Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi She'rlari

Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari S
Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari
Kanal manzili: @sherlari_sevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.70K
Kanalning ta’rifi

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI
@Maqsudbek_T
Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 257

2022-09-24 16:57:38
Ex ayollar biram aqillimizeee

#Mohi

@Sherlari_Sevgi
2.8K viewsAใнα๗dបใιใใαн ﷽ ., 13:57
Ochish/sharhlash
2022-09-24 15:20:37
QIZ BOLANI HECH QACHON URMANG!

Uyingizda malika boʻlsin,
Mayli, qasr-saroylar qurmang.
Koʻnglidagi yarim oy toʻlsin,
Qiz bolani hech qachon urmang!

Tong otmasdan uygʻonsa sahar,
Soʻramasa sizdan bir shahar,
Baxtli boʻlsin desangiz agar,
Qiz bolani hech qachon urmang!

Koʻzlarida porlasin quyosh,
Dudoqlari jim qotmasin tosh,
Axir, qizlar boʻlmaydi bebosh,
Qiz bolani hech qachon urmang!

Yarashtirib roʻmol oʻraydi,
Sizga Haqdan Jannat soʻraydi,
Qiz bolani urib boʻlmaydi,
Qiz bolani hech qachon urmang!

Qiz mehribon, kuyinchak boʻlar,
Bir kun kelib kelinchak boʻlar,
Koʻtarilsin duoga qoʻllar,
Qiz bolani hech qachon urmang!

T.me/Sherlari_Sevgi
2.7K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , edited  12:20
Ochish/sharhlash
2022-09-24 13:24:07
Singlisini yigʻlatmaydi aka degan...

Singil yoʻqlab borganingiz tavof boʻlar,
Bugʻdoyzorni bossangiz ham savob boʻlar.
Mehr bering - sizga Haqdan javob boʻlar,
Singlisini yigʻlatmaydi Erkak degan.

Taqdirining choʻgʻligini bildirmagan,
Goh ochin, goh toʻqligini bildirmagan.
Onasining yoʻqligini bildirmagan,
Singlisini yigʻlatmaydi Erkak degan.

Opa-singillaringizni asrab avaylang, yoʻqlab turing, holidan tez-tez xabar oling.

#Mohi

@Sherlari_Sevgi
392 viewsAใнα๗dបใιใใαн ﷽ ., edited  10:24
Ochish/sharhlash
2022-09-24 11:18:42
ISMLARGA RASMLAR

Zakazlar


•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Do'stlaringizga ham ulashing

T.me/Sherlari_Sevgi
1.2K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 08:18
Ochish/sharhlash
2022-09-24 09:30:01 ALLOHGA YUZLANDIM

Nechun qalbim notinch, o'ylarim sarson,
Hadik oralaydi yuragim ezib.
Lablar titramoqda, hayollar giryon,
Baridan shunchaki ketmadim bezib.

Allohga yuzlandim egib boshimni,
Zabonim aylanmas ko'pdur gunoxim.
To'xtata olmayin ko'zdan yoshimni,
Yuragim mushtlayman, chiqmaydi ohim.

Afsus, Ibodatga ko'p bor ulgurmay,
Dunyo ishi dedim, barini yutib.
Shaytonni xaydadim lek o'zim bilmay,
Unga jim ergashdim yo'lini tutib.

Doim g'am oralab yurgan kezlarim,
Naxot g'animlarga bo'lganman muxtoj.
Bu qanday hudbinlik, yig'lar ko'zlarim,
Endichi afsuslar boshimga gultoj.

Angladim, aslida Allohdan o'zga,
Yo'q ekan yurakga taskin berguvchi.
Faqat yaxshiliklar ko'rinar ko'zga,
Alloh ko'rguvchidir, Alloh bilguvchi.

Bordur bir ilinjim, qo'lim duoda,
Rasululloh suygan Ummat bo'layin.
Qur'on, tilovatla yashab dunyoda,
Sajdaga bosh qo'yib, ko'zim yumayin.

Benazir Sabina

@Sherlari_Sevgi
1.8K viewsShe'riyat, 06:30
Ochish/sharhlash
2022-09-24 09:00:07
2021 YILDA TUGILGAN MUBINA privivka sabab bemor bolib, yordamizga muhtoj.TASHXIS:Otkazilgan miningoentsofalit.Progressiyalanuvchi gidrotsefaliya G91.0 Mitti munchoq kozchalari ham bu yorug dunyoni hatto ota-onasini ham ko`rishga muhtoj


Дадасини смс си

@SAXIYLAR_UZ
КАРТА    РАҚАМЛАР
Уз Кард Хамкор банк

8600 1204 2526 9142
Ашурова З.
------------------
Хамкор банк Узкард
  
5614 6818 2020 4620
Ашуроаа  З. номида
Тел: +99899 430 24 50  га  уланган.
------------------
Агробанк  Хумо  "visa"  ўрнида
 
9860 0366 5502 6023
  S. Ashurov
---------------------
  ПАЙНЕНТ РАКАМ
      
+998 99 430 24 50

   АДМИН  @Firdavs188

     Эхсон хисоботлар
        
    @Shifoiy_uz
   
    @Saxiylar_uz
    @AZAN_UZZ
1.8K viewsShe'riyat, 06:00
Ochish/sharhlash
2022-09-24 06:36:22
#MashaAlloh

Otaning qiziga boʻlgan nasihat-u duosini bir koʻring

#Mohi

@Sherlari_Sevgi
2.2K viewsAใнα๗dបใιใใαн ﷽ ., 03:36
Ochish/sharhlash
2022-09-24 05:13:33 La ilaha illalloh...

La ilaha ilalloh la ilaha illalloh
la ilaha ilalloh la ilaha ilalloh
la ilaha ilalloh la ilaha ilalloh

Allohdan salomim
Eng buyuk kalomim
Komildir iymonim
La ilaha illalloh

So’rayman hidoyat
Chiroyli saodat
Keltirib shahodat
Aytaman la ilaha illalloh

Kalima tillarda
Iymonli dillarda
Nur bo’lar yo’llarda
La ilaha illalloh

Sevgimning asosi
Dardimning davosi
Qalbimning navosi
La ilaha illalloh

Suyganim Muhammad
Rosulim Muhammad
Dilimda Muhammad
Aytaman la ilaha illalloh

Zulmatda nur bo’lgan
Tengi yo’q dur bo’lgan
Bu bizning payg’ambar
La ilaha illalloh

Naqorat

Dilimda halovat
Aytayin salovat
Tilagim shafoat
La ilaha illalloh

Jannatga eltguvchi
Ummatim deguvchi
Rosulim Muhammad
La ilaha illalloh

Dunyoyim bu qur’on
Allohga bir arqon
Uzilmas hech qachon
Aytaman la ilaha illalloh

Mavloga koinot
Qilib ko’p munojot
Ishq ila ya Alloh
Aytadi la ilaha illalloh

Qodirim Rahmonim
Qo’lingda bu jonim
Shahodat imkonim
la ilaha illalloh

Iymonga yo’l boshlar
Ko’ngilda ko’z yoshlar
Sinalgay bardoshlar
la ilaha illalloh...

T.me/Sherlari_Sevgi
2.8K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , edited  02:13
Ochish/sharhlash
2022-09-24 03:54:17
Sizning xam ayolingiz telefon qilib charchatadimi....

#Mohi

@Sherlari_Sevgi
2.4K viewsAใнα๗dបใιใใαн ﷽ ., edited  00:54
Ochish/sharhlash
2022-09-24 02:00:01
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!

ASSALOMU ALAYKUM QALBI BEGʻUBOR INSONLAR!


#Xayrli_tong

Dunyodagi eng goʻzal ne’mat sizning tirikligingiz va goʻzal qalbingizdir...

Hayotga tabassum bilan boqsangiz, u ham sizga kulib boqadi...

Boshlangan yangi kun bemorlar dardiga shifo, keksalarga rohat, oilangizga baxt, xonadoningizga fayz, taningizga salomatlik, dilingizga quvonchu shodlik olib kelsin, аzizlarim...

T.me/Sherlari_Sevgi
2.9K viewsShe'riyat, 23:00
Ochish/sharhlash