Get Mystery Box with random crypto!

#markirovka Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy | Soliq qo‘mitasi

#markirovka

Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalarini majburiy markirovklashni boshlash belgilangan. (149-son 02.04.2022-yil)

Mahalliy dori vositalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga markirovkalash uskunalarini tanlashda amaliy ko‘mak berish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur jarayonlarga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 1-iyul kuni Fiskal institutda uskunalarni yetkazib beruvchi (integrator) korxonalar ishtirokida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada 40 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona, 11 ta integrator, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
va “CRPT Turon” MCHJ mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun integratorlar tomonidan uskunalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi hamda jihozlashning dolzarb masalalari va texnik talablari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda integratorlar tomonidan uskunalarning ishlash jarayoni, ularning afzalliklari ko‘rsatib berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram