildi;

Rouming operatori 3,6 mln ta EHF qabul qildi;

Fiskal ma'lumotlar operatori onlayn-NKM va virtual kassa mashinalarining 64,9 mln ta chekini qabul qildi;

“E-ijara” koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini roʻyxatga olish xizmatida 14,9 mingta shartnoma roʻyxatga olindi;

Tasnif.soliq.uz sayti orqali Yagona elektron milliy mahsulotlar katalogiga 6,2 mln marta murojaat qilingan.
______________
#цифровизация

В июне 2022 года:

налогоплательщикам оказано в общей сложности 14,2 млн электронные услуги;

роуминг-оператором принято 3,6 ЭСФ;

оператором фискальных данных принято 64,9 млн чеков онлайн-ККМ и виртуальных касс;

в сервисе регистрации договоров аренды недвижимости "E-ijara" зарегистрировано 14,9 договоров;

к Единому электронному национальному каталогу продукции на сайте tasnif.soliq.uz обращались 6,2 млн раз.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
1.3K views05:14
Ochish/sharhlash
2022-07-07 15:52:09 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Fuqaro tomonidan o‘zining avtomobilini yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Ijara shartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qo‘yiladi.

2022-yil 1-sentyabrdan 2024-yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
2.2K views12:52
Ochish/sharhlash
2022-07-07 15:36:15
Давлатимиз раҳбари аввал айтганидек, жойлардан тушган асосланган таклифлар ва ечимлар бўйича доимий тарзда халқимизнинг фойдасига хизмат қиладиган қарорлар қабул қилиб борилади.

Бугун Президентимизнинг тегишли қарори билан автотранспорт воситаларини бошқаришда ва йўналишсиз такси фаолиятини амалга оширишда қўшимча қулайликлар яратилди:

1. 2022 йил 1 сентябрдан бошлаб автомобилларни бошқариш ҳуқуқини берувчи ишончномаларни давлат хизматлари марказлари ва Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали электрон шаклда расмийлаштириш имконияти яратилади. Бунда:

- автомобилни бошқариш ҳуқуқини берувчи электрон шаклдаги ишончнома расмийлаштирилганда, уни нотариал тасдиқлаш талаб этилмайди;

- электрон ишончнома расмийлаштирилганда давлат божи унинг амал қилиш муддатидан келиб чиққан ҳолда - 1 ойгача бўлган муддатга 90 минг сўм, 6 ойгача бўлган муддатга 450 минг сўм, 3 йилгача бўлган муддатга 900 минг сўм миқдорида ундирилади;

- электрон ишончнома давлат йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати ходимлари томонидан фақатгина планшет орқали текширилади.

2. Юридик шахслар ҳайдовчиларининг икки йилда бир марта мажбурий малакасини ошириш талаби бекор қилинади.

3.
Фуқаро томонидан ўзининг автомобилини йўловчи ташиш лицензиясига эга бўлган юридик шахсларга ижарага берилганда нотариал идоралар томонидан тасдиқлаш талаби бекор қилинмоқда. Ижара шартномаси солиқ органларида электрон ҳисобга қўйилади.

4. 2022 йил 1 сентябрдан 2024 йил охирига қадар йўловчиларни енгил автотранспорт воситаларида ташиш фаолияти ўзини ўзи банд қилган шахслар шуғулланиши мумкин бўлган фаолият турлари рўйхатига киритилмоқда. Бунда:

– лицензия варақасини беришда автомобилнинг 10 йиллик эксплуатация даврига қўйилган талаб бекор қилинади;

– мажбурий тиббий ва техник кўрик муддати 1 йилда 1 марта қилиб белгиланади;

– ўзини ўзи банд қилган ташувчилардан, шу жумладан юридик шахслардан лицензия варақаси берилганлиги учун давлат божи миқдори 300 минг сўм этиб белгиланади.

Facebook|Instagram|Twitter
1.2K views12:36
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:12:00
#soliqchi_komakchi

Davlat soliq xizmati organlarida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida hududlarda “Tadbirkorga ko‘mak” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yaqinda Jizzax shahrida yana ikkita ana shunday markaz ish boshladi.

“Tadbirkorga ko‘mak” markazlari faoliyati barcha hududlarda yo‘lga qo‘yilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
1.8K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:50:49
#декларация

В первой половине 2022 года 491 938 граждан подали декларацию о доходах на сумму 2 343 млрд сумов:

наибольшая доля приходится на доходы от сдачи имущества в аренду – 1,1 трлн сумов;

наименьшую долю составляют доходы от безвозмездно полученных долей и акций – 17,9 млрд сумов.

Доходы, подлежащие налогообложению на основании декларации

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
2.2K viewsedited  13:50
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:50:49
#deklaratsiya

2022-yil 1-yarmida 491 938 nafar fuqaro 2 343 mlrd so‘mlik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etdi

Fuqarolarning:
eng ko‘p daromadi muklni ijaraga berishdan olingan – 1,1 trln so‘m

eng kam daromadi tekinga olingan ulushlar va aksiyalar – 17,9 mlrd so‘m

Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
1.9K viewsedited  13:50
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:33:56 #2D_skaner #onlayn_NKM
#imtiyoz

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

2D-skaner
– mahsulotlardagi QR, DataMatrix, PDF 417 va boshqa kodlarni tezkorlik va aniqlik bilan o‘qish imkoniga ega qurilmadir.

2D-skaner quyidagi qulayliklarni yaratadi:
– 2D-shtrix-kodlarini o‘qish va hisobini yuritish;
– mahsulotlarning markirovka kodlarini o‘qish;
– shikastlangan va aniqlash qiyin bo‘lgan DataMatrix kodlarini o‘qish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
PQ-5252, 3-band 4.10.2021

Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha:
foyda solig‘i;
aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS
bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 300 000 = 1 200 000 so‘m).

2023-yil 1-yanvardan, chakana savdoni amalga oshiruvchi barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi.
PQ-5252, 4.10.2021-yil

Davlat soliq xizmati organlari barcha tadbirkorlik sub’ektlariga savdo jarayonlarida onlayn-NKM yoki virtual kassa hamda 2D-skaner qurilmalaridan foydalanib, sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish bilan birga, soliq imtiyozidan foydalanishni tavsiya etadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
2.4K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:33:56
2.7K views13:33
Ochish/sharhlash